Biznesmen - bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni
ro'yobga chiqarishga jazm etib, yangi g'oyalarni amalga
oshirish bilan bog'liq bo'lgan mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan,
tavakkal ish yurituvchi shaxsdir.
Biznesmen - bu doimo o'z ishining fidoyisi, bilimdon
kishidir. U, avvalo, biznes ishini qanday amalga oshirishni,
qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida
uchraydigan to'siqlarni hal qilish yo'llari va qanday yutuqlarga
erisha olishni bilishi kerak. U ishlab chiqarishni tashkil etish,
mahsulotni sota bilish, bozor munosabatlari sharoitida vujudga
keladigan sharoitlarni to'g'ri baholay bilishi, to'g'ri yo'l tanlay
olishi lozim. Har bir biznesmen faqat o'z kuchiga, bilimiga
ishonishi va suyanishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston
Respublikasi "Tadbirkorlik to‘g'risida"gi qonunga muvofiq
"balog'at yoshiga yetgan har bir fuqaro o'z mulkiga yoki mulk
egasining vakolati asosida qonunga zid bo'lmagan faoliyat turi
bilan shug'ullanishi mumkin."
Biznes faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish
mohiyati jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan ish
bo'lib, u erkin tanlangan faoliyatdir.
Yuqorida ko'rib chiqilgan iqtisodiy tushunchlar negizida
vaqt tushunchasi alohida o'rin egallaydi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni vaqt tushunchasi bilan tanishtirish asosan
matematika mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Kattalar
tomonidan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori
bo'lsa, vaqtning qadri oshadi, chunki vaqt birligida shunchalik
ko'p mahsulot va xizmat yarataish shu tufayli ko'proq pul
topish imkoniyati yaratiladi. Vaqt - bu pul demakdir, degan
shiorning ham ma’nosi mana shunda.
Dostları ilə paylaş: