О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar


Sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlari



Yüklə 98,41 Kb.
səhifə10/10
tarix22.04.2023
ölçüsü98,41 Kb.
#101540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
0016-21 СанПиН

Sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlari
Gо‘sht. Yangi gо‘shtning rangi qizil, yorqin, yog‘i yumshoq, iligi suyakni tо‘liq tо‘ldirib turadi. Gо‘sht kesilganda tо‘qimalari zich, tarang bо‘lib, barmoq bilan bosilganda tezda о‘z holatiga qaytadi. Yangi gо‘shtning hidi ushbu hayvonning gо‘sht hidiga mos bо‘ladi.
Sovutilgan gо‘sht usti tekis va shudringga о‘xshash bо‘lib, barmoq bilan bosilganda qizil dog‘ paydo bо‘ladi. Kesilganda kul rang-pushti rangli. Yog‘i oq yoki sarg‘ish rangda. Paylari zich, oq rangli ba’zida kul rang.
Gо‘shtning kesilgan yuzasi nam (yopishqoq emas), gо‘shtdan tiniq qizil gо‘sht seli oqadi. Konsistensiyasi elastik bо‘lmaydi, barmoq bilan bosib kо‘rilganda chuqurcha hosil bо‘ladi. Hidi har bir gо‘shtning turiga xosdir. Sovutilgan gо‘shtning sifati qizdirilgan pо‘lat pichoqni gо‘shtga tiqilib, tortib olinganda pichoqda qolgan gо‘sht selining hidi orqali aniqlanadi. Gо‘shtning yangi ekanligini qopqoqli idishda qaynatilgandan sо‘ng hidini aniqlash orqali baholanadi. Bunda bulyon tiniq, yog‘ zarrachalari yaltiroq bо‘lishi kerak. Nordon va yoqimsiz hid aniqlanganda gо‘sht ishlatilmaydi.
Baliq. Yangi baliqlarning tangachalari silliq, tiniq, tanaga mahkam о‘rnashgan bо‘ladi, jabralari och qizil yoki pushti rangli, kо‘zlari bо‘rtib yaltirab turadi. Gо‘shti zich, tarang, suyaklardan qiyin ajralishi, barmoq bilan bosganda chuqurcha hosil bо‘lmaydi, agar hosil bо‘lsa, u tez va tо‘liq yо‘qoladi. Suvga tashlangan baliq gо‘shti tezda chо‘kib ketadi. Yangi baliq hidlanmagan, о‘ziga xos bо‘ladi. Sovutilgan sifatli baliqning tangachalari silliq, kо‘zlari bо‘rtiq yaltiroq, kо‘z kosasida turadi, eritilgandan keyin gо‘shtning tarangligi saqlangan, suyakdan qiyin ajraladi, baliqqa xos hidi saqlanib, begona hidlar bо‘lmaydi. Aynigan baliqning kо‘zlari ichiga kirgan, tangachalarining yaltiroqligi yо‘qolgan, tanasi xira yopishqoq shilliq bilan qoplangan, qorni shishgan, anal teshigi bо‘rtgan, jabralaridan iflos, sariq rangli, jigar rang qо‘lansa hidli suyuqlik ajraladi. Gо‘shti titilib, suyaklardan osongina ajraladi. Tana yuzasidagi yog‘larning oksidlanishi natijasida zangsimon dog‘lar paydo bо‘ladi. Ikkilamchi muzlatilgan baliqlarning tanasi xiralashadi, kо‘zlari botib ketadi, kesilgan gо‘shtning rangi о‘zgaradi. Bunday baliqni oziq-ovqat uchun ishlatish mumkin emas. Baliqning sifatini aniqlash uchun (ayniqsa muzlatilgan baliqni) pichoq qaynoq suvda qizdirilib boshning orqasidagi gо‘shti ichiga kiritiladi va hidi aniqlanadi. Bundan tashqari baliqni yoki uning jabrasini suvda pishirish orqali hidi aniqlanadi.
Sut va sut mahsulotlari. Yangi sog‘ilgan sut biroz sarg‘ish oq rangli (yog‘siz sut oq-kо‘kimtir rangda bо‘ladi), hidi va ta’mi yoqimli, biroz shirin bо‘ladi. Sifatli sutda chо‘kma, begona modda va hidlar bо‘lmasligi kerak.
Tvorog oq yoki biroz sarg‘ish rangga ega, kо‘rinishi bir xil, nozik konsistensiyali, nordon sutning ta’mi va hidiga ega, begona ta’m va hidsiz bо‘ladi. Ta’lim tashkilotlarida tvorogga faqat termik ishlov berilgandan sо‘ng ishlatiladi.
Smetana quyuq, bir xil konsistensiyali, oqsil va yog‘ zarrachalarisiz, oq yoki oq-sariq rangli, о‘ziga xos ta’m va hidga ega, sezilarsiz nordon bо‘ladi.Smetana faqat termik ishlov berilgandan keyin ishlatiladi.
Sariyog‘ning rangi oq yoki oq-sariq bir tekis, ta’mi va hidi о‘ziga xos, begona qо‘shimchalarsiz bо‘ladi. Yog‘ tarqatilishidan oldin oksidlanish mahsulotlari bо‘lgan sariq chetidan tozalanadi, tozalangan yog‘ning bu qatlami ishlatilmaydi.
Tuxum. Ta’lim tashkilotlarida faqat 1-kategoriyali og‘irligi 55 gramdan kam bо‘lmagan tovuq tuxumidan foydalanishga ruxsat etiladi. Bedana tuxumi ham berilishi mumkin. Tuxumning yangi ekanligi ularni ovoskop orqali yoritish yoki kartondan yasalgan truba yordamida aniqlanadi. Tuxumni tuzli eritmaga (1 l suv uchun 20 gr tuz) botirib kо‘rish usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda tuzli eritmadagi yangi tuxum chо‘kadi, qurigan, uzoq vaqt saqlangan tuxumlar tuzli eritma yuzasiga chiqadi.
Yüklə 98,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin