О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar



Yüklə 98,41 Kb.
səhifə1/10
tarix22.04.2023
ölçüsü98,41 Kb.
#101540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
0016-21 СанПиН


О‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining
qarori
О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar
[О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda rо‘yxatdan о‘tkazildi, rо‘yxat raqami 30]
SanQvaN № 0016-21
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi о‘rinlarda — sanitariya qoidalari) О‘zbekiston Respublikasining «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi tо‘g‘risida»gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi va 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil30 iyundagi 407-son «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tiziminitakomillashtirishning qо‘shimcha chora-tadbirlaritо‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli bо‘lmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalari ularning turi, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur sanitariya qoidalari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga quyidagi talablarni belgilaydi:
a) barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanishning tashkillashtirilishi;
b) taomnomani tuzilishiga oid gigiyenik tavsiyalar;
v) keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarning sifati va ularni tashilishi nazorati;
g) mahsulotlarni saqlash va ishlatish muddatiga amal qilinishi nazorati;
d) oshxonalarga oid talablar;
ye) taomlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini nazorati;
j) oshxonaning sanitariya-gigiyenik holati va idishlarni tozalash va yuvilishini nazorati;
z) ovqatlanish ratsionnining sifati, tarkibi va miqdori nazorati;
3. 1 — 3 yoshdagi va 4 — 7 yoshdagi bolalarning ovqatlanishida kunlik ratsiondagi ovqatlanish normalari, mineral moddalar miqdori, shuningdek, bir porsiya ovqatning energiya quvvati va hajmi farqlanadi. Ushbu farqlanish mazkur Talablarning 1, 2, 3, 6-ilovalarida keltirilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 9 — 10,5 soat davomida tarbiyalanayotgan bolalar uchun tо‘rt martadan kam bо‘lmagan ovqatlanish tashkil etiladi. Bunda ikkinchi tushlikning kaloriyasi kunlik ratsionning 15 foizidan kam bо‘lmasligi kerak.
Fiziologik nuqtai nazardan tо‘g‘ri ovqatlanishning asosiy tartibi quyidagicha:

Nonushta

08:30 — 09:30




Ikkinchi nonushta

10:30 — 11:00




Tushlik

12:00 — 13:00




Ikkinchi tushlik

15:30 — 16:00




Kechki ovqat

18:30 — 19:00




Kechki tamaddi

20.00 — 20.30




Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom taomnoma shakllantirilishida kunlik ratsionda bolalarning asosiy oziq-ovqat moddalarga bо‘lgan ehtiyoji va yoshiga mos energiya quvvati bilan tо‘liq ta’minlanishi, ularning tarbiyalanish sharoiti va sog‘lig‘i, shuningdek, ovqatlanishning iqlimdan kelib chiqib va milliy xususiyatlari hisobga olinadi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining rо‘yxati mazkur Talablarning 11-ilovasida keltirilgan.
Bolalar ovqat ratsionini shakllantirishda mahsulotlar kun davomida tо‘g‘ri taqsimlanishi zarur. Oqsilga boy mahsulotlar yog‘ bilan berilsa, bola oshqozonida uzoq vaqt saqlanib turadi va kо‘proq miqdorda hazm qildiruvchi me’da shirasini talab qiladi, shuning uchun gо‘sht, baliq, tuxum kabi mahsulotlari bor taomlarni kunning birinchi yarmida nonushta va tushlikka berish tavsiya qilinadi. Kechki ovqatga bolalarga sutli va о‘simliklardan tayyorlangan yengil hazm bо‘ladigan taomlar berish maqsadga muvofiqdir.
Taomnoma tuzilayotganda sut, gо‘sht, sariyog‘, yorma, non, meva, sabzavot, shakar kabi biologik qiymatga ega bо‘lgan mahsulotlar har kuni kiritiladi.
Baliq, tuxum, pishloq, smetana, tvorog mahsulotlari kunlik meyorlarda oz miqdorni tashkil etganligi, shuningdek, ulardan xar kuni alohida taom tayyorlashni imkoniyati bо‘lmasligi sababli taomnomaga xar kuni kiritilmaydi, lekin ushbu mahsulotlarning belgilangan miqdori dekada (10 kun) davomida tо‘liq berilishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kunlik ovqatlanish normalari bolalarning tashkilotda bо‘lgan vaqtlarida (3-4, 9 — 10,5, 12 va 24 soat) ularning kunlik normalarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda belgilanadi. Biroq, har bir taom uchun sarflanadigan mahsulotlar miqdori taom tayyorlash retseptiga asoslanadi.
Barcha mahsulotlarning 10 kunlik xarajati tasdiqlangan kundalik normalarga aniq mos bо‘lishi kerak (hisob «Chiqitli» grafasida yuritiladi, mahsulotlarga dastlabki ishlov berishdagi chiqindisi hisoblanmaydi).
Bolalar taomnomasida sabzavotli salatlar, yangi mevalar (har kuni), uchinchi taom sifatida yangi yoki quruq mevalardan tayyorlangan kompot, kisel, sutli ichimliklar, shuningdek, bolalar uchun sutli, sabzavotli, mevali bо‘tqalar kо‘proq kiritilishi lozim. Bolaga kun davomida 2 ta sabzavotli taom va bir marta yormali taom berilishi maqsadga muvofiqdir. Har bir sabzavotlardan aralashma garnirlar tayyorlash tavsiya etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Respublika sanitariya-epidemiologiya osoishtaligi va jamoat sog‘lig‘i xizmati bilan kelishilgan namunaviy mavsumiy (kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi) taomnomalar asosida taomlar tayyorlanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida taomlarni tayyorlanishda maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangin «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomlar retsepti» tо‘plamiga qat’iy amal qilgan tartibda mahsulotlarini miqdori kiritilishi va taom tayyorlash texnologiyasini bajarilishi talab etiladi.
Qolgan barcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xam yuqoridagi namunaviy mavsumiy taomnomalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomlar retsepti» tо‘plamidan foydalanishi mumkin.
5. Taomnomalarga kiritilgan taomlarning maxsus ishlab chiqilgan texnologik kartalari bо‘lishi shart. Ushbu texnologik kartalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati oqsil, yog‘ va uglevodlarni miqdori, tayyorlangan taomni hajmi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Tayyor texnologik kartalardan foydalanish ovqatning kimyoviy tarkibini osongina hisoblab chiqilishi, kerak bо‘lganda bir taomni о‘ziga teng bо‘lgan boshqa bir taom bilan almashtirishga va bolalarning ovqatlanish sifatini kundalik nazorat qilish imkonini beradi.
Ba’zi mahsulotlar bо‘lmaganda ular boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Buning uchun mazkur Talablarning 4-ilovasiga muvofiq mahsulotlarni almashtirish jadvalidan foydalaniladi.
6. Taomni tо‘g‘ri tayyorlash va tayyor taomni hajmi normaga muvofiq chiqishi uchun mazkur Talablarning 5-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining dastlabki va issiqlik ishlovini berishda og‘irlik yо‘qotish miqdori jadvalidan foydalanilishi mumkin.
Ovqatlanishni tashkil etish uchun mas’ul xodimlar ovqatlanayotgan bolalar hisobini «Bolalarning davomatini hisobga olish jurnali»da olib borishadi.
Hamshira har kuni keyingi kun uchun taomnoma taqsimotini ertalabki soat 8:00 dan 9:00 gacha bolalar davomati yuritiladigan jurnalda qayt etilgan bolalar rо‘yxati asosida tuziladi. Ishchi xodimlar uchun alohida taomnoma tuziladi.
Ertalab soat 8:00 da hamshira guruhlardagi tarbiyalanuvchilarning haqiqiy sonini tekshiradi, buyurtmani rasmiylashtiradi va uni oshxonaga taqdim qiladi.
Nonushta vaqtida bolalar soni tuzilgan taomnomaga nisbatan ortiq bо‘lib yoki kamaygan holatlarda haqiqatdan tarqatilgan taomlar tо‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va tushlik xamda ikkinchi tushlik uchun taomlar soni kelgan bolalar soniga mos ravishda tayyorlanadi.
Keyingi ovqatlarni iste’mol qilish vaqtida (2 nonushta, tushlik, 2 tushlik, kechki ovqat) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bо‘lmagan bolalar ovqatlanish rо‘yxatidan chiqariladi va ortib qolgan mahsulotlar dalolatnoma asosida omborxonaga qaytariladi. Agar tushlikni tayyorlash uchun ajratilgan mahsulotlar bolalarni ovqatlanish texnologiyasi bо‘yicha dastlabki ishlovidan о‘tgan bо‘lsa omborxonaga kuyidagilar qaytarilmaydi:
mol, qо‘y, parranda, quyon gо‘shti va baliq, chunki ularni soat 7:30 da ishlatishdan oldin muzi eritiladi.
issiqlik ishlovidan о‘tgan sabzavotlar;
foydalanish muddati bundan buyon saqlashga imkon bermaydigan sut mahsulotlari .
Qaytarilishi mumkin bо‘lgan mahsulotlarga tuxum, tomat pastasi, qandolat mahsulotlari, sariyog‘, о‘simlik moyi, shakar, yorma, makaron, meva va tozalanmagan sabzavotlar kiradi.
7. Issiq taomlarni (shо‘rvalar, souslar, issiq ichimliklar, asosiy taomlar va garnirlar) tarqatilishidagi harorati +60 — +65°S bо‘lishi lozim. Issiq taomlarni harorati ushbu kо‘rsatkichdan pasayganda mikrofloraning intensiv о‘sishiga olib kelishi, aksincha issiq taomlarni harorati ushbu kо‘rsatkichdan yuqori bо‘lsa bolalarni og‘iz bо‘shlig‘ini kuyishiga olib kelishi mumkin.
Bolalar orasida yallig‘lanishlarni olidini olish maqsadida bollarga beriladigan salatlar va ichimliklarni harorati +15°S past bо‘lmasligi kerak.
Sut mahsulotlarini tarqatilishidagi harorati esa +15°S±2°S (xona harorati) bо‘lishi lozim, shuningdek, ularni tarqatilishidan oldin isitish uchun xona haroratida saqlash bir soat oshmasligi kerak.
8. Bolalar ovqatlanishini tо‘g‘ri tashkil qilishda guruhlardagi barcha sharoit yetarli bо‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolalarni о‘zlariga mos idish-tovoqlar bilan ta’minlanishi, stol atrofida о‘tirishiga qulay sharoit yaratilishi lozim. Taomlar о‘ta qaynoq yoki sovuq bо‘lmagan holatda bо‘lishi kerak.
9. Bolalar ovqat ratsioniga kо‘katlar (ukrop, petrushka, salat yaprog‘i, kо‘k piyoz, sarimsoq piyoz, shovul kabilar) kо‘proq kiritilishi zarur. Yangi kо‘katlar, sabzavotlar ovqatni vitaminga boyitadi hamda unga chiroyli kо‘rinish va alohida maza beradi. Ishlatishdan oldin kо‘katlar toza oqar suvda, bog‘ichidan yechilib yaxshilab yuviladi va 3 foizli sirka kislotasi yoki 10 foizli osh tuzi eritmasiga 10 daqiqa davomida solib qо‘yiladi, sо‘ngra oqar suvda qayta yuvib quritiladi.
10. Yoz kunlari bolalarning suyuqlikka bо‘lgan ehtiyoji ortadi. Ichish uchun yangi qadoqlangan yoki qaynatilgan suv, namatak damlamasi yoki hо‘l mevalardan tayyorlangan uncha shirin bо‘lmagan kompotlar berilishi mumkin. Ichimlik bolalarga sayrdan keyin, suv muolajalaridan avval taklif qilinadi. Uzoq davom etadigan ekskursiya vaqtida tо‘xtalganda ham bolalarga ma’lum bir miqdorda ichimlik berilishi kerak. Ekskursiyaga chiqilganda tarbiyachilar о‘zlari bilan qaynatilgan yoki qadoqlangan suv olishlari kerak.
Qish-bahor mavsumida quritilgan mevalar (olma, namatak, turshak) dan tayyorlangan kompotlar berilishi tavsiya etiladi.

Yüklə 98,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin