Xilma-xil mehnat turiarining vujudga kelishi
Mehnat qilish muntazam tarzda bo'lib, unda hamma bola
lar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u
tarbiya vositasiga aylanadi.
O'z-o'ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir tu
ri bo'lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqat-
lanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarni
yig'ishtirib qo'yishga o'rgatiladi. O'z-o'ziga xizmat qilish ja
rayonida bolalarda mustaqillik, ma'lum maqsad bilan harakat
qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo'llaridan kelgan ish
ni o'zlari bajarishga o'rganadilar. O'z-o'ziga xizmat bolalarda
231
oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg'otadi, batartib-
likka, intizomli bo'lishga, xulq-odobga o'rgatadi.
Bolalar xo'jalik-maishiy mehnatga MTMda va oilada jalb eti
ladi. Uning mazmuni har xil bo'ladi: xona va MTM maydoncha-
sini yig'ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlar-
ni yig'ishtirish, choy idishlarini, qo'g'irchoq kiyimlarini, may-
da narsalarni yuvish, mashg'ulotga kerakli materiallarni tay-
yorlab qo'yish, mashg'ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni
yig'ishtirib olish va hokazo.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishi
da muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'simlik va hayvonlar, yil
fasllari, jonsiz tabiat to'g'risidagi bilimlar manbayi, bolalarda
mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbi-
yalash vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu tu
ri orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o'g'itlash, ko'chatni
o'tkazish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qan-
cha mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Mehnat
ning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini
chiniqtiradi, ularning sog'ligini mustahkamlaydi.
Qo'l mehnati - mashg'ulot, o'yinlarga mehnat faoliyati uchun
zarur bo'lgan o'yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo'yicha
bolalar mehnatidir (qog'oz qiyqimlarini tashlash uchun,
o'simliklar urug'i uchun qutichalar, qo'g'irchoq kiyimlari, qal-
poqchalar, niqoblar va shunga o'xshash narsalar tayyorlash).
Qo'l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi nar
sa, buyum vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo'yash, qirq-
ish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o'xshash oddiy
mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijod-
korlik, topog'onlik, zehnlilik xislatlari o'sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliya-
ti har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat
turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jara-
yoni-mehnat faoliyatining o'ziga xos bir bo'lagi bo'lib, uning
tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari,
mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol-aslahalari, bi-
232
ron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qi
lingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat
mahsuli yaqqol ko'zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash - bu birinchi navbatda mehnat
jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab
olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari
belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir:
1. Bolalarni bo'Iajak mehnat faoliyati oldidan maqsad
qo'yishga o'rgatish.
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olish
ga o'rgatish.
3. O'z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga
o'rgatish.
4. Mehnat malakasi va ko'nikmalarini o'rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qan
cha vaqtda bajarilganligiga qarab o'zining va boshqalarning
ishini to'g'ri baholashga o'rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosa-
batlarni shakllantirish.
Maqsad qo'yish. Maqsad qo'yish kattalar taklif etgan
maqsadni qabul qilishdan boshlab to o'zi mustaqil maqsad
qo'yadigan bo'lguncha rivojlanib boradi (o'simlikka suv qu-
yishdan to uni o'stirguncha). Bolalarning o'z oldilariga maqsad
qo'yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga
rioya qilish zarur:
1. Bolalar mehnat qilishdan ko'zlangan maqsadni tushunib
yetishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak,
undan ko'zlangan natija nima?);
2.Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o'xshashlar
tarzida ko'rsatmali tasavvur eta bilish;
3. Ishning mo'ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko'chat
o'tkazish, o'simlikni sug'orish, ularni parvarish qilish va hoka-
zo) kerak.
233
Bola o'z mehnatidan ma'lum bir natijaga ega bo'lishni ang-
lab yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini
mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish - Maktab
gacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bil-
masa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bola
lar mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olganlarida-
gina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda
ipni o'lchab kesib olish, ninaga o'tkazish, uchini tugish, tikish;
o'yinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini
bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olish-
lari kerak bo'ladi. Bu ish harakatlarini maTum tartib bilan ba
jarish uchun har bir bola o'z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola
bilishi kerak.
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga
: tarbiyachi o'rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli
materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola
oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayoni
ni qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O'rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mus
taqil bajarishga o'rgatadi. Bunining uchun bolalarga quyidagi
savollar bilan murojaat qilib boradi:
234
1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar, qanday materiallar, qanday ish
qurollari kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish qulay bo'lishi
uchun ularni ish o'rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz ke
rak? (savol mehnat oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab
bir necha marta takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o'rgatish mehnatni
sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga o'rgatadi.
Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib,
uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnat-
sevarlikni tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarish
ga o'rgatadi.
Mehnatning sababi, ya'ni bola nima uchun mehnat qilishini
bilishi kerak. Bu quyidagi shart-sharoit ta'sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy
mohiyatini bilishlari kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTMda, oilada foydalanish
kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan
tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar
uchun foydasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar
bilan egallab olinishi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar
mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.
MTMda mehnatni tashkil etish shakllari. Maktabgacha
ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari quyidagi-
lardan iborat: o'z-o'ziga xizmat qilish, topshiriqni bajarish,
yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo'l mehnati bo'yicha
mashg'ulotlar, jamoa mehnati, o'z-o'ziga xizmat, topshiriqni
235
bajarish, Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnat faoli-
yatining boshlang'ich shakli hisoblanadi.
O'z-o'ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifati
da yosh guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va
sayr dan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va
yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog'liqdir.
(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi: u yakka tartib
da va guruhiy bo'lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bolalar
ga uncha murakkab bo'lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar
beriladi: «O'yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o'rniga olib borib
qo'y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo'yib chiq».
Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylar-
da ham bajarishlari mumkin.
O'rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriq
lar ancha murakkab bo'lib, ular endi xonadan tashqarida baja-
rishga mo'ljallangan va ikkinchi bir kishiga murojaat qilish bi
lan bog'langan bo'ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachi-
siga, enagaga, shifokorga, hamshiraga murojaat qilish va hoka-
zo.
Bu guruhlarda topshiriqlar 2-3 boladan tashkil topgan
kichik guruhlar tomonidan bajarilishi mumkin (o'yinchoqlarni
yig'ishtirish, gullarga suv qo'yish, to'kilgan barglarni terib, te
gishli joyga olib borib tashlash kabi}.
Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana
ham murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va
boshqa kishilarga mehribonlarcha munosabatda bo'lish hissi-
ni shakllantirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin: kichkina guruh
bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin kiyinishiga
yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab be
rish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib
kelishga yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma'lum
bir gul yoki bir qancha gullar bir hafta davomida parvarish
236
qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho'zilishi mumkin (biror
o'simlikni ekish va o'stirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbar
lik qilish bilan ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim
tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda qatnashish istagini,
o'rtoqlariga g'amxo'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdira-
di, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro xushmuoma-
la bo'lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va javob-
garlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiya-
laydi.
Navbatchilik - bu jamoa uchun mo'ljallangan mehnat faoli
yatining shakli bo'lib, u majburiy tartibda bajariladi. Bolalar
ning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil oxiridan
(oshxonada) boshlanadi.
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini
ta'minlash
uchun
navbatchilikning
xilma-xil
turlari
uyushtiriladi:
oshxonada
(hamma
yosh
guruhlarida),
mashg'ulotga tayyorlanishda (o'rta guruhdan boshlab),
o'simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga
tayyorlov guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik
qiladi. Birdaniga 4-5 bola navbatchilik qilishi mumkin, har
bir bola 1-2 stolni bezatadi.. Katta va tayyorlov guruhlarida
bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga,
kech tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib
bo'lingandan
keyin
idish-tovoqni
ovqat tarqatiladigan
237
stolga yig'ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga choy
idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu
yoshdagi bolalar ikkitadan navbatchilik qilishadi, ammo har
bir bolaning ish hajmlari ko'payadi.
Mashg'ulotlarga tayyorgarlik bo'yicha navbatchilik qilish
o'rta guruhda - bolalar oshxonada navbatchilik qilishni bilib
olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar stol va stullarni,
mashg'ulotga kerakli materiallarni, qo'llanmalarni mashg'ulot-
ga tayyorlaydilar va xonani tartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida
navbatchilik qila boshlaydilar. Navbatchilikning bu turi ham
tarbiyaviy, ham ta'limiy ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan
tayinlanadi: biri o'simliklarni parvarish qilsa, ikkinchisi
jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo'sh qolsa, ikkinchisiga
yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda
foydali bo'Iadi. Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz
navbatchilik qilamiz» degan mavzuda mashg'ulot o'tkazish
mumkin. Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni boshlash
dan oldin tarbiyachi mashg'ulot o'tkazib, bolalarni tabiat
burchagida nimalar borligi, o'simlik va hayvonlarni qanday
parvarish qilish haqida suhbat o'tkazadi. Tarbiyachi tabiat
burchagida yashovchilarni har kuni va to'g'ri boqish,
o'simliklarni sug'orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini
qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarni tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o'simlik va hayvonlarni kuzatishga,
o'zgarishlarni aniqlab borishga, burchakdagi o'simlik va
hayvonlarga g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishga, ularda
yuz beradigan o'zgarishlarni ko'ra bilish va ular to'g'risida
so'zlab berishga o'rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab
gulpushtalarni sug'orish, guldasta tuzash, gul solingan
guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
238
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat
berish vaqtini, miqdorini, ovqatni mustaqil tayyorlashni,
kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchi la ruing vazifasi va bajargan ishining sifati
nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratda bolalarning o'zlari
qatnashsalar yana ham yaxshi bo'ladi.
Ba'zan navbatchilarning ish natijalari bolalarning uyga
ketar oldidan muhokama qilinadi. Tarbiyachi bolalarga:
bugun navbatchilar o'z vaqtida keldimi? Ular hamma ishni
qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to'g'ri tuzatildimi?
Navbatchilar hamma narsani vaqtida bajarib, o'ynashga
ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroq va chiroyli bajardi? kabi
savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni
almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning
har xil turlarida qatnashishiga va turli mehnat malakalarini
egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog'lig'iga zarar yetkazmay-
digan (suyuq ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og'ir
narsalarni bolalar ko'tarmaydilar va hokazo] qilib tashkil
etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar
bo'lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan
foydalanishga, ishdan keyin joyiga yig'ishtirib qo'yishga
o'rgatiladi.
Ayniqsa, navbatchilarni guruhlashga e'tibor berish juda
muhimdir: passiv bolalarni faolroqlari bilan, navbatchilikni
endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar bilan birga tayinlash
kerak. Lekin bunda faol bolalarning passiv bolalar ishni
bajarishlariga yo'l qo'ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash
va tayinlash har xil bo'lishi mumkin: bolalarning xohishiga
qarab stollar bo'yicha, ro'yxat bo'yicha, sekin-asta navbatchilik
galini bolalar o'zlari eslab qoladilarva shu tartib bilan borishini
nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod
bo'lishini bildirmaydi, ovqatni yeb bo'lgan har bir bola o'zining
idishini stol ustiga taxlab qo'yadi, salfetkani ham ma'lum
239
joyga qo'yishadi, stol ustidagi uvoqlarni maxsus cho'tka bilan
idishga yig'ib olishadi. Mashg'ulotdan keyin ham shu hoi
takrorlanadi; har bir bola o'zining qalamini qalamdonga solib
qo'yadi, o'z mo'yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni yig'ishtirib
qo'yishadi va h.k. Eng muhimi - bolalarda o'zaro mehr-
muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo'lidan kelgan yordamini
ayamaslikka o'rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi
rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan
yana biri qo'l mehnati bo'yicha mashg'ulotdir. Bilim va malaka
birinchi marta berilayotgan bo'lsa va tushuntirish hamda
barcha bolalarga yaqqol, ko'rgazmali qilib ko'rsatishni talab
etgan hollarda ana shunday mashg'ulotlar o'tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida
birgalikda harakat qilish, o'zaro yordam, shu bilan birga
mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo'ladi. Bunda
mehnat yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi
chiqmasa birgalikda qayg'uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga
qarab har xil shaklda bo'ladi. «Yonma-yon mehnat»da
hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har bittasi o'sha
umumiy ishning bir qismini bajaradi (bittasi mo'yqalamlarni
yig'ishtiradi, boshqasi bo'yoqlarni va h.k,). Ishning bunday
tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o'rgatishda ham,
ularning ishini nazorat qilib turishda ham o'ng'aylik tug'diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o'z ishini bajaradi, ammo
oxirida hamma qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har
bir bola xamirdan uzib olib pechene yasaydi va u bitta idishga
solib pishirishga qo'yiladi, pishgandan keyin bitta idishga solib
bolalar mehmon qilinadi). Yoki hamma bolalar guruh xonasini
yig'ishtirishadi - har bir bola biron ishni bajaradi, yig'ishtirib
bo'lingach, natija bitta qilib yakunlanadi. (hamma yaxshi
ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-sarishta,
chiroyli bo'lib qoldi).
240
Birgalikdagi mehnat quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
masalan, xonani yig'ishtirishda bolalarning bittasi o'yinchoq-
larni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi o'yinchoq tokchasini
tozalaydi va unga o'yinchoqlarni teradi. Yoki tabiatdagi
mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi,
ikkinchisi urug' yoki ko'chatni o'tkazadi, uchinchisi joyiga
olib borib qo'yadi. Bu yerda bolalarning ish harakatida o'zaro
mutanosiblik bo'lishi, ya'ni har bir bola bir xilda chaqqonlik
bilan harakat qilishi kerak, buning natijasida ma'lum mehnat
munosabatlari yuzaga keladi. Bunday vaziyatda tarbiyachining
bolalar o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatishga qaratilgan
bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma'lum izchillikda amalga oshiriladi.
Tarbiyachi bolalarga bir necha kishilar birgalikda biron
ishni bajarayotganligini, ularning ishi bir-biriga bevosita
bog'liqligini, ulardan har biri umumiy ishning biron qismini
bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga oshirilayot-
ganini tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, hikoya qilib
berish, bolalar badiiy adabiyotidan foydalanadi).
Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi
mehnatini tashkil etish. Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida
tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi
uni mehnat jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy
vazifalariga ko'ra belgilaydi.
Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari.
Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmuni-
ni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoit-
lar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun joy va vaqt,
gigiyenik shart-sharoit yaratilmog'i lozim. Ozodalik, toza havo,
kerakli darajadagi yorug'lik, mehnatning bolalar imkoniyatiga
muvofiq bo'lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga qarab to'g'ri
belgilash (kichikyoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh
bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib
turishni ham e'tiborga olish kerak.
241
Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtiri-
lishi lozim. U ma'lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi
kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda
kerakli qurollar, asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga,
imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil foydalanadigan qilib
joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha,
qo'lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur.
Ovqat tayyorlash uchun kichikroq pichoqlar, tarelkalar,
o'qlovchalar, xamir qorish uchun tog'orachalar, shaklchalar
kerak bo'ladi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq
tog'oracha, stoldan uvoqlarni yig'ib olish, polni supurish
uchun cho'tkalar, axlatni yig'ib olish uchun xokandozlar kerak.
Kir yuvish uchun tog'ora, chelakchalar, kichkina dazmol
taxtasi, kiyim tozalash uchun cho'tka, supurgi, tikish uchun
tugmachalar solingan quticha, ip, nina, mato parchalari,
o'yinchoqlarni yasash va singanlarini, buzilganlarini tuzatish
uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg'achalar, mixlar, qisqich,
yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq
materiallar, gugurt qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan
bo'shagan g'altaklar va hokazolar zarur. Guruh xonasidagi
tabiat burchagida, MTM hovlisidagi polizda, gulzorda ishlash
uchun belkurak, xaskash, supurgi, kichkina zambilchalar,
chelakchalar, leyka, savatchalar kerak bo'ladi. Barcha buyum
ishlatib bo'lingandan keyin tozalab joyiga qo'yiladi.
Bolalarga to'g'ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning
bir-biri bilan o'zaro do'stona munosabat bilan hamkorlikda
ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTMning yillik rejasida
aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to'g'ri
rejalashtirish va amalga oshirilishida yordam beradi.
MTMda mehnat tarbiyasini to'g'ri tashkil etish va unga
rahbarlik qilish yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash
vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |