Mahalla va oila


hafsala va did bilan kiyingan, tabassum bilan kutib oladigan xotini



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

hafsala va did bilan kiyingan, tabassum bilan kutib oladigan xotini 
bo‘lgan erkakning ko‘ngli sevinchga to‘ladi, uyga bir lahza bo‘lsa ham 
ertaroq qaytishga intiladi. 
• Er rafikasiga vaqt ajratishi shart. Uyga imkoni boricha ertarok 
qaytishi, dam olish kunlarini u bilan o‘tkazishga harakat qilishi lozim. 
• Xiyonatda oiladagi noxushliklar, kelishmovchiliklar ham sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun oila mas’uliyatini teng bo‘lishish, ro‘zgorni 
boshqarishga hissa qo‘shish zarur. 
• Er-xotin shuni tan olishi lozim: boshqalardagi jozib (jalb qiluvchi, 
o‘ziga tortuvchi) fazilatlar turmush o‘rtog‘ida ham bor. Hatto uning 
ustun jihatlari ham ko‘p. Shunday ekan, ko‘ngilga yo‘l topib, o‘zaro 
muhabbat va hurmatni saqlab qolmoq kerak. 
Er-xotin turmush o‘rtogini boshqalarga qiyoslamasligi lozim. Chunki har 
bir narsada o‘ziga xoslik bor. O‘z turmush o‘rtog‘ining yaxshi tomonlarini 
ko‘rib, shu bilan o‘zini baxtli his qilishga harakat qilmog‘i lozim. 
Ayolning oilaga sadoqati har qanday madaniyatning ilk bosqichi va 
cho‘qqisidir. 
👉👉
Topshiriq. “Avliyoni hatlab o‘tma!”. Jumlani o‘qing va xulosa 
diling. 
Maosh olgan Ravshanjon bozordan shirinlik va ho‘l meva olib, uyiga 
qaytdi. Qo‘lidagi qog‘ozxaltacha bilan darvoza oldidagi onasining xonasiga 
kirmay to‘g‘ri o‘zlari turadigan uyga o‘tib ketdi. Bu holatni ko‘rgan onaning 
ko‘ngli o‘ksib, o‘g‘lidan ranjidi. 
Kelin bu vaziyatda qanday ish tutishi kerak? 
A) qog‘ozxaltachadagi narsalarni ko‘rgan bolalariga ham ularni bermay 
olib qo‘yishi va keyin o‘zimiz yeymiz deyishi kerak; 


80
B) taqsimchaga mevalardan solib, bolalaridan qayinonasiga berib 
yuborishi kerak; 
D) Oyijon! O‘g‘lingiz maosh olgan ekanlar – bizlarga ilinib, bozor qilib 
chiqibdilar. Shuni o‘zingiz taqsimlab, rejalab bersangiz, deb qog‘ozxaltachani 
oldilariga olib chiqib, maslahatlarini olishi kerak. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin