91
Q
TFC
AFC
bu yerda: AFC – o‗rtacha doimiy xarajatlar;
TFC – doimiy xarajatlar summasi.
O‗rtacha o‗zgaruvchi xarajatlar
o‗zgaruvchi xarajatlarni ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Q
TVC
AVC
bu yerda: AVC – o‗rtacha o‗zgaruvchi xarajatlar;
TVC – o‗zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shuningdek,
o‗rtacha umumiy xarajatlarni
o‗rtacha doimiy va
o‗rtacha o‗zgaruvchi xarajatlarning yig‗indisi
sifatida ham ifodalash
mumkin:
AC = AFC + AVC.
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab
chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur.
Bunda iqtisodiy tahlil
vositasi bo‗lib so‗nggi qo‗shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi.
Avvalo
so‗nggi qo‗shilgan xarajat deb,
mahsulotning navbatdagi
birligini ishlab chiqarish bilan bog‗liq
qo‗shimcha xarajatlarga
aytiladi:
Q
TC
MC
bu yerda: MS – so‗nggi qo‗shilgan xarajat;
∆TS – umumiy xarajatlarning o‗zgarishi;
∆Q - mahsulot miqdorining o‗zgarishi.
Qo‗shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‗shilgan
mahsulot
birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning qo‗shilgan
birligini ishlab chiqarishga to‗g‗ri keladigan xarajatlar
o‗rtacha
qo‗shilgan xarajatlar
deyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat
qilingandan pirovard natija olinguncha o‗tgan davr sezilarli ta‘sir
92
ko‗rsatadi. Shu sababli
vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish
xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: