N. M. Kayumova


BILIMLAR, KO'NIKMA, MALAKALAR DASTURINING



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

BILIMLAR, KO'NIKMA, MALAKALAR DASTURINING
YARATILISH TARIXI
Ma’lumki, bilimlar, ko'nikma/malakalar dastur ini tanlash 
va tuzish prinsiplari deganda ta'lim dasturini ishlab chiqishda 
didaktika amal qiladigan asosiy qoidalar, nazariy asoslar tu- 
shuniladi.
Shaxsning o'tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tari- 
xiy tajribalarni o'zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlani­
shi haqida ta'limot maktabgacha ta'lim didaktikasida ta'lim 
mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqishning 
metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta'lim va 
tarbiya olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror 
topishi barcha yosh davrlaridagi bolalarga mo'ljallangan bi­
limlar mazmunini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishni dol- 
zarb muammo qilib qo'ydi.
Mazkur 
muammoni 
ishlab 
chiqishda 
L.S.Vigotskiy,


L. S. Rubinshteyn, V.V. Davidov, LYa.Lerner, L.V.Zankov, A.RUsova, 
A.M.Leushina va boshqa pedagog va psixologlar katta hissa 
qo'shdilar.
XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta'lim di- 
daktikasida bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va 
tuzish prinsiplari haqidagi masalalar bahsli masala bo'lib kel- 
gan.
Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar 
mavjud bo'lib:
- Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning 
turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb 
hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi 
va bog'liqligi bo'lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega 
bo'lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargi- 
na tushunarli, dasturi yorqin, biron o'zaro bog'lanmagan tas- 
virlar ro'yxatidan iborat bo'lmog'i lozim deb ta'kidladilar. Bi- 
roq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, 
obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi 
qo'yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, haj­
mi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi 
faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi. Bu dastur maz­
muni va mohiyatini olib bera olmagan.
- Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning 
"Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga 
qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini o'zlashtirishga qodir"
- degan fikrga tayanib, maktabgacha ta'lim dasturi maktab­
gacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va 
ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan 
maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari 
surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash 
va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.
Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:
- Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan 
ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), 
hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;
85


- Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.
Bilimlar dasturini ishlab chiqishdaYe.I.Tixeeva vaA.P.Usova-
lar katta hissa qo'shdilar.
Ye.I.Tixeeva - bolalar bog'chasi uchun bilimlar dasturini 
ishlab chiqdi. Unda ijtimoiy hodisalar, tabiat va uning obyekt- 
lari va voqealar bilimlarni kiritdi. U bilimlar mazmunini tizim- 
lashtirib, tarqoq obyektlarning o'xshashligiga ko'ra guruhlar­
ga birlashtirish zarur degan g'oyani ilgari surdi (uy hay vonlari, 
hashoratlar, transport va boshqalar).
A.P.Usova - bilimlar dasturi o'z ichiga ilmiy bilimlarni ol­
ish kerak degan g'oyani ilgari surdi. Mazmunli, ilmiy bilimlar 
tushunchalar zamirida yotadi. Bu tushunchalarni o'zlashtirish, 
o'zlashtirganda ham qaysilarini o'zlashtirish muhimligi ma- 
salasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd'yakovlar o'z asarlari orqa­
li yoritib bordilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar agar 
buyumlar ko'rgazmasi namoyish etilsa, ilmiy bilimlarga xos 
bo'lgan fanlararo muhim aloqani o'rnata olishga qodir ekan- 
liklarini isbotlab berdilar. Bu ilmiy qoidadan (A.M.Musina, 
K.P.Nazarenko, V.I.Loginova, P.G.Samorukova, I.A.Xaydurova 
va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida foydalanadilar).
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib bo- 
rilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, mala­
kalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi.
Bilimlar dasturini tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
- Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot bilan aloqa- 
dorligi prinsipi;
- Bilimlarning ilmiylik prinsipi;
- Bilimlarning tizimlilik pritsipi;
- Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalishi 
prinsipi;
- Bilimlar ko'nikmalar mazmunida har tomonlamalik, 
uyg'unlik prinsipi;
- Tushunarlilik prinsipi.
1. 
Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot biron alo- 
qadorligi prinsipida - maktabgacha ta'lim muassasasiga
86


mo'ljallangan bilimlar, ko'nikma, malakalarni dastur uchun 
tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy prinsipdir. 
Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga 
erishishni, uning dunyoqarashini maishiy ehtiyojlar doirasida 
cheklayotgan, tengdoshlaridan orqaga surayotgan to'siqlarni 
bartaraf etish talab qilinadi. Hayot bilan aloqadorlik:
- Bu uni ijtimoiy jihatdan juda ahamiyatga molik va g'oyaviy 
ko'tarinkilik ruhida ko'rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyo- 
siga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) olib kiradi. Hayot, amali- 
yot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko'nikmalar doirasi- 
ni kiritishni taqozo qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallashi mumkin bo'lgan 
ko'nikmalar:
- Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o'zlashtirildi
- Turli faoliyatlarda o'zlashtiriladigan ko'nikmalar (o'yin, 
mehnat, mustaqil shug'ullanish, o'zaro munosabatlar)
Bu prinsip - maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy 
yaqin istiqboli sifatidagi bilimlar, ko'nikmalarning bolalarni 
maktab ta'limiga tayyorlashga oid yo'nalishni talab etadi.
II. Bilimlarning ilmiylik prinsipi - ilmiy bilimlar, qonuniyat- 
lar, nazariya ilmiy bilimlarning o'quv faoliyatidagi o'rnini yo- 
ritib beradi. Bu ikki yo'nalishda voqelikni qanday ko'rsa, shun­
day ko'rsatishni, ya'ni dastur ishonarli dalil, hodisalarni kiri­
tishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o'zaro 
aloqa yorqin ko'rinishlarda talab qilib, bilish dialektikasi ho- 
latlariga mos keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish 
qaror topgan umumiy qarashlarga, tushunchalar mazmuniga 
muvofiq kelishi, voqelikning juda muhim ko'rinishlarini aniq- 
lab berishi lozim.
Ilmiylik prinsipi - mehnat faoliyatining mazmun-mohiyati, 
tabiat haqidagi bilimlarni tanlashda muhim hisoblanadi.
III. Bilimlarning tizimiylik prinsipi - bu ilmiylik prinsipi bi­
lan uzviy bog'liqdir. U bilimlar tuzilishini, tabiatini belgilaydi. 
Ilmiy bilimlar tabiatiga ko'ra muayyan ko'rinishga ega bo'lib, 
bu bilimlar mazmuni bilan bog'liqdir. Tizimlilikda buyumlar
87


yoki hodisalarni biror-bir o'ziga xos yoki muhim xususiyat- 
lariga ko'ra birlashtirish, guruhlashtirish, turkumlashni bildi- 
radi. Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish obyektini boshqa 
obyektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tatbiq etadi. Bu ja­
rayon mantiqiy ketma-ketlik asosida ish olib borishga o'rgatadi 
va ko'p bosqichli bog'lanishiga ega bo'lgan elementlar, tizimlar 
orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni egallash 
uzviyligini, uzluksizligini ta'minlashni amalga oshiradi.
IV. 
Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalish 
prinsipi - ushbu prinsip dasturga voqelikka munosabatini 
shakllantiradigan ko'nikmalar tizimini (bilimga, mehnatga 
oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi.
Voqelikka to'g'ri ongli munosabatda bo'lish, biror-bir ish ha­
rakat va hodisalarning mohiyatini tushunish, faqatgina atrof- 
muhit haqidagi bilimlar asosida rivojlanadi. (V.V.Davidov, 
N.N.Podd'yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova, I.A.Xaydurova va 
boshqalar).
Bilimlarning tarbiyalovchilik yo'nalishi ularning maqsad­
ga muvofiq tanlanishi, jamiyatimizning milliy istiqlol g'oya- 
larining aniq mazmuni va asoslarida yoritilishi ularning mo­
hiyatini aniqlashtirilishi, bolalarga tushunarli tarzda yetkazi- 
lishida namoyon bo'ladi. Bunday ta'limlar bolada dunyoni tus- 
hunish asoslarini shakli anti rgan holda uni jamiyat hayotiga 
olib kiradi, kattalarning mehnat ehtiyojlariga, ularning muno- 
sabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa bolalarda mehnat buyum- 
lariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to'g'ri munosabatni 
shakllantiradi.
Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq, bo­
lalarning mafkuraviy yo'nalganligini ta'minlaydi, ular fe'l-at- 
vorida namoyon bo'ladigan axloqiy ongni shakliantirishga im- 
kon yaratadi.
Tizimli bilimlar bolaning bilish faoliyatini rivojlanishini 
ta'minlaydi, ular asosida bola yaxlit obyektni idrok etishdan, 
uning xususiyatlarini anglashga erishadi. Bunda bolaning sen­
sor ko'nikmalari rivojlanadi. Bolada o'zaro munosabatlarni


anglab yetish pjtimoiy-hissiy], bilish jarayoni nutqiy rivojla­
nish, qiyoslash, solishtirish oddiy tafakkur operatsiyalari, 
mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.
V. Bilimlar, ko'nikmalar mazmunida har tomonlama- 
lik, uyg'unlik prinsipi - dastur mazmuniga egallanishi lozim 
bo'lgan bilimlarni xilma-xil ko'rinishlariga oid ko'nikma va 
malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo'yiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin