1.Yashay olish huquqi
- bunda bola talablarini qondirish
va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy
shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish,
boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
288
2.
Rivojlanish huquqi
- bolalarning o'z qobiliyatlarini
kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim
olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish
va vijdon erkinligi qonunlaridir.
3.
Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan
himoyalangan boTishlari shart.
Bu borada qochoq bolalar
masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar
va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar
mehnati; balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya
qilish; o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi
muammolariga alohida e'tibor qaratish.
4. Ishtirok etish huquqi:
Bolani mamlakat va jamiyat
hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning
hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anju-
manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr-
mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta'minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi
1948-yilda "Inson huquqlari haqidagi umummilliydeklaratsiya"
ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi
va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi
lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilinadi. Bu
hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar:
1923-yil - Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul
qilindi.
1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar
ittifoqi tomonidan qabul qilindi.
1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh
Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy dekla-
ratsiya"ni qabul qildi.
1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola
huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.
1978-yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida
Konvensiya”ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT
289
ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib chiqish uchun
tavsiya etadi.
1979-yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida
Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan
ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan
mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.
1989-yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida
Konvensiya" qabul qilindi.
1990-yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida
kuchga kirdi.
Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari
to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan
zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
- Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi
muammolarni o'zidaifoda etadi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi
Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
Maktabgacha ta'lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha
va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga
nafaqat odob-axloq me'yorlariga rioya qilish kafolatini
beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat
qilishga undaydi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya" dan foydalanishda
tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha
axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;
2.To'plangan materiallarga e'tibor qaratish - istiqbolli
yo'nalishlar bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar
tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrixohlik
hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojiantirish.
290
3.
Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda
ishtirok etishlari orqali kichik muammolardan global
muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat
va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan
harakatlarda
ishtirok
etayotganlarini
his
qilishlari
shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan
uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum
tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga
tegishli ekanligini tushunadilar.
“Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ning asosiy
vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng
huquqlilik, jamiyat a'zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr-
qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha'ni va
qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini,
siyosiy va boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi,
mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq
belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat'iy nazar o'z huquq
va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan
kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va
ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini ta'minlaydi;
- Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni,
ularning farovonligi masalalariga e'tibor qaratadi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va
tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi
uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun
zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning
asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
291
Konvensiyada
bolalarning huquq
va
majburiyatlari
quyidagicha aks etadi:
- “18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi.
Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli.
Bolalar
diskriminatsiyaning barcha
shakllaridan
himoyalangan
bo'lishlari shart" - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18
yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech
qanday kamsitishlarsiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini,
siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib
chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota-
onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan
qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab
beradilar.
Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi
yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida
o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish
yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini
ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.
- 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda
bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi
navbatda e'tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur
hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi
yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda
tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni
ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni
himoya qilish uchun mas'ul hisoblanga vakolat organlari
tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan xavfsizlik
va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar
imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat
qilishi va ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga
muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi lozim.
292
- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va
davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta'minlashga
majbur.
- 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va
tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga
ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish
huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday
huquqlarni o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga
oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millafiga ega bo'lishi hamda
o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega.
Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini
tasdiqlovchi hujjatdir.
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi,
ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum
etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning
shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini,
oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning
xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota-
onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning
ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki
to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab turish huquqini hurmat
qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda
u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish
maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun
bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy, insonparvarlik
ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli
davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota-
onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar
bog'lab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda
ko'chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib
borish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida ota-
293
onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab
turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va
ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar
bo'yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi
shart.
- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy
nazar ularni qiziqtiruvchi ma'lumotlarni olish hamda o'z
nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola
shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi
yoki jamoat tartibini, aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini
muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi
huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning
bolaga, uning rivojlanayotganqobiliyatlariga muvofiq keladigan
usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish
huquqiga egadirlar.
- 15-modda
-
Bolaning
assotsiatsiya
yig'ilishlar
huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga,
tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga
egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz-
ligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli-
giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan
yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va
obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin
emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining
muhim mavqeyini e'tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro
manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy,
ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom,
jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan
axborotlardan bahramand bo'lishini ta'minlaydi, salbiy ta'sir
qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
- 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun
294
ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi
manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti
hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi
va bolalar muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi.
Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar
hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish
huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy
zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik
ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol
muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida
g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan
ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklarga
qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora-
tadbirlarni ko'radi.
Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni
himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.
- 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy
mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga
muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va
maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.
- 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega
bo'linsa, buni faqat bola manfaatlari to'liq e'tiborga olingan
holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.
- 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq
statusini olmoqchi bo'lgan bolalar maxsus himoyaga
loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining
boshqa a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun
barcha zaruriy choralarni ko'radi.
- 23-modda
- Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi
rivojlanmagan bola o'zining qadr-qimmatini ta'minlaydigan,
o'ziga
ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi
faol
ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda
munosib tarzda yashash huquqiga ega. O'ziga nisbatan
alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi.
295
Shuningdek, ta'lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog'liqni
saqlash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish sohasidagi
xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo'lish, dam
olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan
foydalanadilar.
- 24-modda - Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda
tibbiy yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish
xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 25-modda - Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash,
himoyalash yoki ruhiy davolash maqsadida joylashtirilgan
muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.
- 26-modda - Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari
holida, ijtimoiy himoyalanish imtiyozlaridan foydalanish
huquqiga egalar.
- 27-modda - Bolalar ma'naviy, ruhiy, jismoniy aqliy
rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga, turmush
saviyasiga ega bo'lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy
turmush sharoitinita'minlashda javobgarlikni sezishlari kerak.
Bu mas'uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.
- 28-modda - Bolalar ma'lumot olish huquqiga egalar.
Boshlang'ich, umumiy ma'lumot bepul va majburiy bo'lishi
kerak. Har bir bola uchun o'rta ma'lumotli bo'lish imkoni
yaratilgan bo'lishi shart. Oliy ma'lumotli bo'lish huquqiga
hamma o'z qobiliyatiga ko'ra ega. Maktab intizomi huquq va
bolalar qadr-qimmatini hisobga olgan holda ta'minlanishi
zarur deyiladi.
- 29-modda - Ma'lumot olish huquqi bolada ruhiy va
jismoniy qobiliyatlarini, uning jismoniy va ruhiy iste'dodini
o'stirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a'zolari sifatida
o'zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs
darajasida tarbiya berish zarur,
- 30-modda - Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli
bo'lsa, o'z madaniyati, o'z dini va o'z tiliga ko'ra hayot kechirish
huquqiga ega.
- 31-modda - Bolalar dam olish, o'ynash, madaniy va badiiy
tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega.
296
- 32-modda - Bolalar rivojlanish, ma'lumot olish, sog'lig'i
uchun xavfli bo'lgan ishlarda ishtirok etishdan, iqtisodiy ta'qib
qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.
- 33-modda - Bolalar giyohvand moddalarni iste'mol
qilishdan, shuningdek, bu giyohvand moddalarni ishlab
chiqarish va tarqatishga jalb qilinishdan himoyalanish
huquqlariga egalar.
- 34-modda - Bolalar pornografiya, fohishabozlik hamda
shunga o'xshash zo'ravonlik va seksual ekspluatatsiyalardan
himoyalangan bo'lishlari shart.
- 35-modda - Davlat bolalarni o'g'irlash, sotish, qilishning
oldini olishning imkoni bo'lgan barcha chora-tadbirlarni qabul
qilishi zarur.
- 36-modda - Davlat bolani uning farovonligiga oid har
qanday jihatdan zarar yetkazadigan narsalardan himoya
qiladi.
- 37-modda - Har qanday bolakay qiynov, qo'pol muomala,
ta'qiblar, noqonuniy hisobga olinish yoki ozodlikdan mahrum
bo'lishdan muhofaza qilinmog'i shart.
- 38-modda - 15 yoshdan kichik bo'lgan bolalar qurolli
nizolarda bevosita ishtirok etishlari mumkin emas. Qurolli
nizolarga daxldor bo'lgan bolalar maxsus himoya va vasiylikka
loyiqdirlar.
- 39-modda - Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo'ravonliklarni,
ta'qibni boshidan kechirgan bolalar sog'ayishlari uchun kerakli
davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.
- 40-modda - Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy
fazilatlarni ko'zlovchi va muhofaza qiluvchi har qanday
yuridik va boshqa imtiyozlardan to'laqonli foydalanish
huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo'lib
yetishishlarida ko'mak bo'Iadi.
Bolalar huquqlarini ta'minlash butun jamiyatning vazifasi-
dir. Bola huquqlarini ta’minlash, ularning har tomonlama
sog'lom va xavfsiz kelajagini ta'minlash maqsadida fuqarolarni
birgalikda ishlashga ilhomlantiradi. Bolalar kattalardan,
297
tarbiyachi-pedagoglardan oladigan axborotlari orqali o'z
huquqlari haqidagi tasavvurlarga ega bo'Iadilar, huquqiy
me'yorlarga nisbatan mas'uliyat tarbiyalanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni “Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"
bilan tanishtirish - bevosita O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, "Oila" Kodeksida yoritib berilgan vazifalarni
uzviy hamkorlikda o'rganish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |