12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining
muayyan turi bo'yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun
yetarli bo'lmagan hollarda quyidagi
turlarni birlashtirish
orqali ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim
muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muas
sasalarini tashkil etishda ularning har bir turi bo'yicha alohida
guruhlarda korreksion ta'lim-tarbiya
jarayonini tashkil etish
majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 5
kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida,
quyidagi ish tartibi
joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 6
kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: