amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq
to'la muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va
majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga
haqlidir. Oilada bolaga taalluqli
har qanday masala hal
etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgila
nadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishu-
viga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy
an'analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi
mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo'limi
ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga
to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib,
uning ismini
o'zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir.
Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga
egadirlar. Nikohda bo'lmagan, voyaga yetmagan bolalari
bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to'lishlari bilan
ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga
haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy,
ma’naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik
qiladi va buning
uchun javobgar hisoblanadi.
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan
shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni
kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga
ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota-
onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"-
da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota-
onalikdan mahrum etiladi:
- Ota-onalik majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortish,
aliment to'lashdan bo'yin tovlash;
- O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va
boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa,
jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;
274
- Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga
mubtalo bo'lgan taqdirda;
- O'z bolalaririing hayoti, sog'lig'i yoki er-xotinning hayoti,
sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota-
onalik huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z
ota-onalariga
g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta'lim bo'yicha
qabul qilingan qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan ishlash
jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz.
Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori
bilan belgilanadi.
Vasiylik - 14 yoshga to'lmagan va sud tomonidan ruhiy
kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan
shaxslarga belgilanadi.
Homiylik - 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga
hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o'z huquqlarini
amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga,
shuningdek sud tomonidan layoqati
cheklangan shaxslarga
nisbatan belgilanadi.
Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o'qitish
jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan
qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg'usini uyg'otish
va o'z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini
shaklllantirish muhim vazifadir.
Dostları ilə paylaş: