“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023 167 moddalaridan biri hisoblanadi. Fosfor oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan moddalar
tarkibiga kiradi (fermentlar, vitaminlar va boshqalar). Ayniqsa oʻsimlik donida,
urugʻida oqsil-nukleoprotein sifatida 1,6 % ga qadar P2O5 uchraydi. Fosfor bilan
muntazam oziqlantirilgan donli oʻsimliklar hosildorligi oshadi, kraxmal va qand
miqdori koʻpayadi.Respublikamizda, asosan suvda eruvchan oʻgʻitlar qoʻllaniladi,
bular jumlasiga oddiy va qoʻshsuperfosfat kiradi.Fosforli oʻgʻitlar tabiiy minerallar -
fosforit va apatitdan olinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida fosforitlar Janubiy
Qozogʻistonda Kara-Tau konida uchraydi. Shu kunlarda Oʻzbekistonning Qizilqum
fosforit konlaridan ham foydalanilmoqda. Hozirgi kunda deyarli hamma zavodlar
fosforli oʻgʻitlarni Kara-Tau fosforitlaridan ishlab chiqarmoqdalar. Oddiy superfosfat
kulrang, mayda kukun yoki donalar holida boʻlib, tarkibida 14-18 % P2O5 ega boʻlgan
suvda eruvchan oʻgʻitlardir. Oddiy superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzining
oddiyligi va arzonligi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdagi fosforitlarni
sulfat kislota bilan qayta ishlashga asoslangan:[1]
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4
Hosil boʻlgan aralashma, yaʻni monokalsiy fosfat va gipsdan tashkil topgan
mahsulot oddiy superfosfat deb ataladi. Tabiatdagi fosforit tarkibida qator aralashmalar
boʻlishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab
chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar
qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab chiqarilmoqda
yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar oʻta sifatlidir.
Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lib
qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz vaqtida kerakli
joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va hosilni tez yetilishiga
zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi.
Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki
hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar
joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz samarasini bermasdan
qolmaydi.Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga bogʻliq. Tuproqning
haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi kamayadi. Ular 10-12 ° C
darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past haroratlarda ildizlar
tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib oʻtmaydi va har bir
madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi. Agar havo harorati
tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan tashqari oziqlantirishda
oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan hosildorlik bilan turli sabzavotlar
fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi
- 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorli o'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi.
Osimliklardagi normal hayot faoliyati davomida ildizlar va havo qismlari oʻrtasida