N. M. Kayumova


Estetik tarbiya vositalari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Estetik tarbiya vositalari
Bolalarda go'zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning 
butun xilma-xilligida, shuningdek go'zallik eng ko'p jamlan- 
gan holda aks etadigan san'atni estetik o'zlashtirish jarayoni­
da tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi san'at turlari va janr- 
larning xilma-xilligiga sabab bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi
210


bolalarning har biri o'z janriga ega bo'lgan grafika, rang-tas- 
vir, haykaltaroshlik, manzarali amaliy san'at, adabiyot va mu­
siqa bilan tanishadi.
Bolalar shuningdek, bizni o'rab turgan dunyoning eng 
muhim estetik tomonlari va xususiyatlarini ham egallaydilar. 
Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg'u, unda- 
gi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, mu- 
siqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beri­
ladi. Bolalar xalq qo'shiqlari va raqslari, doira bo'lib qo'shiq ay- 
tish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar.
MTMni o'rab turgan go'zailik muhiti bolalarning har tomon­
lama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yor­
dam beradi.
Pedagogika tizimiiga xos bo'lgan estetika va etikaning birli- 
gini oilada MTMlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol 
qo'llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish 
uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi 
xulqli, xushmuomala, badiiy didli bo'lishlari talab etiladi.
211


Bolalarni o'rab turadigan chiroyli narsalarning o'zi bola- 
a hech narsa bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni 
o'rishga, qadrlashga, baholay bilishga o'rgatish kerak. Tarbi- 
achi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy- 
>yiga qo'yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. 
ar bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko'rib chi- 
iladi. Eng muhimi, hamma narsalarni bolalarda estetik zavq- 
i qo'zg'ata oladigan qilib ko'rsatish kerak.
Bolalarga estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayot- 
an narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. 
olalarning hislariga ta'sir etish uchun bu hali yetarli emas. 
ng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir. Tarbiya- 
lining o'zi zavqlansa, ortiqcha so'zlarsiz go'zallikka qiziqish 
yg'ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi.
Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» - 
eb so'rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko'ramiz deb 
ivob beradi. Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr 
ilib daraxtlarni, yo'lkalarni kuzatamiz». Bog'ning eng xush- 
lanzara joyiga kelganda bolalar to'xtab, jim atrofga nazar 
ishlashadi-da, nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chun- 
i barglar tillaga o'xshaydi. «Ana qizil barglar», deyishadi 
lar hayajon bilan. Shamol bo'lishi bilan barglar yerga tusha- 
i. Yo'lkalar esa gilamga o'xshaydi. Ko'chaga sayrga chiqisha-
i. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bi- 
m MTM ko'chasidan yurib o'tamiz. Sizlar diqqat bilan kuza- 
b boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko'rsa, sayrdan keyin 
3'zlab beradi».
Shuni ta'kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalar- 
i shu ajoyibotni ko'ra bilishga, undan hayratlana olishga 
rgatish lozim. Tabiatning go'zalligini va ajoyibligini inson ha- 
Dt go'zalligiga, san'at go'zalligi va ajoyibotiga aylantiradi.
Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo'lib xiz- 
lat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go'zalligi hatto eng kichik 
olani ham quvontiradi. Uning tuyg'ular va xayollarda saqlan-
212


an go'zalligi bolalikda ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilina-
i, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini 
ibiatning rang-barangligiga, uning o'zgarishi va uyg'unligiga 
aratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg'otadi, unga muhab- 
at va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avay- 
shga o'rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didla- 
ni tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol 
D'rib, atrofdagi go'zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishi- 
a ishonch hosil qiladilar.
Tarbiyachi bolalarga tabiat olamini kashf etadi, bolalarning 
unchadagi bir tomchi shabnamda ham, o'tlarning biri ikkin- 
lisi bilan qo'shilib ketishida ham, oqshom bo'yoqlarida ham 
ibiat go'zalligini ko'ra bilishlariga yordam beradi.
MTMda tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hayvonlar 
a o'simliklarni kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik 
[rokni, ularga nisbatan to'g'ri munosabatni, go'zallik yaratish 
}hishini shakllantiradi va qizg'in faoliyatga undaydi. Yilning 
az fasllarida polizda, gulzorda, MTM maydonchasida mehnat 
ilishda ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o'z mehnati 
levasini yeyish bolaga alohida estetik huzur bag'ishlaydi. Da- 
va bog'larga sayrga borganda tabiatning go'zalligi va boyligi- 
an, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan 
гпШоуа zavqlanishadi.
MTMda bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning 
ar xil turlari va janrlaridan (musiqa, rassomchilik haykalta- 
jshlik xalq amaliy san'ati, adabiyot va hokazo} foydalaniladi.
San'at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tu- 
anmas manbayi bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda har 
ir kishining rivojlanishi, ma'naviy boyishi uchun ham vosita- 
ir.
Badiiy asar kishining his-tuyg'ulariga ta'sir etsa, hissiy ke- 
linmalar kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan ha- 
ajonlanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm
213


bolada fikrlar o'yinini uyg'otadi. Bu to'g'rida S.Ya.Marshak 
shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatora- 
siga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o'z tuzi- 
lishi bo'yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday 
bola o'zini ertakdagi qahramon o'rniga qo'ya oladi va «Qizil 
shapkacha»ni o'ynay oladi. San'atning hamma turlari - ada- 
biyot, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bo­
lalarga tushunarlidir. Gilamchilik, to'qimachilik, kulolchilik, 
zardo'zlik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall pat- 
nislar, to'qilgan va tikib gul solingan buyumlar va boshqalar 
tasviriy san'atning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqa­
ri, MTMda har bir viloyat, o'lka, respublikaning milliy madani- 
yatidan foydalanish kerak.
Ta'lim-tarbiya ishlarida o'zbek xalq amaliy san'ati namu- 
nalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O'zbek naqsh- 
lari tushirilgan chiroyli guldor matolar qo'g'irchoqlar uchun 
ko'ylak, oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi 
mumkin.
Musiqa bolalarning kayfiyatini ko'tarib ertalabki badan 
tarbiyada yangray boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtla- 
rida ekskursiya, sayr va o'yin vaqtlarida ashulalar ijro etili­
shi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhi- 
ni ko'taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etil- 
gan ashula harakat ritmini uyg'unlashtiradi, bolalarga mehnat 
quvonchini bag'ishlaydi.
Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqi- 
qiy san'at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahon- 
da san'at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning 
estetik rivojlanishida katta yordam beradi.
Ashula aytib o'yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan 
foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun 
g'oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylari va obrazlarini 
ijro etayotib, xalq tili va ko'yining hamohangligini, ravonligi- 
ni bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiya-
214


laydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va 
klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqs- 
ga tushishga o'rgatishda faqat to'g'ri aytish va to'g'ri harakat 
qilishni emas, balki ifodaii aytish va yengil, chiroyli va latofat 
bilan raqsga tushishga o'rgatiladi.
MTMda o'tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta'sir 
etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o'ziga xosligi uning 
g'oyaviy va estetik mazmuni san'atning turli ko'rinishlari bilan 
bog'liq bo'lishidadir. Har qaysi bayram o'z g'oyasiga ega bo'lib, 
u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta'sir ko'rsatadi.
Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo'g'irchoq teatri- 
dir. Uning nihoyatda kuchli ta'sir etishi uning soddaligi, odat- 
dan tashqari jo'shqinligi va qo'g'irchoqligi (o'yinchoqligij, shu­
ningdek, badiiy so'z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san'at ka­
bi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko'zi 
o'ngida yaqqol namoyon bo'lishidadir. Qo'g'irchoq teatrini bo­
lalar faqat tomosha qilibgina qoimay, balki unda o'zlari ham 
qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, 
nutqini o'stiradi, hayotiga quvonch bag'ishlaydi.
Diafilm ko'rsatish bolalarning estetik didlarini o'stirishda 
muhim vositalardan biridir. Diafilmlar ko'rsatishni adabiy 
matn o'qib berish bilan qo'shib olib borish bolaga filmning maz­
munini yanada to'g'riroq va ta'sirchanroq tushunishga yordam 
beradi.
Bundan tashqari, qo'g'irchoq teatri, soya teatri ko'rsatish 
ham bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o'rin 
egallaydi. Bu o'yinchoq, qo'g'irchoqlar bolalarga tanish bo'lsa- 
da, ularni tarbiyachi qo'Ii yordamida harakatga keitirib, badi­
iy so'zlar bilan qo'shib olib borishi natijasida ular bolaning ko'z 
o'ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak maz­
munini chuqur idrok eta boshlaydilar.
Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o'ynaydi. 
Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bi-
215


langina emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda 
bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir.
Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan 
kitoblarda so'zlardan ko'ra rasmlarning ta'siri ayniqsa, katta 
bo'ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o'z o'rtoqlariga, 
kattalarga, qo'g'irchog'iga «o'qib» berish bilan uning mazmuni­
ni o'z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yopqin 
rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.
Kattalar mehnati, qahramonlik shuningdek, ona Vatanga 
bo'lgan muhabbat, do'stlik, birodarlik, bolalarning ota-onala- 
riga nisbatan mehribon bo'lishlari kabi mavzularda yozilgan 
hikoyalar bolalarga tushunarlidir.
Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmux- 
sin, Shukur Sa'dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun 
yozgan she'rlari ularda ijobiy his-tuyg'ularni tarbiyalaydi, 
ularni yashashga o'rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona 
tilining boyligini, so'zlarning ta'sirchanligini his qilishga yor­
dam beradi.
Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Er- 
takning yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Er- 
tak qahramonlari bolaga yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy 
hamda jonli bo'ladi. Eng muhimi, tarbiyachining o'zi badiiy 
adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va she’rlarni ifo- 
dali o'qiy bilishi kerak.
MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert- 
lar, bayramlar, kichkintoyiarning tug'ilgan kunlarini nishon- 
lash bolalarda quvonchli hislarni uyg'otadigan, mazmunli va 
ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tash­
kil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomon­
lama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo'lib, 
aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'langan 
holda amalga oshiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin