83
yuritgichning yuklanishi 70% dan ortiq bo‘lsa uni kam quvvatligi bilan
almashtirish zarur emas. Yuritgichning yuklanishi 45% dan 75% oralig‘ida
bo‘lganda uni almashtirish masalasi texnik-iqsodiy ko‘rsatgichlarni tahlili
asosida hal qilinishi kerak.
Agar kam yuklangan asinxron yuritgichni
almashtirish imkoniyati
bo‘lmasa, uni kirish qismidagi kuchlanishni kamaytirish imkoniyatini
qidirish kerak. Ma’lumki, yuritgichning kirishidagi kuchlanish joiz
miqdorgacha pasaytirilsa magnitlanish tokining kamayish hisobiga
iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat ozoyadi va nobudgarchilik kamayib,
F.I.K. ortadi. Ekspluatatsiya jarayonida
kam yuklamali asinron
yuritgichlarni kuchlanishini kamaytirish uchun quyidagi usullar ishlatiladi:
1. Stator chulg‘amlarini uchburchakdan yulduz sxemasiga o‘tkazish;
2. Stator chulg‘amlarini seksiyalash;
3. Pasaytiruvchi
transformator
chulg‘amlarining
shahobchalarini
almashtirib kuchlanishni miqdorini kamaytirish.
Ko‘p texnologik jarayonlarda asinxron yuritgichlarning salt ishlashi
butun ish vaqtining 50-65% tashkil etadi. Salt ish rejimida yuritgich
foydali ish bajarmasdan katta miqdorda reaktiv quvvat iste’mol qiladi.
Agar yuritgichning nominal quvvat koeffitsienti
cos
n
=0,91
0,93 atrofida
bo‘lsa, salt ish rejimida iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat nominal
rejimdagiga nisbatan 50% tashkil etadi.
Shuning uchun bunday rejim
vaqtida iste’molchini tarmoqdan uzib qo‘yish reaktiv quvvat iste’molini
kamaytiradi.
Ayrim hollarda kam yuklangan transformatorlarni tarmoqdan uzib
qo‘yish yoki 30% gacha yuklama bilan ishlayotgan transformatorlarni kam
quvvatligi bilan almashtirish reaktiv quvvat iste’molini sezilarli darajada
kamayishiga olib keladi.
Umuman
olganda,
korxonalarda
texnologik
jarayonlarni
84
avtomatlashtiruvchi tizimlarni ishlatilishi elektr qurilmalarining energetik
rejimlarini yaxshilaydi va reaktiv quvvat iste’molini kamaytiradi.
Sanoat korxonalarida o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga
aylantiruvchi katta quvvatli ventil to‘g‘rilagichlar keng ishlatiladi. Bunday
qurilmalar reaktiv quvvat iste’molchilar bo‘lib,
ularda kuchlanish bilan
tokning asosiy garmonikalari orasidagi
1
ning taxminiy qiymati
quyidagicha aniqlanadi:
f
U
U
T
TO
1
arccos
Bu yerda, U
t
- to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati;
U
to
- salt ish rejimidagi to‘g‘rilangan kuchlanish.
Ushbu munosabatdan ko‘rib turibdiki, to‘g‘rilangan kuchlanishni
qanchalik
keng diapazonda boshqarilsa, shunchalik ko‘p reaktiv quvvat
talab qilinadi. Reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish usullaridan biri bu
ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan to‘g‘rilagich ko‘prik sxemalarini ketma-ket
ulab, ularni navbatma-navbat boshqarishdan iborat. Albatta, bunday
sxemalar ancha
murakkab va qimmat hisoblanadi, shuning uchun ularni
katta quvvatli elektr yuritmalarda ishlatish tavsiya etiladi.