N. M. Kayumova


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida
ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, 
pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya 
jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida 
vasiylik 
kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning
524


vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining 
ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining 
faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga 
oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muas­
sasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya 
dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar 
o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga 
solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta'lim- 
tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, 
majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim- 
tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini 
hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda 
bo'lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan 
tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga 
ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal 
to'lovini o'z vaqtida to'lash;
bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy 
gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish,
525


bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan 
holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va 
xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning 
shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiyxususiyatlariga muvofiq 
rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga 
qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy 
shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka 
va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat 
maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan 
shug'ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik 
faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu 
faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining 
huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, 
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek, 
mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq 
tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog 
xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o'z 
ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: 
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini 
tatbiq etish;
526


ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni 
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 
rivojiantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida 
shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish 
orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- 
tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni 
mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini 
doimiy 
ravishda 
takomillashtirish 
hamda 
belgilangan 
muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham olishi mumkin.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin