21
metodida, amaliy qism “Keys-stadi?”, “Trening”, “Master-klass”, “Debat”,
“Disput”, “Rolli o‘yinlar” kabi metodlardan foydalangan holda o‘tkaziladi.
O‘QUV KURSIDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
Mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy
masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari psixologiya yo‘nalishi kursini muvaffaqiyatli
o‘qib tugallab quyidagi yo‘nalishlarda zarur bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘ladilar:
−
O‘zbekiston Respublikasida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
davlat siyosati;
−
o‘smirlik yoshidagi o‘g‘il va qizlarning o‘ziga
xos psixologik
xususiyatlari;
−
oilaviy munosabatlar psixokonsultatsiyasining nazariy-amaliy asoslari;
−
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning etnopsixologik jihatlari;
−
yosh oilalarning ijtimoiy va
psixologik muammolari;
−
oiladagi shaxslararo munosabatlardagi nizolar va ularni bartaraf etish
yo‘llari;
−
oilaviy munosabatlardagi ajrimlar va ularning
oldini olishni psixologik
usullari;
−
oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarda tarbiyaviy ta’sir
usullari;
−
mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlashning
psixologik xususiyatlari;
−
shaxsda hayot mazmunini, o‘zini anglash ko‘nikma
va malakalarini
shakllantirish.