Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

– egoizm hislari genetik dasturining qay darajada kuchliligi; 
– tug‘ma xususiyatlar to‘liq namoyon bo‘lishi uchun qulay shart-
sharoit, egoizm hislarining shaxs shakllanayotgan muhitdagi 
ahamiyatlilik darajasi.
Xudbinlik - 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “xudbinlik (forscha so‘z) — 
manman, egoist, o‘zinigina ko‘zlovchi, o‘zini yoki o‘z manfaatini hammadan 
ustun qo‘yuvchi”, deyilgan. Kishining o‘z manfaati doirasida o‘ralashib qolishi, 
boshqalar bilan hisoblashmay, faqat o‘z fikrini ma’qullashi, shaxsiyatini yuqori 
qo‘yishi xudbinlikni keltirib chiqaradi.
 
Inson fe’l-atvoridagi qusurlardan yana biri manmanlik bo‘lib, u kibrdan 
farqlanadi. O‘zidagi ne’matlar bilan g‘ururlanib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilib 
yuradiganlar manmanlikka moil odamlardir. Kibr esa o‘zini boshqalardan 
ustun hisoblab, haq gapni tan olmaslikdir. 
“O‘ziga bino qo‘yishlik – baxtsizlikdir, buning farq va darajalari 
bor. Xudbinning har bir ishi o‘ziga yaxshi ko‘rinadi, lekin bu 
ko‘rimsiz qiliqda farqlar ko‘pdir”. 
Alisher Navoiy 
Donishmandlar 
xudbinlikning 
kelib 
chiqish 
sabablarini 
quyidagicha izohlashadi: 
– Ba’zi insonlar o‘zlarini haddan ortiq yaxshi ko‘rishi; 
– O‘zlarini boshqalardan ustun qo‘yishi; 
– Ayrim kishilarning manman va kibrli ekani. 
Inson tabiatida o‘zini yaxshi ko‘rish hissi mavjud. Imom G‘azzoliy 
muhabbatning besh turi haqida fikr yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining 
a’zolariga, salomatligiga muhabbatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uningcha, bu 


71
muhabbat Alloh, ota-ona, qarindosh-urug‘, do‘st-birodar, muhtoj-
ehtiyojmandlar xizmatida bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin