N. M. Kayumova


O'zbekiston  Respublikasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar Mahkama- 
sining qarorlari va 
farmoyishlariga
«Maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
to'g'risida»gi 
Nizom
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi'va 
qonunlariga
Maktabgacha ta’lim 
mussasasi o'z 
faoliyatida
O'zbekiston 
Respublikasi Oliy 
Majlisining 
qarorlari va bosh­
qa hujjatlariga
510


Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan 
yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, 
normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit 
yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta'lim 
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining 
roziligi bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar 
qabul qilinadi.
Qisqa muddatli maktabgacha ta'lim
muassasalarini tashkil etish
Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarni 
boshlang'ich ta'lirriga tayyorlash, ularni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
maqsadida to'rt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha 
ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli 
guruhlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik 
ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'liminingbuyrug'i 
bilan tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida quyidagi qisqa 
muddatli guruhlar faoliyat ko'rsatishi mumkin:
Rivojlantirish guruhi - soni 20 nafardan kam, biroq 25 
nafardan ortiq bo'lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 
bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar 
va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida 
tashkil etiladi;
«Kelajakdagi o'quvchi» guruhi - soni 20 nafardan kam, biroq 
25 nafardan ortiq bo'lmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 
bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil 
etiladi;
Integrallashgan guruh - soni 15 nafardan kam, biroq 20 
nafardan ortiq bo'lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan
511


bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida 
ruhiy nuqsoni bo'lgan bolalarga muntazam ravishda 
psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko'rsatish, ularga taTim- 
tarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qo'llab- 
quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda sog'lom 
bolalar bilan birgalikda uch nafardan ortiq bo'lmagan «ruhiy 
rivojlanishi sust» tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja 
bo'yicha ta'lim oladi;
«Muammdli bola» guruhi - soni 15 nafardan kam, biroq 
20 nafardan ortiq bo'lmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 
nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologik- 
tibbiy-pedagogik yordam ko'rsatish, ta’lim jarayoniga jalb 
etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va o'qitishni 
tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil 
etiladi. Ushbu guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sog'lom 
bolalar ham bo'lishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy yetukligi 
saqlangan] soni 3 nafardan kam bo'Imasligi lozim.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida 
qisqa 
muddatli 
guruhlarning boshqa turlari ham tashkil etilishi mumkin.
Qisqa muddatli guruhlarda bemor va nogiron bolalar bilan 
ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga 
qo'shimcha haq to'lanmaydi.
Quyidagilar 
qisqa 
muddatli 
guruhlar 
faoliyatini 
moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari; 
tarbiyalanuvchining 
davlat 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari; 
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Tarkibida qisqa muddatli guruh mavjud bo'lgan davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari 
bolalar hayoti va sog'lig'i uchun, qisqa muddatli guruhlarni 
tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari bolalarning
512


yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun 
javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari 
muassis tomonidan ta'minlanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qisqa muddatli 
guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim 
boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh 
boshqarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari 
va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda, aholining 
ehtiyojiga hamda ta'lim jarayonini ta'minlash uchun yaratilgan 
shart-sharoitlarga qarab belgilanadi.
Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish davlat maktabgacha 
ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma 
asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil 
etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini 
tashkil etish tartibi, bolalar ro'yxati va ta’lim dasturlari ishlab 
chiqilgan bo'lishi lozim.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin