Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Ikkiyuzlamachilik
insonning bir joyda bir xil, boshqa joyda esa 
boshqacha o‘zini tutishi. Bunday kishilar xiylakor, yolg‘onchi, ko‘rnamak va 
munofiq bo‘ladi. 
Amalparastlik
– amalga intilib, axloqqa zid bo‘lgan hatti-harakatlarni 
amalga oshirishlik. 
Manmanlik
– insonning o‘ziga nisbatan juda yuqori baho berib, 
boshqalarni nazar - pisand qilmaslik. 
Ta’magir
– insonning boshqa insonlardan bir narsaga umidvor 
bo‘lishidir. Ta’magir kishilar – benomus va bahayo bo‘ladi. 
Axloqsizlik
turlari ko‘p. Ichkilikbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari ham 
axloqsizlikdir. Jinoyat va jinoyatchilikning zamirida ham insonning axloqsizligi 
yotadi. Axloqsizlik – illat. Undan saqlanish yoki xalos bo‘lish zarur. Chunki u 
inson boshiga kulfat keltiradi. 
Bevafolik
. Balki avval, vafo nima ekanligini o‘ylab ko‘raylik? Oilada 
baxtli bo‘lish uchun talab qilinadigan eng asosiy narsa ishonch va sadoqatdir. 
Yillar bo‘yi oilaviy muammolarni tadqiq qilamiz. Shunga amin bo‘ldikki, 
sadoqat bo‘lmagan joyda baxt bo‘lmaydi. Oila qurishdan oldin iffatli, oilali 
bo‘lgach sadoqatli bo‘lish lozim.
 
 
 


74
Bevafolik oqibatlari
Bevafolik bevafo va uning turmush o‘rtog‘igagina emas, balki yana bir 
juftga, farzandlarga ham salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sir doirasi ularning ota-
onalari va qarindoshlarini ham o‘z ichiga oladi. 
Asosiy zararni bevafolik qilgan kishi ko‘radi. Uning ishidan baraka
ro‘zg‘oridan fayz ketadi. Hattoki o‘zi ham vijdonsiz, yolg‘onchi ekanligi haqida 
o‘ylay boshlaydi. Shu taxlit munosabatlarni davom ettirsa o‘ta vijdonsiz, 
insofsiz kishi bo‘ladi. 
Aldash nimaga kerak?
Insonlar nega umr yo‘ldoshini aldaydi? Javobi: umri qisqa rohat (orom) 
uchun. Rohat baxtdan farq qiladi. Rohat o‘tkinchi, baxt esa umrboqiydir. 
Rohatda nafs bor. Baxtda esa davomli mamnunlik hissi, xushnudlik tuyg‘usi 
hokim. Baxtli kishi huzur-halovatda yashaydi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin