O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Kompensatsiyalanuvchi reaktiv quvvatning miqdorini aniqlash



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Kompensatsiyalanuvchi reaktiv quvvatning miqdorini aniqlash 
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning zaruriy quvvatini aniqlashda 
energosistemaning korxonaga uzatadigan reaktiv quvvat miqdorini hisobga 
olish kerak. Umumiy holda quyidagi shart bajarilishi talab qilinadi: 
E
X
k
Q
Q
Q


Bu yerda, 
Q
x
- korxonaning hisobiy(iste’mol etadigan) reaktiv 
quvvati; 
Q
e
- energosistema tomonidan uzatiladigan reaktiv quvvat;
Q
k
- korxonada kompensatsiyalanishi zarur bo‘lgan reaktiv quvvat;
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatini quyidagicha aniqlash 
mumkin: 


E
M
M
K
tg
tg
P
Q




Bu yerda, 
P
m
- energosistema yuklamasi maksimum bo‘lganida 
korxonaning aktiv quvvati; 
tg

m

P
m
ga to‘g‘ri keladigan reaktiv quvvat 
koeffitsienti; 
tg

e
- energosistema talab qiladigan reaktiv quvvat 
koeffitsienti.
Shunday qilib, korxonaning reaktiv quvvat tanqisligini bir qismi 
energosistema 
tomonidan 
qoplansa, 
ikkinchi 
qismi 
korxonaga 
o‘rnatiladigan kompensatorlar orqali to‘ldiriladi. Quvvati 750 kVA dan 
oshmagan korxonalarda reaktiv quvvat, kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan 
tomonidan to‘la kompensatsiyalanishi zarur. Iste’molchilarni reaktiv 
quvvatni kompensatsiyalashga iqtisodiy rag‘batlantirish uchun elektr 
energiyasiga to‘lov narxini kamaytirish yoki ko‘paytirish usuli qo‘llaniladi. 


92 
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning ish grafiklari korxona reaktiv 
quvvatga bo‘lgan ehtiyojiga mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Buning 
uchun ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvat miqdoriga S.D. va S.K. 
larning yurgizish toklari rostlagichlar orqali boshqarilib yoki kondensator 
batareyalarning seksiyalarining sonlarini o‘zgartirib ta’sir ko‘rsatish 
mumkin. Albatta, bu jarayon avtomatik ravishda quvvatini boshqarish 
kuchlanish, tok, reaktiv quvvatini yo‘qotilishi va vaqt bo‘yicha bajarilishi 
mumkin.
1. Kuchlanish bo‘yicha boshqarilganda bir vaqtni o‘zida reaktiv quvvatni 
va kuchlanishni rostlash masalalari xal qilinadi. Ma’lumki, reaktiv 
quvvatni ortishi natijasida iste’molchilarning kirish qismlaridagi 
kuchlanish pasayadi.
2. Yuklamalar grafiklari keskin o‘zgaruvchan iste’molchilar uchun reaktiv 
quvvati boshqarish yuklama tokining miqdori bo‘yicha bajarilganda yaxshi 
natijaga erishiladi.
3. Ayrim chekka, uzoqda joylashgan podstansiyalarda boshqarish reaktiv 
quvvatning yo‘nalishi bo‘yicha bajarilishi mumkin. 
4. Korxonaning reaktiv quvvat iste’moli grafigining ko‘rinishi barcha 
kunlar uchun bir xil qolaversa, reaktiv quvvatni boshqarishni vaqt bo‘yicha 
olib borish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun EVUS-24 tipdagi signal 
soatlari ishlatilib, kunning ma’lum vaqtlarida kondensator batareyalarining 
seksiyalarini ulanadi yoki o‘chiriladi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin