“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#143361
1   2   3   4   5   6
163-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
166
Hosildorlikni oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Umuman, qishloq 
xoʻjaligini yalpisiga kimyolashtirishda asosiy rol oʻynaydi.[3]Maʻlumki oʻsimlik 
tarkibi, asosan 10 ta elementdan tashkil topgan boʻlib azot, fosfor, kislorod, kaliy, 
magniy, temir, oltingugurt, kalsiy, uglerod, vodorod ularning 90 % ini uglerod
vodorod, kislorod tashkil qiladi. Oʻsimlik oʻsish davrida bu elementlarni havodan va 
yerdan qabul qiladi. Shu sababli hosildorlik yuqori boʻlishi uchun shu elementlarning 
yerdagi miqdori yetarli boʻlishi kerak. Bu elementlardan ayniqsa kerakligi azot, fosfor 
va kaliy hisoblanadi, shu sababli bu elementlarni ozuqa moddasi yoki mineral oʻgʻitlar 
deb ataladi. Deyarli barcha mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida 
ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, natriyli selitra chili selitrasi, sanoat 
chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral o‘g‘itlar XIX-asrdan tarqalaboshlagan. XX-asr 
oʻrtalaridan mineral o‘g‘tlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit 
sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. mineral o‘g‘tlar tuproqqa 
uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga kuchli ta’sir qiluvchi vositadir; ular 
tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, 
mikrobiologik jarayonlarga ta‘sir etadi va h.k. [2]Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali 
oziqlanishi tufayli mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va 
rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utloqlarning umumiy mahsuldorligiga fa‘ol ta‘sir 
qiladi. Mineral o‘g‘tlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir 
va lub tolali ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum 
tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. 
Mineral o‘g‘tlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. 
Agronomik maqsadlarga koʻra mineral o‘g‘tlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan 
oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi 
uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, 
marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, 
bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʻni aralash va 
murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash mineral o‘g‘itlar zavodda yoki xoʻjalikning 
oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. 
Bevosita ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar (ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, 
tuproqning agrokimyoviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi, 
mineral o‘g‘itlar qattiq, yaʻni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, 
suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.Shunday qilib mineral oʻgʻitlarni 
3 gruppaga boʻlish mumkin: fosforli, azotli va kaliy oʻgʻitlar. Oʻsimlik hayoti uchun 
zarur boʻlgan (ozgina miqdorda boʻlsa ham) elementlar (Mn, Ni, Co, Br, Zn) bor 
oʻgʻitlar mikro oʻgʻitlar deb ataladi. Qishloq xoʻjaligida mineral oʻgʻitlar bilan bir 
qatorda organik oʻgʻitlar ham qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan 
kurashuvchi moddalar pestitsidlar deb ataladi. Yovvoyi oʻtlar bilan kurashuvchi 
moddalar esa gerbitsidlar deb ataladi.Fosfor oʻsimlik uchun asosiy ozuqa 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin