N. M. Kayumova


XI  BOB. HUQUQIY TARBIYA



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

XI 
BOB. HUQUQIY TARBIYA
Huquqiy tarbiya haqida tushuncha
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq 
va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim 
vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining 
har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. 
Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy 
madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e'tibor qaratadi.
Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi 
bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy 
ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojiantirish 
borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda 
qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me’yorlarni hurmat 
qilishga erishiladi.
Huquqiy tarbiya 
- muntazam olib boriladigan, aniq 
maqsadni ko'zlagan va shaxs (guruhjda huquqiy ong, huquqiy 
bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga 
undaydigan pedagogik yo'ldir. Huquqiy tarbiya haqida fikr 
yuritilar ekan, avvalambor, huquq so'zining ma'nosi nima va u 
nimani anglatishini bilishimiz lozim.
Huquq 
- jamiyat a'zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib 
o'rnatishni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solish vositasidir.
Huquq - ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning 
xulq-atvori, axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtayi nazaridan 
asoslangan hollarda umum ijtimoiy ma'nodagi huquq 
tushuniladi. Bunga millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash 
huquqi ham kiradi.
Huquq 
to'g'risida yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda 
davlat hokimiyatiningqonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, 
xulq-atvor majburiyatlari majmuasini nazarda tutamiz.
Huquqning vujudga kelishi to'g'risida turli xil nazariy va 
qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda
269


o'zini tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha 
bo'lgan davrda bu urf-odat, diniy me'yorlar shaklida bo'lib, 
jamiyat a'zolari bularga rioya qilgan. Jamiyatdagi o'zaro 
munosabatlarning shakllanishini amalga oshirish yo'lini 
ko'rsatib beruvchi qoidalar, me'yorlar - huquq deb atala 
boshlandi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin