N. M. Kayumova


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga
bolalarni qabul qilish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul 
qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul 
qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim 
muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi guruhlaridagi 
bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 
belgilangan me'yordan ortiq bo'lmasligi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili joriy 
yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida
531


tugallanadi. Ushbu davr oralig'ida sog'lomlashtirish davri 
davom ettiriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota- 
onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi 
o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik 
kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari 
hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik 
kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning 
vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining 
ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni qabul 
qilishda ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya 
dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar 
o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi 
hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan 
tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo'lish 
vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning 
huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi. 
Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega: 
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, nodavlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga 
ta'lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini 
hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda 
bo'lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan tuzilgan 
shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida 
o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim 
muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
532


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi 
va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, 
bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga 
muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tegishli 
pedagogik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat 
bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat 
bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga 
qo'yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari 
va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish 
va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Nodavlat 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
rahbari 
belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni 
va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va 
qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot 
texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo'llanmalar 
va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar 
yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining 
huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning 
ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog 
xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda 
ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog 
xodimlari quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini 
tatbiq etish;
ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni 
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
533


rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida 
shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish 
orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- 
tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni 
mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini 
doimiy 
ravishda takomillashtirish 
hamda belgilangan 
muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham olishi mumkin.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin