N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Abu Nasr Farobiy 
(870-950] tabiatshunoslikning turli 
tarmoqlari bilan shug'ullangan bo'lib, "Kitob qolhaji va al- 
Miqdor”, "Kitob al-mabodi al-insonia", "Kalam fia'zo al hay von” 
nomli asarlari bunga dalil bo'la oladi.
Farobiy o'zining "Ixsoa al-ulum va al-ta'rif' asarida 
zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o'rganib, ularni ma’lum 
tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog'iga ta'rif 
berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e'tibor 
berdi.
Tabiatshunoslikka oid "Kitob al-mabodi al-insonia" "Kalam 
fia'zo al hayvon" kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim 
a'zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, 
ularning o'xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy 
anatomik-fiziolgik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy 
holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to'xtalib o'tilgan. 
Kasalliklarning oldini olish, sog'lomlashtirish va boshqa 
chora-tadbirlarni qo'llash lozim ekanligi haqida ma'lumotlar 
keltiriladi.
Abu Rayhon Beruniy 
(973-1048] koinotdagi hodisalarni 
taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarining o'zaro 
ta'siri bilan tushuntirishga urinadi. U tabiatshunos sifatida 
tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: "Ekin va nasi qoldirish 
bilan dunyo to'lib boraveradi".
Beruniy "Saydana" asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni 
tavsiflagan. Ularning 750tasi turli o'simliklardan, lOltasi 
hayvonlardan, 107tasi esa minerallardan olinadi. Har bir
302


o'simlik, hay von va minerailarning xossalari, tarqalishi va 
boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Abu Ali ibn Sino 
(980-1037) jahon fani va madaniyati 
taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan olimlardan biridir. Yirik 
qomusiy olim sifatida u o'z davri ilm-fanining deyarli barcha 
sohalari bilan shug'ullangan. Turli yozma manbalarda uning 
450dan ortiq asar yozganligi eslatiladi, Bizgacha esa 24tasi 
yetib kelgan.
Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur “Tib qonunlari” 
nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. “Agar 
dunyoda chang va g'ubor bo'lmasa insoniyat ming yil umr 
ko'rardi" deb aytgan edi. Olimning juda ko'p qimmatli fikrlari, 
jumladan, uning inson sog'lig'ini saqlash haqidagi, parhez, 
gigiyena to'g'risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o‘z 
ahamiyatini yo'qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun 
jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishni tavsiya etgan.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin