* 2 )
kelgusida
sport
bilan''''
shug’ullanish
uchun
asos
bo‘lib
xizmat
qiladigan
hayotiy
zarur
harakatlar,
malaka
va
ko‘mkmalarini
, shakllantirish
i
(
~
3) shaxsiy va ijtimoiy gigiyena
ko'nikmalarini singdirish
V_____________________________
J
1) jismoniy masbqlar bilan
shug’ullanish
va
madaniy-
gigiyenik
ko‘nikmalami
o'zlashtirish
bilan
bog’liq
dastlabki
bilimlarni
shakllantirish
140
Jismoniy mashqlar bolalarning to'laqonli aqliy, axloqiy, es
tetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma'naviy-
irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat'iyat va boshqalarni]
rivojlantiradi.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari
Rejim (kun tartibi]. Bolalar hayotining rejimi (tartibi] - bu
bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining
har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib
turishidir. Tartib rivojlanish uchun qulay sharoit ta'minlashi
kerak, shuning uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kat
talar mehnatining xususiyatlari, bola tarbiyalanayotgan oila
turmushi va muassasaga bog'liq tarzda o'zgaradi.
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir
maromda va doimiy bo'lishi uning ajralmas xususiyatlaridir.
Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi,
organizm faoliyatining maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish
va uxlashning, tana haroratining o'zgarishi, nafas olish, yurak
urishining qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining
ish maromida namoyon bo'ladi va hokazo.
Oqilona tartib: 1} bedor yurish va uxlashning eng maqbul
nisbati asosida quriladi, bu vaqtda boshmiya qobig'i uchastka-
lari o'rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot
qayta ishlanadi; 2} aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat
hazm qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu
bilan birga uning xulq-atvorida namoyon bo'ladi.
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif
bo'lgan bolalar ko'proq uxlashlari kerak.
4. Harakatga bo'lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzda-
gi harakat miqdori 3 yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni,
7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil qiladi.
141
5.Yil fasli, iqlim sharoitlarini, bolalarni uyqusini tashkil
etishni hisobga olish lozim.
Gigiyenik sharoitlar. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya
davlatning ona va bola to'g'risidagi g'amxo'rligiga, mehnat-
kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib borishi,
moddiy farovonligining o'sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to'g'ri rivojlanishi uchun gigiyenik sha-
roit (bino, maydoncha, jihozlar, kiyim - bosh, poyabzal) yara
tish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilo-
na ovqatlanish, harakatlarni rivojiantirish va organizmni chi
niqtirish tadbirlarini o'z ichiga oladi) albatta, bo'lishi zarur.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaru
riy profilaktik va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi.
Bog'chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh
xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan
nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug', quruq
va issiq, derazalari janubi - sharqqa qaragan bo'lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo'lib, har bir bolaga
bino sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to'g'ri ke
lishi; xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo'ladigan, yoqimli,
yumshoq rangda bo'lishi kerak. Guruhda tartib bo'lishiga rioya
qilish zarur. Xonada yorug'likni to'sadigan og'ir va qalin par-
dalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha narsalar
bo'lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta'lim - tarbiya talabiga, bo
lalarning bo'yi va gavda tuzilishiga mos bo'lishi va maktabga
cha ta'lim vazirligi tomonidan qo'yilgan maxsus normaga ja
vob berishi lozim.
Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzi-
lishi, sodda hamda oson yuviladigan bo'lishi kerak. Stollar
yorug'lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim.
O'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga ja
vob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko'rinishi silliq
bo'lishi kerak.
Tarbiyachi o'z guruhining gigiyenik sharoiti uchun javob-
gardir. Xonani bolalar sayrga, musiqa mashg'ulotiga chiqib
142
ketgandan keyin shamollatish, deraza fortochkalari esa yil
fasllaridan qat'iy nazar doimo ochiq bo'lishi kerak.
Bog'cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bi
lan ajratilgan alohida maydoncha bo'lishi kerak. Maydonchada
bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy (tekis may
doncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o'ynaladigan
o'yinlar uchun joy, ijodiy o'yinlar va turli o'yinchoqlar bilan
o'ynaladigan o'yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada ha-
rakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun
devorchalar (uch, to'rt va olti burchakli), muvozanat saqlash
mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari
uchun kerakli jihozlar bo'lishi kerak. Bularning hammasi bo
lalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli
bo'lishi zarur. Bog'cha maydonchasida bolalarning velosipedda
yurishlari uchun yo'laklar bo'lishi kerak.
Yomg'ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar
bo'ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo'lishi zarur.
Bog'cha maydonchasi skameykalar, o'ynash uchun zarur
bo'lgan o'yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot
maketlari, narvonchalar bilan jihozlangan bo'ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo'lchalar, qor
inshootlari qurish lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tush-
ki ovqat va kechki ovqat] osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bo
la stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmi-
da ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-
sharoit hosil bo'ladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni,
madaniy-gigiyenik malakalarni, stol atrofida o'zini to'g'ri tutib
o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhi-
mi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha
bo'Iishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Ba'zi bolalar
keragidan ortiq, ba'zilari keragidan kam ovqat yeyishlari mum
kin. Shuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga
qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga
majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan ol-
143
adigan lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyin-
lashtiradi, ba'zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mum-
kin. Bolaning to'g'ri ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning
jismoniy jihatdan uyg'un rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyish-
ga o'rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijo
biy munosabatni uyg'otishga yordam beradi. Ikkinchi yosh-
ning boshidan qoshiqdan foydalanishga o'rgatish, to'rtinchi
yoshdan sanchqidan, beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish
malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan tashqari, bo
lalarda ovqat yeyishdan oldin qo'lini yuvish, tartibli yeb-ichish,
chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydala
nish, to'g'ri o'tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan
keyin og'izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik malakalar ham
tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish
yaramaydi. Bu bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo'g'adi.
Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini tort-
masligi lozim. Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbi
yachi yoki enaga yordam beradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog'liq bo'lgan madaniy-gigi-
yenik malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna
ko'rsatishni talab etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qan
day bajarayotganliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, kat
ta va tayyorlov yoshidagi bolalarda esa uning ahamiyatini, ba-
jarish usulini ongli egallab olishlariga erishishi lozim.
Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu
muhim ahamiyatga egadir. Uyqu miya katta yarimsharlarining
normal ishlashi uchun zarur bo'lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistema-
sining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vosita-
dir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to'ymasa nerv sistema-
si faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez
qo'zg'aluvchi bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bo
lalarning' uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta'minlay
144
olmaydi. Shunda bunday bolalar kichkinagina, arzimagan shar-
padan ham uyg'onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon uxlasa,
uning axloq normasi, o'zaro munosabati, muomalasi shuncha
yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz. Yax
shi uyqu bolaning sog'lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos
bo'lgan sutkalik rejimni hayotining' birinchi kunidan boshlab
to'g'ri tashkil etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi uchun kerak
li shart-sharoit yaratish, uyg'oqlik vaqtida faollashtiruvchi har
xil harakatlarni tashkil etish kerak.
Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri hayotining
birinchi oyidan boshlab uni toza havoda uxlatishdir. Kislorodga
to'ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining tiklani-
shiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini yax-
shilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yosh-
gacha bo'lgan bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish ni-
hoyatda zarurdir.
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo'lib uyg'onadi va
hafsala bilan kiyina boshlaydi.
Bolalar kiyimi. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan, oq gazlama-
dan, qishki kiyim to'q rangli materialdan tikilishi lozim. Bo
lalarning kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil, qulay, qis-
maydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan
tikilishi kerak.
Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1, - 1,5 sm
bo'lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan bolalarga qishda binoning
ichida, yozda maydonchada yalangoyoq, yurishga ruxsat be
rish kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini
yo'qotadi, bola organizmini chiniqtiradi.
Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo'lishlari ular
ning sog'ligiga va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy
ta'sir ko'rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo'lishi natijasida qon
kislorodga to'yadi, temperaturaning o'zgarib turishi, havoning
namligi, shamol ta'siri termoregulyatsion apparatni mashq
145
qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, ha
rakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.
O'tkaziladigan sayrning tashkiliy jihatlari, mazmuni va
metodikasini tarbiyachilar puxta o'ylashlari lozim. Sayrga
yig'ilish ko'p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni bir tar
tibda kiyinish va yechinishga o'rgatish kerak. Sayr rejasiga
atrof hayotni kuzatish, sport mashg'ulotlari, mehnat faoliya
ti, o'yinlar kiradi. Bolalarning turli faoliyatlarini tashkil etish
uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga javob beradigan
qilib jihozlangan bo'lishi kerak. Har bir guruh maydonchasida
turli o'yinlar o'tkazish uchun qurilish materiallari, qum, suv,
turli o'yinchoqlar, sirpanish uchun tepaliklar, muz maydoncha-
si, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun mosla-
malar o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Velosiped uchish uchun yo'l bo'lishi kerak. Bolalar 3 -4 soat
ochiq havoda vaqt o'tkazishlari lozim. Faqat qattiq yomg'irda,
kuchli shamolda, sovuq - 25° dan oshganda sayrga chiqish ke
rak emas.
Harakatli o'yinlarni o'tkazish muddati mashg'ulotning maz-
muniga bog'liq. Hatto 15-20 daqiqalik sayrlar ham yaxshi his
siy, jismoniy madad beradi. Tarbiyachi bolalarning bir vaziyat-
da turib qolmasliklariga e'tibor berib turishi lozim. Harakat
li o'yinlarni tinchroq o'yinlar bilan almashtirib turish kerak.
Kichik guruh bolalari bilan haftasiga bir marta, katta guruh
bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya uyushtiriladi. Bun
da bolalar kattalarning mehnatini, kishilarning hayotini ku-
zatadilar.
Chiniqtirish. Chiniqtirish deganda organizmning atrof-
muhitdagi turli tabiiy ta'sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri
darajasining o'zgarishi)ga eng ko'p chidamliligi, moslashishini
tarbiyalash tushuniladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o'zgarishlariga tez ta'sir
bildirishgina tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglabin
miqdori oshadi, ularning immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar
146
turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularni organizmlari
kasalliklarni tezda yengadi.
Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashq-
lar, bolaning xilma-xil faoliyati bilan bog'liq holda olib borish
chiniqtirish uchun ham, organizmni mustahkamlash uchun
ham yaxshi natija beradi.
Madaniy-gigiyenik ko'nikmalar va odatlarni tarbiyalash.
Madaniy-gigiyenik ko'nikmalarga badanni ozoda tutishga,
to'g'ri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga rioya
qilish va bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o'zaro
madaniy munosabatlariga doir ko'nikmalar kiradi.
Madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirishda quyidagi
shartlarga e'tibor qaratish zarur:
1.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada harakatlar va
topshiriqlarni bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, ji-
hozlar) yaratish.
2 .0 ‘zlashtirilayotgan
madaniy-gigiyenik
ko'nikmalarni
qat'iy belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o'rgatish.
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
4. Bolalarning madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni o'zlash-
tirishlarini nazorat qilib borish.
147
5.
Bolalarning kattalarning barcha gigiyenik va madaniy ta
lablarini so'zsiz bajarishga o'rgatish.
Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy
mashqlar - jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan
maxsus harakatlar, harakat faoliyatining murakkab turlari-
dir. Jismoniy mashqlar organizmga ko'p qirrali fiziologik ta'sir
ko'rsatadi. U modda almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini
faollashtiradi, suyaklarning o'sishiga yordam beradi,
Massaj. Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika
turlaridan biri - massaj (uqalash) qo'llaniladi. Uqalash ta’sirida
qon tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek ter va muskul-
larning oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chikishi ko'payadi,
muskullarning charchashi yo'qoladi.
Bolalar bog'chasi kun tartibida xilma-xil o'yinlarga alohida
o'rin beriladi. Vaqtdan to'laqonli foydalanish uchun tarbiyachi
o'yinchoqlar va qo'llanmalarni oldindan tanlab qo'yishi, bo
lalarni bajarish ko'nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng im-
koniyatlar beradi. Sayr chog'ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar ku-
zatiladi, bolalarning mehnat va o'yin faoliyati, sport mashqlari
uyushtiriladi.
3
yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning ovqatlani-
shi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida butun ovqatlanish-
ni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabat-
ni yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-
4 soat oralig'ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi
ko'rinishga ega bo'lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun
zarur bo'lgan hamma narsa oldindan tayyorlab qo'yiladi, chun
ki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo'zg'atadi. Stol-
ni enaganing o'zi bezaydi, o'rta guruhdan boshlab esa bu ishda
navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tarti
bi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan pux-
ta o'ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Nor
mal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta ahami
yatga ega.
148
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda madaniy-gigiyenik
ko'nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomi-
da madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirish yuzasi
dan katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivoj-
lantirishdagi fikrlashdagi ro'y bergan katta siljishlar bolalar
ning o'ziga-o'zi xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot
davrida zarur bo'lgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun
imkon beradi.
4 yoshga qadam qo'ygan bolalar qo'llarini to'g'ri yuvishni
(qo'llarni bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tash-
lash va har bir barmoqni artish]ni, tish yuvishni (dastlab oddiy
xo‘1 cho'tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan], ovqat
dan keyin og'izni chayqashni, dastro'molchadan foydalanish-
ni, stol atrofida o'zini madaniy tutish qoidalariga rioya etish-
ni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni to'kmaslikni]
bilishi kerak. Bolalar o'yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan muno
sabatda boTishni, ozodalik va tartib saqlashni o'rganadilar.
5 yoshga qadam qo'ygan bolalar ancha mustaqil bo'lib qo-
ladilar, ular endi sovun bilan yuzlarini, bo'yinlarini, quloqla-
rini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir
harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi
ko'rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar,
6-7 yoshli bolalar o'ziga o'zi xizmat ko'rsatishga doir barcha
harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez,
toza, kiyimlarini, polni ho'l qilmasdan yuvina olishlari, puxta
va tez kiyina olishlari, o'z tashqi ko'rinishlarini kuzatib borish-
lari kerak. Ovqatlanish ko'nikmalariga katta talablar qo'yiladi:
bolalar sanchqi, pichoqdan to'g'ri foydalanadilar, tartibli ovqat
yeydilar. O'yin burchaklarini yig'ishtirish, navbatchilik turlari
majburiyatlari va ko'nikmalari doirasi kengayadi, navbatchi-
larning vazifalari murakkablashadi.
Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni muntazam mustahkam-
lab borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o'zgarishi, mala
kalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga e'tiborning
yo'qligi ularning tezda yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
149
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun jismoniy
mashqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borish-
da jismoniy mashqlar katta o'rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshga
cha bo'lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil
ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xil
ma-xil harakatli o'yinlarni o'ynashni o'rgangan bo'Iishlari ke
rak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan
foydalangandagina bajarilishi mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni baja-
radilar: ertalab gigiyenik gimnastika shaklida; haftasiga ik
ki marta jismoniy tarbiya mashg'ulotlari tarzida bajaradi-
lar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi
mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli o'yinlar kiradi. O'rta va
katta yoshdagi bolalar bilan o'tirib bajariladigan mashqlardan
jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg'ulotlar orasida jismoniy
tarbiya tanaffuslari o'tkaziladi. Sayr chog'ida sport mashqlari,
harakatli o'yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari
bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar,
qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar baja-
rilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo'shib o'tkaziladi. Sayr
chog'ida va xonada bolalarning turli qo'llanmalar va motorli
o'yinchoqlar bilan mustaqil o'yinlari uyushtiriladi.
Maktabgacha taTim bolalar muassasalarida jismoniy tarbi
yaning quyidagi o'ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) ha
rakatli o'yinlar o'tkazilib, ularga eng ko'p o'rin beriladi; 2}
asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi
va saf tortish mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish,
chang'ida yurish, suzish, velosipedda uchish); 4) bolalar turiz-
mi.
Ko'rsatilgan vositalardan uyg'un birlikda foydalanish har
tomonlama jismoniy rivojlanishni ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |