N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Res­
publikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima, 
nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, 
uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati 
to'g'risida tushuncha berilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidayuqorida ko'rsa­
tib o'tilgan masalalar o'z ifodasini topgan. Hamma huquqiy 
me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi.
"Konstitutsiya" so'zi lotin tilida "Constitutio" - so'zidan 
kelib chiqib, "tuzish", "o'rnatish", "belgilash” degan ma'nolarni 
anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy muno­
sabatlar qonun asosida belgilangan bo'lib, u o'zining uzoq 
tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 
1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganligining 
dastlabkiyillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek 
davlatchiligining rivojlanishiga asos bo'ldi. Mustaqillikdan 
avval O'zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan 
barcha masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiya-
279


ning yaratilishi 1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo'lib, 
bunda Respublikamiz olimlari, oliy kengash deputatlari, 
butun o'zbek xalqi ishtirok etdi va xalq muhokamasidan o'tib 
1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami 
deb e'lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil 
respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - xalqning 
maqsadini, istagini, davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat 
tuzilishini, xalqaro munosabatlarni, inson va fuqarolarning 
huquqiy holatini, davlat organlarining vakolatlarini, saylov 
tizimi va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga olgan.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad
- o'zi istiqomat qilayotgan davlati, xalq irodasi va uning 
manfaatlari, milliy davlat, uning ma'muriy-hududiy tuzilishi, 
milliy davlat ramzlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, 
unda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, 
urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, xalqimizning 
tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, 
onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har 
kimning bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va 
davlat hayotining eng muhim masalalari saylov, referendum, 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, inson erkinligi, sha'ni, 
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari to'g'risida tushuncha 
berish orqali bolalarga huquqiy ta'lim va tarbiya berishdan 
iborat.
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga 
ta'lim-tarbiya berish “Ilk qadam" dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o'rta 
guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya 
saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda 
ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur 
uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini 
uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi
280


bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik 
yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning 
nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh] - bolalarda mustaqil O'zbekiston 
davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, 
Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida 
qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi, 
gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. 
O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe­
kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, 
O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida 
tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga mehr- 
muhabbat hissini shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash, 
"Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh] - Bolalarning mustaqil 
O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning 
qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo'li haqida "Konstitutsiya 
saboqlari” 
asosida 
tushunchalar beriladi. 
O'zbekiston 
Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi 
ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo'lishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-qimmati va 
erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega bo'ladilar. 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya 
bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya - Mustaqillik g'oyalarini 
aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston -
mening Vatanim", "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun 
muqaddas”, "Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar 
o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil 
qilinadi.

O'zbekistonda davlat tili - o'zbek tilidir degan modda bilan 
tanishtirish, Tushunchalar berishda - "Til - millatning ulkan va 
bebaho boyligi” mavzusida suhbat o'tkazish orqali davlat tili va 
uning qabul qilinishi bilan bog'liq bo'lgan ma'Iumotlar beriladi. 
Ulug' bobomiz A.Navoiy o'zbek tilining "asoschisi" haqida 
bilimlar, davlatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari
281


istiqomat qilishi, ularning yashashi va o'sib-ulg'ayishi uchun 
hamma bilan teng sharoitlar yaratilganligi, bu millatlarning 
tillari, urf-odatlari va an'analarining o'zbek xalqi tomonidan 
hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi bo'yicha o'zi istagan 
tilda ta'lim olishlari mumkinligi to'g'risida tushuncha beriladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Vatanimizning 
milliy g'ururi, o'zligimizni namoyon etuvchi, millatimiz sha'ni 
va obro'sini butun jahonga namoyon etishdagi faxrimiz- 
iftihorimizdir. Davlat ramzlaridan davlat bayrog'i (1991-yil 
18- noyabr), davlat gerbi (1992-yil 2-dekabr), madhiya (1992- 
yil 10-dekabr) qabul qilinganligi, ularning tuzilishi, unda aks 
etgan ranglar va tas virlar, belgi va ishoralar bilan tanishtiriladi. 
Mujassam mashg'ulotlar (nutq o'stirish, tasviriy faoliyat, atrof 
olam) orqali tushunchalari kengaytiriladi, davlat madhiyasini 
baralla kuylab olishga o'rgatib boriladi.
- O'zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri. 
8-modda shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, ta'lim 
maskanlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, 
shuningdek, o'zi tug'ilib o'sgan shahar, qishloq, mahalla va 
ko'chalar, yashash joyidagi tarixiy, madaniy-ma'naviy yodgor- 
lik, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatib boriladi. Bunda 
"Ona shahrim Toshkentim", "Samarqand - qadimiy shahar", 
"Buxoro shahri"," O'zbek xalqining milliy san'ati", "Xiva shahri", 
“Buyuk Ipak yo'li" "Mening mahallam” haqida suhbatlar 
o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni - O'zbekiston xalqini 
millatidan qat'iy nazar, O'zbekistonning fuqarolari tashkil etadi 
deb nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki 
til jihatdan boshqa millatga mansub kishilar O'zbekistonda 
istiqomat qilayotgan bo'lsalar, ular O'zbekiston Respublikasi 
fuqarolari hisoblanishi, ularning o'z diniga e'tiqod qilish va 
uning rasm-rusumlarini bajarish va o'z ona tilidan foydalanish 
huquqi rad etilmaganligi haqida ma’lumot beriladi.
- O'zbekiston Respublikasi demokratik davlat bo'lib, u 
umuminsoniy prinsiplar asosida unda yashayotgan har bir
282


inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, sha'ni va boshqa 
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat bo'lib hisoblanishi to'g'risida fikr 
yuritilganda, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmati huquq 
va erkinliklariga nisbatan davlatimiz tomonidan qilinayotgan 
g'amxo'rlik, adolatva tinchlikni ta'kidlash, do'stlikva birdamlik 
ruhida tarbiyalashni ta'minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy 
tamoyillar to'g'risida tushuncha beriladi.
- Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan, har bir 
inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga 
e'tiqod qilmaslik huquqiga ega - (31- modda] degan moddani 
tushuntirishda davlatimiz har bir bolaning fikrlash, vijdon 
va din erkinligi huquqini hurmat qilinishini ta'minlanishini, 
bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq holda din tanlash, vijdon 
erkinligiga, hamda erkin fikrlash huquqlariga ega ekanliklari 
to'g'risida ma'lumot beriladi. O'z dini yoki e'tiqodlarini 
targ'ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda 
davlat xavfsizligi, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati yoki 
sog'lig'ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va 
erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina 
cheklanishi mumkin.
- Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir - deb nomlangan 
37-moddasini tushuntirishda bolalarda kattalar mehnatiga 
hurmat va qiziqish hissini uyg'otish va tarbiyalash va 
umumlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari, qurilish, dalalar 
va boshqa sohalarda qilinayotgan mehnat haqida bilimlarini 
takomillashtirish, o'zbek xalqining milliy hunarmandchilik, 
duradgorlik mehnati bilan tanishtirish, tarbiyachi, enaga, 
oshpaz, bog'bon va kasb egalari mehnatlariga nisbatan 
minnatdorchiliktuyg'ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi, 
novvoy, oshpaz, o'ymakor, haydovchi, o'qituvchi, shifokor va 
boshqa kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday 
kasb egasi bo'lishiariga zamin tayyorlanadi. O'zbekiston 
Respublikasi mehnat qonunchiligida mehnat qilish huquqi 16 
yoshdan deb belgilangan.
283


- Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqiga ega (40-modda). Davlatimiz tomonidan sog'liqni 
saqlash tizimini takomillashgan xizmatlar turlari tashkil 
etganligi, bolalar eng yuqori darajadagi andozadagi tibbiy 
yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan 
foydalanish huquqiga ega ekanliklari haqida ma'lumot 
beriladi, Shuningdek, bola tug'ilmasdan avvalgi ona va bolaga 
ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar, sharoitlar, raqamlar va 
bolalar oTimini oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy-sanitariya 
yordamini rivojiantirish omillari, bolalar to'yimli ovqat va toza 
ichimlik suvi bilan ta'minlanishi, atrof muhitni tozalash, tug'ruq 
yoshidagi ayollarga ko'rsatiladigan g'amxo'rlik, yordam ishlari, 
maktabgacha ta'lim muassasasidagi bolalarga ko'rsatilayotgan 
tibbiy yordam, shifokor, hamshira ishlari to'g'risida batafsil 
ma'lumot va tushunchalar berilishi lozim.
- Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim 
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat 
tomonidan nazoratidadir - deb nomlangan 41-modda 
bilan tanishtirishda har bir bola ilm olish huquqiga egaligi 
hamma uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi, bu jarayon 
maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanganligi va 
quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi:
- Bepul va majburiy umumiy ta'lim;
Bepul o'rta maxsus ta'lim.
Shuningdek, bola o'z qobiliyatiga ko'ra oliy maTumotli bo'lish 
huquqiga ega. Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart- 
sharoitlar yaratilganligi, o'qitishning zamonaviy usullarini 
qo'llash, axborot texnologiyalarini ta'lim jarayonidagi natijasini 
ommalashtirish, bolalarning maktabga muntazam borishlari, 
maktab intizomi, bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat 
qilish kabi huquqlari haqida tushuncha beriladi.
"1-sentabr - Bilimlar kuni” deb bayram qilinishi. O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-sinfga qadam qo'ygan 
bolalar bepul o'quv-qurollari bilan ta'minlanishi, kutbxonalar
284


barcha manbalar bilan ta'minlanganligi to'g'risida fikr 
yuritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobida 
fuqarolarning burchlari va majburiyatlari yoritilgan bo'lib, 
bunda;
- barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan 
burchlarini bajaradilar - deb nomlangan 47-moddada - 
maktabgacha yoshdagi bolalarga "burch" iborasining mazmuni 
bilan tanishtirishda o'z Vatani, uning milliy an'analari va 
odatlariga hurmat bilan qarash, odob bilan muloqotga kirisha 
olish (salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish], 
ota-onalari va Vatan oldidagi burchlarini his etish, ularga 
g'amxo'rlik va parvarish qilish kabi fazilatlarni o'rgatishda 
tarbiyachi bolalarda muloyimlilik, e'tiborlilik, qat'iyat, sabr- 
toqat va o'zaro mehrni tarbiyalashi, yuzaga chiqarishi lozim. 
Buning uchun "Ota-onaga hurmat”, "Burch”, "Yaxshilik”, "Me­
ning majburiyatlarim” kabi mavzularda suhbatlar uyushtiri- 
ladi.
- Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va 
madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat 
yodgorliklari davlat muhofazasidadir (49-modda].
Bunda O'zbekiston hududidagi tarixiy obidalar, qadimiy 
yodgorliklar haqida tushuncha beriladi. Bolalar qalbida o'z 
xalqiga, uning boy merosiga hurmat va muhabbat tuyg'ulari 
tarkib toptiriladi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda: "Vatanimiz ziyoratgohlari", 
"Shahidlar xotirasi maydoni”ga sayohat uyushtirilishi maqsad- 
ga muvofiqdir. Ma'naviy yodgorliklar o'zbek xalqining og'zaki 
ijodi namunalari asosida bolalar ongida bularni asrab avaylash 
tushunchalari tarbiyalanadi. Bola o'zi yashayotgan shahar va 
qishlog'i, ko'chasidagi madaniy yodgorliklar haqida tasavvur 
hosil qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining 
hayoti va ijodi bilan tanishtiriladi.
- Fuqarolar atrof-tabiiymuhitgaehtiyotkorona munosabatda 
bo'lishga majburdirlar (50-modda).
285


- Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish, zarur va ular davlat muhofazasidadir 
(55-modda).
Bolalarda tabiatdagi go'zallikdan zavq olishni tarbiyalash 
orqali ular ongida tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani 
zararlamaslik, tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o't-o'lanlarni 
bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va 
qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik va boshqalarni 
bolalar 
ongiga 
singdirish 
kerak. 
Bolalarda 
ekologik 
madaniyatni tarbiyalash, davlatimiz tomonida ekologiya va 
tabiatni muhofaza etish, "Suv va suvdan foydalanish", "Yer osti 
boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona 
foydalanish" "O'simlik dunyosini muhofaza etish” borasidagi 
chora-tadbirlar haqida tushuncha beriladi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda: "Park" va 
"Bog‘cha”ga sayr, "Dunyodagi eng asosiy narsa suvning 
xususiyatlari bilan tanishtirish", o'simlik va hayvonlar haqidagi 
videoroliklar namoyish etish, "Qizil kitob" muhofaza ramzi 
ekanligi haqida suhbat tashkil etish orqali tabiatga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish ko'nikmalari shakllantirib 
boriladi.
- O'zbekiston Respublikasini himoya qilish - O'zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosiningburchidir. Fuqarolar qonunda 
belgilangan tartibda harbiy va muqobil xizmatni o'tashga 
majburdirlar - deb nomlangan 52-moddada bolalarda harbiy 
qo'shin, milliy armiya to'g'risida tasavvur hosil qilish, ularga 
nisbatan qiziqish uyg'otish orqali Vatan muhabbati va uni ko'z 
qorachig'idek saqlash hissi tarbiyalab boriladi. Bolalarning 
millat tarixiga qiziqishini shakllantirish maqsadida Amir 
Temur - yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda bo'lganligi 
haqida ma'lumot berish. Shuningdek, "14-yanvar - Vatan 
himoyachilari kuni”, "jaloliddin Manguberdi", "Ona yurt 
himoyachilari - milliy qahramonlarimiz" 
mavzularida 
suhbatlar tashkil etiladi.
286


Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lgan 
"Oilaga" maxsus bob ajratilgan bo'lib, unda davlatimiz tomoni­
dan oilaga, farzandlarga ko'rsatilayotgan yordam, yetim bolalar 
va vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash, 
o'qitish jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va 
burchlari, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar 
o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilish majburiyatlari haqida 
tushuncha beriladi. Ya'ni, har bir bola oilada yashash va 
tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan 
foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir. Ota-ona 
o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi, 
bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota- 
oriasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda 
bevosita "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" va "Oila 
Kodeksi" dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i 
hisoblanadi va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat 
uning markaziy bo'g'iniga, balki respublikaning barcha ijro 
etuvchi tizimiga rahbarlik qiladi. Davlat boshlig'i sifatida u 
hokimiyatning barcha tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning 
faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz davlatimiz tinch- 
Hgi, obro'si, shon-shavkatini butun jahonga tanitishdek 
ulkan mas'uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush 
farovonligi, ulg'ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek 
ulkan vazifalarni amalga oshirayotganligi to'g'risida to'liq 
ma'lumotlar berilishi lozim.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin