N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Huquqiy tarbiya 
- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga 
ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish 
uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi 
huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga 
tarbiyaviy ta'sir ko'rsata olishi lozim.
Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda 
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy 
me'yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda 
rioya qilishni tarbiyalashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini 
o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy 
jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Huquqiy ta'lim berish vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respubli­
kasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy 
ongni shakllantirish;
2. Huquq me'yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali 
bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- 
tuyg'usini uyg'otish;
3. Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga 
nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini 
bildirishga o'rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari:
1. Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish;
2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini 
o'stirish.
3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.
4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini 
bajarish yo'llarini ko'rsatish.
270


Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini 
O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi 
Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan 
yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy 
jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.12
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, 
madaniyati qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy 
munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin