251
Maktabgacha ta'lim muassasalarida
iqtisodiy tarbiyani tashkil etish
Kelajagimiz bo'lgan barkamol avlod jamiyatning ishlab
chiqarish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida
qatnasha olish uchun mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik,
farovonlik bo'lishi zarur.
Ijtimoiy farovonlik - bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy
shart-sharoiti va turmush tarzini bildiradi. Farovonlik iste'mol
bilan cheklanmay, hayot kechirishning naqadar qulayligini
ham talab qiladi. Hamma narsa yetarli bo'la turib turmush
tahlikasi bo'lsa farovonlik ta'minlanmaydi.
Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodxon-
lik darajasidir. Bu o'qish yoshidagilarning qancha qismi amalda
o'kishi, har bir kishining o'rtacha necha yil ta'lim olishi,
ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo'lishini bildiradi.
Farovonlik ko'rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta'lim -
tarbiya xarajatlari, kommunal xizmatlar, toza ichimlik suvi,
gaz, elektroenergiya, kanalizatsiya va boshqa xizmatlardan
foydalanish kiradi.
Davlatimiznmg maqsadi - milliy iqtisodiyotning barqaror
o'sishi va shu asosda xalq farovonligini ta'minlashdir.
Demak, farovonlik bo'lgan joyda iqtisodiyot tez sur'atlar
bilan rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ilk iqtisodiy
bilimlar berish asosan o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish,
ularning mantiqiy fikrlash doiralarini o'stirish, ishbilarmonlik,
tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon
hisoblanadi.
O'rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish
quyidagi bilimlar:
1-Inson va uning ehtiyojlari;
2-Inson va iqtisod;
252
3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida
tashkil etiladi.
I bo'Iimda Inson va uning ehtiyojlari haqida tushuncha
berishda, Inson uchun zarur bo'lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim-
kechak, oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida (suvni,
vaqtni tejash), maktabgacha ta'lim muassasalaridagi va uydagi
jihozlardan (o'yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan
munosabatda bo'lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali
vaqt tejash haqida tushunchalar beriladi.
Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum
va xomashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro'zg'or
buyumlari (ko'rpa-to'shak, ko'rpacha, yostiq, choyshab, idish-
tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish,
ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va
kengaytirishadi.Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi, suv, havo,
yer to'g'risida tasavvurlari shakllantiriladi. Vaqtni chamalash
va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so'zlarni
nutqda to'g'ri qo'Ilashga o'rgatish asosida vaqt haqida
tasavvurlari mustahkamlanadi. Shuningdek, sutka qismlari
(kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha, ertaga)
tushunchalarini farqlash va to'g'ri qo'llay olishga, harakat
tarzini ifodalashga (tez, sekin) o'rgatiladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Non va suv
biz uchun aziz", "Uy-ro'zg'or buyumlari", "Oshxona buyumlari”
kabi mavzularda suhbatlar o'tkaziladi.
II bo'Iimda inson va iqtisod haqida tushuncha berishda
mehnat inson hayotidagi asosiy faoliyat ekanligi, kattalar
mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash, o'zbek
xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, deh-
qon mehnati haqida qisqacha ma'lumot beradi. Bolalar o'z
tarbiyachisi, enaga, oshpaz, haydovchi, bog'bon mehnati bilan
tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat
hissi shakllantiriladi. Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot
bo'lib, tejamkorona munosabatda bo'lishga tarbiyalanadi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida quyidagi:
253
"Duradgor mehnatini kuzatish", "Dehqonlar mehnati haqida",
"Haydovchi mehnati haqida", "Bog'bon", "Oshpaz", "Quruvchi”
mehnati haqida suhbatlar o'tkaziladi. Bolalar xo'jalik mehnat
qurollari bilan yaqindan tanishtiriladi.
III. Pul-mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash bo'limida
bolalarga bozor, uning turlari, sotuvchi, xaridor, bozorda
oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruychi vosita - pul to'g'risida
tushuncha beriladi. Milliy pul, uning turlari, vazifalari haqida
bolalarga iqtisodiy bilim beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish
mashg'ulotlarida: "Do'kon” ta'limiy o'yini, oziq-ovqat do'koniga
sayr o'tkaziladi.
Katta guruhda quyidagi:
-Inson va uning hayotiy ehtiyojlari;
- Inson va iqtisodiyot;
- Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash;
- Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limlar asosida iqti
sodiy bilim beriladi, bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish,
mustaqil fikr yurita olish, puldan to'g'ri foydalana olish, pul
qiymati, milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati
haqida tushuncha beriladi.
I bo'limda insonlarning tabiiy ehtiyojlari (ichimlik suvi,
yerga o'simlik va hayvonotlar dunyosi) va imkoniyatlari,
moddiy ma'naviyat ehtiyoji va uni qondirish usullari, vaqtni
tejash, undan unumli foydalana olish, suvning inson hayoti
uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik, uni asrash
bizning burchimiz ekanligi, quyosh, oy harakatlari haqida
tushuncha beriladi.
Insonlarning transport va aloqa vositalariga bo'lgan ehtiyoji
haqida tushuncha beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Aloqa
vositalari", "Havo" transporti haqida suhbatlar o'tkazib, yengil
transport turlari harakati kuzatiladi va kompyuter bilan
yaqindan tanishtiriladi.
II bo'limida Inson va iqtisodiyot-Inson shaxsi, unga zarur
bo'lgan sog'lom muhit, sog'liqni saqlash, kattalar mehnati,
254
ularning dam olishlari uchun davlatimiz tomonidan qilinayot-
gan g'amxo'rliklar haqida tushuncha beriladi. Maktabgacha
ta'lim muassasasi shifokori va, hamshirasi mehnati bilan ta-
nishtirilib, bolalar sog'lig'i uchun barcha sharoitlar mavjudligi,
fitobarlar tashkil etilganligi, basseyn va sog'lomlashtiruvchi
jihozlarning bolalar uchun, ularning sog'lom o'sishlari uchun
yaratilganligi tushuntiriladi. Buning uchun quyidagi "Shaxsiy
gigiyena", “VitaminlarV'Salomatlik-tuman boylik", "Sog' tan-
da - sog'lom aql” mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.
III bo'limda Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul,
uning turlari, insonlar uchun pulning zaruriyati, mahsulotlarni
sotish va sotib olish, savdo turlari - chakana, ulgurji savdo,
mahsulotlarning narxi va uning nimaga bog'liqligi, arzon va
qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular,
dastavval, ishlab chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon,
biznesmen kabi tovar egalari haqida, “pul" - nima, milliy
valyutamiz haqida to'liq ma’lumot beriladi. Bozor haqidagi
tushunchalarni kengaytirib borish, bozordagi oldi-sotdi, tovar
ayirboshlash naqd pul, narx, "tannarx", "foyda", "zarar", ishlab
chiqarish shakllari to'g'risida to'liq ma'lumot beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida: “Pul nima?",
“Pulni saqlash”, "Oziq-ovqat do'koniga sayr" tashkil etiladi.
IV Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limida mehnat
insonlarning asosiy faoliyati ekanligi, mehnat turlari,
ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, bog'bon, pillakor,
chorvachilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish, mebel,
avtomobil, televizor, chinni, nonvoyxona korxonalari, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turlari, mehnat quroli va asboblari
haqidagi bilimlarini takomillashtirish, ular ishlab chiqara-
yotgan mahsulotlari mamlakat aholisi uchun ahamiyati haqida
ma'lumot beriladi.
Korxona, tashkilotlar va ularning turlari haqida korxona
moliyaviy ta'minoti, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan,
ashyolar firma haqida tushuncha shakllantiriladi. Mehnat
turlaridan aqliy va jismoniy mehnat soha vakillarining tomo-
255
nidan yaratilayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar tushun-
tiriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida tikuvchi
mehnatlari va xo'jalik mehnat qurollari (ketmon, Shifokor
belkurak, chelak, tesha) bilan yaqindan tanishtiriladi.
Duradgor
Chorvador
Bog'bon
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy
bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha kengaytirilib,
bunda "mulk”, oila byudjeti, “bank", "import", "eksport" kabi
tushunchalar berildi.
I bo'Iimda Inson va uning tabiiy ehtiyojlari bo'limiga "mulk"
va uning turlari, insonlarning hayot kechirishlari uchun
yaratilgan moddiy ehtiyojlardan oqilona tejamkorlik bilan
foydalanish ko'nikma, malakalari takomillashtiriladi, turli
vaziyatlarda o'zlarini boshqara olish va ulardan chiqa olish,
mulkiy munosabatlarning uyg'unlashuvi, egalik qilish, sotish,
ijaraga qo'yish, to'lov evaziga mulkdan vaqtinchalik foydala
nish va mulkni boshqarish iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda
ekspert va importning roli haqida ma'lumot beradi.
II bo'Iimda Iqtisodiy resurslar ya'ni moddiy, mehnat va
informatsion axborot resurslari va ulardan tejamkorlik bilan
foydalanish, inson mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy,
ma'naviy resurslari ishbilarmonlik bilan boshqara olish va
uni reklama qila olishning ahamiyati haqidagi tasavvurlari
kengaytiriladi.
III bo'Iimda Pul, narx, mahsulotlarni sotib olish va
ayirboshlashda: bozor va uning turlari (kiyim-kechak, oziq-
ovqat, mashina, mol, dehqon, yoyma bozorlar va ularning
faoliyati) haqida, narxning paydo bo'lishi, biror narsani sotib
olish ustida fikr yuritish, kerakli tovar haqida ma'lumot -
axborotlar olish, oila va uning daromadi, oilada turmush
tarzini o'zgartirish, oila va aholining xarid qilish qobiliyati
baho-narx-navo daromadidan kelib chiqishi, iqtisodiy sharoit,
tabiiy omillar, ilmiy-texnika taraqqiyoti, madaniy omillarning
256
insonlarning dunyoqarashiga ta'siri, korxonalarning tashqi
iqtisodiy aloqalari, ularning olib boradigan tashqi iqtisodiy
operatsiyalari bu eksport bo'lib hisoblanishi, korxonalar
tomonidan xorijiy mamlakatlarga xomashyo, tayyor tovarni
yetkazib berishi ekanligi haqida.
Import - har bir korxona tomonidan ichki iste'mol bozorida
bo'lmagan tovarlarni chetda xarid qilishga asoslanadi. Bank,
plastik kartochka va uning turlari, qimmatbaho qog'ozlar
faoliyatida haqida tushuncha beriladi.
IV
boTimda Ishlab chiqarish va uning turlari, ishlab
chiqarish va mehnat jarayoni: yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarish
texnologiyasi
moddiy xomashyo
omillari,
tadbirkorlik
manbalari, mahsulot va buyumlar, turli mahsulotlarni ishlab
chiqarish texnologiyasi (inson hayot kechirishi uchun zarur
bo'lgan mahsulot va tovarlar); qurilish mollari va jihozlari,
imkoniyatlardan
foydalanish
samaradorligini
oshirish
yo'llari, ishlab chiqarish va ta’limot, ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarni uy-ro'zg'orga kerakli mahsulotlar, texnika
asboblari, mashinalar, matolar, ip, ipak tolalari, o'quv qurollari
va kitoblar, dehqonlar, chorvadorlar, bog'bonlar, paxtakorlar,
xalq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblangan qurilish
ashyolari, o'yinchoqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan
tanishtirish.Buning uchun atrof-olam bilan mashg'ulotlarida
quyidagi mavzularda: “Ishlash uchun kimga nima kerak?",
"Bog'bon-bog'bon",
“Nimaning
o'rni
o'zgardi"
o'yinlar,
"Tejamkorlik yaxshi odat”, "Pul nima?” "Bozor turlari”,
"O'yinchoqlar va ularning yaratilishi”, "Bank nima”, "Do'kon
turlari", "Nima qayerda ishlab chiqiladi?", "Ishlab chiqarish va
uning turlari” mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.
Biz yuqorida "oila daromadi", "Oila farovonligi”, "oila
ehtiyojlari" kabi iboralarni qo'lladik. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirishda oila ham
muhim rol o'ynaydi.
Xonadonning maqsadi - o'z iste'molini yuqori darajaga
ko'targan holda kelajakni ta’minlash uchun jamg'arma hosil
257
etishdir. Buning uchun oila a'zolarining moddiy-ma'naviy
ehtiyojlari jamlangan mablag'ni maqsadli sarflash asosida"
oila jamg'armasi”ni yaratish lozimdir.
Oilada tadbirkorlik faoliyati "Milliy hunarmandchilik
do'konlari", "Badiiy dekorativ ashyolar" qurilish detallari,
uy va qishloq xo'jalik asboblari, bolalar o'yinchoqlari, milliy
xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari (qandolatchilik, konditer
mahsulotlari, turli xildagi yormalar, pishiriqlar va hokazo}
ishlab chiqarish sohalari keng tarqalgan. Oila a'zolarining
iqtisodiy ongi, iqtisoiy ko'nikma, malakalarining o'sib
borishi maktabgacha yoshdagi bolalarning dunyoqarashi,
tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oiladagi bola tarbiyasi tashqi sharoitlar: uy-ro'zg'or
madaniyati, umummadaniy, gigiyenik va estetik talablarga
rioya qilinishi ham ta'sir ko'rsatadi. Har qaysi oilada bolaning
to'g'ri rivojlanishi uchun o'yin va mashg'ulotlar uchun joy
ajratilishi, o'zining karovoti, sochig'i, idish-tovog'i, ustki va
oyoq kiyimlarini toza va ozoda, tartibli saqlashlari, o'yinchoq,
kitoblar va boshqa jihozlar tejamkorona munosabatda bo'lishi
kerak. Oilada iqtisodiy mulk, oila mulkiga nisabatan to'g'ri
munosabat asoslari shu tariqa tarkib toptiriladi. Oilada pul
mablag'larini shakllantirish, sarflarni har bir oila a'zolarining
ehtiyojlari va umumiy ehtiyoji (gaz, elektr, isitish, suv, soliq
va boshqalar)larning hisobiga oqillik bilan rivojlantirish
uyushganlik va tartibga o'rgatadi, turmush madaniyatini
oshiradi. Oila byudjetida hisobga olishning yo'qligi, oldindan
ko'ra bilmaslik, uy xo'jaligini uyushtira bilmaslikka olib
keladi. Oilada bolalarni amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish,
ularga vaqti-vaqtida va doimo topshiriqlar berish, o'yinchoq
va kitoblarni yig'ishtirish, o'z o'rnini solish va yig'ishtirish,
o'simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish, suv, gaz elektr
energiyasi, pul, kiyim-kechak boshqa jihozlardan to'g'ri
foydalanish, ortiqcha o'ylab ko'rishlikka o'rgatib boriladi.
Xulosa
o'rnida,
bolalarni
iqtisodiy
bilimlar
bilan
qurollantirish, ularning kelajagini ta'minlashdagi vosita
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |