- Syujetni hamkorlikda aniqlash;
- Rollarni haqgo'yiik bilan taqsimlash;
- O'yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;
- Syujet mazmunini faol rivojlantirish;
- O'yinda bir-birini tushunishga erishish;
- Do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash;
- O'yinning ma'nosini to'liq amalga oshirish;
- 0 ‘yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib
borib qo'yish;
- O'yin qoidalariga to'liq rioya qilish kabi ko'nikmalar o'yin
faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko'rsatkichi
bo'lib hisoblanadi.
Mehnat faoiiyatida:
- Mehnat majburiyatlarini (o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish,
navbatchilik, ish o'rnini tartibli saqlash] yaxshi bajarish;
- Bajarilgan ish sifat va natijasi;
- Vazifalarni o'zaro adolatli taqsimlay olishlari;
- Do'stona ishlay olishlari;
- Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga
rioya qilishlari orqali tarbiyachi
bolalarda mustaqillikni,
tirishqoqlikni, uyushganlik va javobgarlikni his qilish
mas'uliyatini shakllantirishda foydalanadi.
Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi
murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi,
bunda hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi.
Bolalarning
jamoa mehnati faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egaliashlari,
mehnatda mustaqillik va uyushganlikni shakllanganligining
ko'rsatkichi bolalarning mehnat maqsadini tarbiyachi bilan
birgalikda rejalashtirishlari va
uning natijasini tasavvur
qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil
taqsimlash va mehnat natijasini to'g'ri baholay olishlari lozim.
Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo'lgan mehnat turlari
bilan mustaqil shug'ullanish uchun barcha zarur narsalar
bo'lishi kerak. Bolalarga uskuna, o'yinchoq, qo'llanmalarni
guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas'uliyat hissi
391
shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini
jamoa bo'lib yig'ishtirishda qatnashadilar.
Bunda bolalarning
badiiy-estetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik
muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta'minlanadi, kattalar
mehnati
haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi,
kishilar
mehnatiga
hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish
korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy
xizmat xodimlarining mehnatlari to'g'risida tushuncha hosil
qilinadi.
Shunday qilib, maktabgacha ta'lim muassasasida
tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha
yoshdagi bola ongi, xulq-atvori
va shaxsini qayta qurishga,
bolalarda mehnat taTimining yangi sharoitlariga faol har
tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bolaning maktab ta'limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda
o'qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir. U
bolalarda matematika, ona till kabi o'quv fanlarini o'rganishi
uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning
mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassa
salarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni
tarkib
toptirish, nutqni o'stirish, o'qish va savodni egallashga tayyor-
lanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda
o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: