P - pastdaraja;
1 - yilning o'rtasida;
2 -
yilning oxirida;
D
- daraja.
Diagnostiktahlilni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun aksariyat
hollarda bolalarning yakuniy mashg'ulotlari, jamoaviy
(kichik guruhdagi) ishlaridan iborat tekshiruv topshiriqlari
taqdim etiladi. Diagnostikaning
bunday shakli pedagog
vaqtini tejaydi. Dastur talablarini muvaffaqiyatli o'zlashtirish
tarbiyalanuvchilarni mashg'ulot va erkin faoliyati mobaynida
kuzatish jarayonida amalga oshiriladi.
Olingan ma’lumotlar to'rtta yo'nalish bo'yicha jadvalga
kiritiladi. Bunda guruhdagi har bir
bolaning yutuqlari ifoda
etiladi. Pedagoglar ta'lim-tarbiya jarayonini, bolalar bilan
individual ishni yo'lga qo'yishda nimalarga e'tibor
berish
lozimligini ko'rish imkoniga ega bo'Iadi.
Har bir bo'lim ma'lumotlar jadvaliga kiritib boriladi. Bu esa
ushbu guruh bo'yicha Davlat talablari bajarilishining miqdor
va sifat jihatdan tahlilidir.
Xulosa qilib, ta'lim-tarbiya
jarayonini tashkil etishni
baholash tizimi:
- Har bir bola rivojlanishining dinamikasini kuzatib borish;
- Ushbu ta'lim dasturining o'zlashtirish darajasi muvaffaqi-
yatliligini baholash;
- Har bir bola bilan ishlash istiqbollari va yo'nalishlarini
belgilash imkoniyatini yaratadi.
Bunday diagnostiki bola rivojlanishini haqiqiy baholash,
ta'limni rejalashtirish va pedagogning ta'limni amalga
oshirishga tayyorlanish ma'lumot olish imkonini beradi.
Natijalar ota-onalarning roziligi bilan ota-onalar qo'mitasi
vakillari ishtirokida pedagogik kengashda muhokama etiladi.
Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari taklif etiladi. Erishilgan
natijalar bolalarning maktab ta'limiga muvaffaqiyatli o'tishi
uchun pedagog ishini rejalashtirishda qo'llanadi.
418
Pedagogik diagnostika maqsadlarni
amalga oshirishda
tarbiyachi tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga
ega. Kuzatish - bolalar rivojlanishidagi ijobiy o'zgarishlarni
ularni tabiiy sharoitda [uyda, guruhda, ochiq maydonchada),
kun davomida turli vaziyatda, butun yil davomida to'plangan
ma'lumotlarni hujjatlashtirib borgan
holda baholashning eng
samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi ayni pedagogik
kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga,
bolani tushunishdan esa - u va oila a'zolari bilan o'zaro
aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi.
Kuzatish
- bu bolaning ishlayotgan yoki o'ynayotgan
paytida, uning faoliyatiga
aralashmagan holda kuzatish
jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining
turi, bilim olish bo'yicha qiziqishlari, ko'nikmalar
darajasi va
rivojlanishdagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: