IX BOB. MEHNAT TARBIYASI
Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechiri-
shi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.
Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti
bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.
Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaq-
ti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz
yashamoq mumkin emas.
Barcha tirik mavjudot nimanidir iste'mol qilish hisobiga ya-
shaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurt-
qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi
jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay ol-
maydilar. Xuddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlana-
di, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli odam
lar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, ijod qili-
shadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbayi
bo'lgan pul kerak. Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsa-
larni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. Mehnat
jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsa
lar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odam
lar mehnat qilish jarayonida sog'liqlarini mustahkamlaydilar,
obro' orttiradilar va o'z kelajaklarini yaratadilar.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelgan-
lar. Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar - ilmiy,
badiiy kitoblar, san'at asarlari, me’morchilik obidalari mehnat
mahsulidir.
Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan al-Xorazmiy,
Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muham
mad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufay-
li ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat
qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari
Dostları ilə paylaş: