O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

 
 


89 
5.2-jadval
Seriya, nominal kuchlanish 
va aylanish chastotasi 
Har-xil 

uchun

ning miqdori 
0,9 
0,8 
0,7 
SDN, 6 va 10 kV, barcha 
aylanish chastotasi uchun 
1,21 
1,27 
1,33 
STD, 6 va 10 kV, 3000 
aylanish/min. 
1,15 
1,24 
1,32 
Sinxron 
kompensator 
(S.K.) salt ish 
rejimida 
ishlovchi S.YU. 
bo‘lib, 
o‘qida 
mexanik 
yuklama 
bo‘lmaydi va u 
faqat reaktiv quvvat ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Shuning uchun S.K. 
ning konstruksiyasi S.YU. ga nisbatan engil qilib tayyorlanadi. Hozirgi 
kunda ishlab chiqarilayotgan S.K. larning quvvatlari 5000 kVAr dan ortiq. 
Sanoat korxonalarining elektr tarmoqlarida S.K. lar katta quvvatli elektr 
iste’molchilarga (elektr yoy pechlari; prokatlash qurilmalari va sh.u) 
berilayotgan elektr energiyasining kuchlanish bo‘yicha sifatini yaxshilash 
uchun ishlatiladi. 
S.K. afzalliklari quyidagilardan iborat: ishlab chiqariladigan reaktiv 
quvvat miqdorini avtomatik ravishda tekis boshqarish imkoniyati mavjudli 
tufayli sistema ish rejimining turg‘unligini oshirish va tarmoqning rejim 
parametrlarini yaxshilash mumkin; qisqa tutashuv jarayonlarida hosil 
6.3-rasm. kompensatsiya 
qurilmalari 


90 
bo‘ladigan termik va elektrodinamik ta’sirlarga chidamlilik; ta’mirlash 
ishlarini bajarish natijasida shikastlangan S.K. qaytadan tiklash imkoniyati 
mavjudligi. S.K. larning kamchiliklari: ekspluatatsiyaning murakkabligi va 
qurilmaning qiymatligi; ishlash jarayonida katta shavkinning mavjudligi; 
aktiv quvvat nobudgarchiligining kattaligi (0,011 - 0,03 kVt/kVAr).
Kichik quvvatli S.K. nisbatan qimmat bo‘lib, aktiv nisbiy 
nobudgarchiligining miqdori katta hisoblanadi, shuning uchun ularni katta 
quvvatli qilib ishlab chiqariladi va yirik podstansiyalarda ishlatishni 
tavsiya etiladi.
Keskin o‘zgaruvchan va zarbdor yuklamali 6-10 kVli elektr 
tarmoqlarida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun maxsus tez 
ishlaydigan reaktiv quvvat manbalari qo‘llaniladi. Bunday yuklamali 
tarmoqlarda kuchlanish tebranishi yuqori hisoblanadi, iste’molchilar 
nochiziqli 
elementlar 
turkumidan 
bo‘lganligi 
uchun 
tok 
va 
kuchlanishlarning tarkiblarida yuqori garmonikalar sodir bo‘ladi. 
Shulardan kelib chiqqan holda kompensatsiyalovchi qurilmalardan ishlab 
chiqarayotgan reaktiv quvvatning miqdorini tez o‘zgartira olishni: 
-reaktiv quvvat o‘zgarish diapazonini kengligini ta’minlashni; 
-reaktiv quvvatni boshqarish va iste’mol qilish mumkinligini;
-manba kuchlanishi formasi buzilishini kamaytira olishni talab 
qilinadi.
Statik kompensatsiyalovchi qurilmaning asosiy elementlari sifatida 
kondensatorlar, boshqariluvchi induktivliklar (drossellar) va tiristorli 
ventillar ishlatiladi. Bunday kompensatorlarning asosiy avfzalligi - tezkor 
ishlay olishi, yuqori darajadagi o‘ta yuklanishlarga chidamliligi va kam 
aktiv quvvat sarflanishidir. Kamchiligi esa, qo‘shimcha boshqariluvchi 
drosselni zarurligi va chuqur boshqaruvlarda yuqori garmonikalarning 
hosil bo‘lishidir.


91 
Statik kompensatsiyalash qurilmasining sxemalari ikki qismdan 
iborat: kuchlanish tebranishini kompensatsiyalovchi boshqariluvchi 
induktivlik elementi L,R va boshqarilmaydigan qism - kondensator 
batareyalari va yuqori garmoniklar uchun filtrlar (ushbu rasmda). 
Induktivlikning rostlash tiristorlar guruhi U.C. orqali bajariladi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin