N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Plastik kartochka 
- pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Asl 
pul kartochkaning o'zi emas, balki bankdagi pul egasi hisob 
varag'i yozilgan puldir. Pul qanday shaklda bo'lishidan qat’iy 
nazar kishilar va jamiyatga xizmat qiladi.
Narx 
- bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo'lib, 
tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to'lanadigan pul 
miqdorini bildiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga narx bozordagi oldi-sotdi 
aloqalarini ta'minlashi, pul bo'lgandagina bozordan narsa yoki 
tovar sotib olish mumkinligi, xaridor va sotuvchi o'rtasidagi 
kelishuv, sotuvchi bozorda o'z narxini taklif qilishi mumkinligi, 
savdolashuv asosida har ikki tomonga ma'qul narx paydo 
bo'lishi to'g'risida tushuncha beriladi. Buning uchun “Bozorda" 
o'yini hamkorlikda o'ynaladi.
Bolalarga xonadon byudjeti oilada jamg'ariladigan va 
tejab qolingan pul, ya'ni oila daromadi va oila xarajati kabi 
tushunchalar berib boriladi.
Xarajat 
- bu har qanday narxning umumiy asosi bo'ladi, 
chunki xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmat yaratib 
bo'lmaydi.
Xarajat narx tarkibiga kiradi, chunki tovarlar sotilgach ular 
qoplanishi kerak.
Narx hech bo'lmaganda xarajatni qoplashga yetarli bo'lishi 
kerak.
Masalan, yosh tadbirkor milliy qo'g'irchoqni yasab uni 
bozorga olib chiqadi, har bir qo'g'irchoqning tannarxi ya'ni 
tadbirkor sarflagan xarajat taxminan 10.000 so'm, unga bozor 
narxi 12.000 so'm qilib belgilanadi. Tadbirkorning har bir 
qo'g'irchoqdan oladigan sof foydasi 2 000 so'm. Talabga qarab,
262


narx-navoni oshirish yoki tushurish mumkin. Bu bolalar bilan 
o'ynaladigan "Biz bozorga boramiz” o'yinida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tadbirkorlik to'g'risidagi 
tushuncha berishda, tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir 
turi ekanligi, bu g'oyat mas'uliyatii mehnat turi ekanligi 
tushuntiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin