Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy
tarbiya berishning nazariy asoslari
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
Vazirligining
19.09.2013-yil 302-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Maktab
gacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari" da maktabgacha
yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish
vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha
bo'lgan
bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul
qiymatlari,
plastik kartochka, terminal haqida dastlabki
tushunchalar berish ko'rsatib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga
iqtisodiy bilimlarni
berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid
ma'lum bilimi va maTumotlar bilan qurollangan bo'lmog'i
zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy
bilimlarni bilishlari
zarur:
- Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va uning
rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;
- zaruriy hayotiy ehtiyojlar va
bolalar faoliyatida oqilona
qo'Ilay olish;
- bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong,
iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.
Iqtisodiy tushunchalardan bo'lgan bozor tushunchasi
bilan
tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor" haqida ma'lumot
beradi.
Bozor
- bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy
aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir.
Bozorga
tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish
uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar
- bu tovar
ishlab chiqaruvchi korxonalar,
fermalar, fermer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi
kishilardir.
Xaridor esa
barcha aholi, davlat idoralari va iste'molchilar-
dir.
259
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni
oldi-sotdi munosabatlari paydo bo'Iadi. Bir tovar pulga
ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya'ni,
bog'bon o'z yetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga
o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga
bozor turlari va asosiy
vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: