N. M. Kayumova


Ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta'lim



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta'lim
tizimini boshqarish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim 
sohasidagi vakolatlari.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim 
sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik 
qilish;
ta'limni rivojlantirish dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish;
ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va 
tugatish tartibini belgilash;
622


ta'lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy 
kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini belgilash;
boshqa davlatning ta'lim muassasalariga O'zbekiston 
Respublikasining hududida ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish 
huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim 
to'g'risidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent 
ekanligini qayd etish tartibini belgilash; 
davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash; 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot 
to'g'risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini 
belgilash;
davlat grantlari miqdorini va ta'lim muassasalariga qabul 
qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta'lim muassasasining rektorlarini tayinlash; 
ta'lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta'lim 
muassasasidan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlarining 
huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish; 
ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub 
masalalarida ularga rahbarlik qilish;
davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi 
vakasbtayyorgarligigabo'Igantalablarbajarilishinita'minlash;
o'qitishning 
ilg'or 
shakllari 
va 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o'quv 
jarayoniga joriy etish;
o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr 
etishni tashkil qilish;
ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat 
ta'lim muassasalarida eksternat to'g'risidagi nizomlarni 
tasdiqlash;
623


davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash 
to'g'risidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini 
oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta'lim muassasasini boshqarish.
Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat 
ko'rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi 
mumkin.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin