Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim
guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-
onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u
ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi
bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan,
lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam
davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini
1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy
tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy
tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan
bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar
ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim
muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari
kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining
talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi
qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim muassasasi
tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun
qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan
birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar
hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari
va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish
uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan
pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar
6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda
ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi
ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda
ovqatlantirish uchun pul me'yorlarixalq deputatlari kengashlari
va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan
korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil
qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: