erishish yo'lidagi mehnat harakatlari, o'yin o'zining rivojlani-
shidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi mumkin, mehnatda
esa, albatta, ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib
o'yindan ajratiladi? Kichik bog'cha yoshidagi bolalar mehna-
tining asosiy turi o'z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun
ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar
ni mehnatning bu turiga o'rgatishda ko'pincha o'yin vaziyat-
laridan foydalaniladi («Qo'g'irchoqni sayrga otlantiramiz»,
«Qo'g'irchoqni uxlatamiz» va shularga o'xshashlar). Avvaliga
bolalar o'yin obrazi orqali mehnatga o'rgatiladi. Shu orqali bo
lalar ishonch bilan harakat qilishni o'rganadilar. Sekin-asta o'z-
o'ziga xizmat qilish malaka va ko'nikmalari shakllana boradi.
Dostları ilə paylaş: