Keywords: minerals, microelements, macronutrients, thyroid gland, iodine, iron, anemia,
magnesium, manganese, copper, chromium, fluorine. KIRISH Tirik organizm tarkibidagi organik moddalar tarkibiga ko‘pgina mineral moddalar,
ionlar, kompleks birikmalar kiradi. Mineral moddalarni miqdoriga qarab ular makro- va
mikroelementlarga bo‘linadi. Agar organizmda mineral moddalarning miqdori 10-2 %, ko‘p
bo‘lsa, ular makroelementlar hisoblanadi. Mikroelementlarni miqdori 10-3-10-5% ni tashkil
etadi. Agar mineral moddalarni miqdori 10-5 % kam bo‘lsa ular ultramikroelementlar deyiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Makroelementlarga kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, xlor va oltingugurt kiradi. Ularni
miqdori 100g mahsulot tarkibida bir necha un va yuz milligramm miqdorida bo‘ladi.
Mikroelementlar organizmda bir necha mkgdan bir necha 100mkg miqdorida bo‘ladi.
Mikroelementlar shartli ravishda 2ta guruhga bo'linadi: absolyut yoki hayotiy zarur (kobalt,
temir, mis, rux, marganets, yod, brom, ftor)va ehte’moliy zaruriy (alyuminiy, stronsiy, molibden,
selen, nikel, vanadiy va boshqalar). Hayotiy zarur mikroelementlar shunday moddalarki, ular
yetishmaganda organizmda normal hayot- faoliyati buziladi. Insonni oziqlanishida eng tanqis
mineral moddalarga kalsiy va temir ortiqchasiga natriy va fosfor kiradi. Ushbu elementlar
yetishmasa quyidagi o’zgarishlar ròy beradi:
Ca........... skeletni rivojlanishini sekinlashtiradi;
Mg.......... Muskullarni faoliyati buziladi;
Zn........... Terini zararlaydi, o‘sishni susaytiradi;
I...........Qalqonsimon bez faoliyati buziladi.
UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL