Xiyonatni qanday sezish mumkin? Xiyonatning dastlabki alomatlari turmush o‘rtog‘idagi o‘zgarishlar,
ko‘nglidan kechuvchi hislardir. Hiyonatkor tomon turmush o‘rtog‘idan uzoqroq
bo‘lishga harakat qiladi, oilasiga beparvo bo‘ladi, bolalariga kam vaqt ajratadi.
Kiyimlari, yurish-turishiga alohida e’tibor beradi. Tashqi ko‘rinishi, vaznining
me’yorda bo‘lishiga diqqat qiladi. Ko‘p vaqtini uydan uzoqda o‘tkazadi. Uyda
bo‘lganida esa televizorning qarshisidan ketmaydi. Jinsiy munosabatlarda
o‘zgarishlar bo‘ladi. Jinsiy mayl susayadi. Juftini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunga
o‘xshash o‘zgarishlar shubxaga sabab bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, ayollar
ko‘pincha hiyonatni his qilib turadilar.
Aybdor kim? Oila ma’suliyati ikki tomon zimmasidadir. Shuning uchun aybni bir
tomonga ag‘darib bo‘lmaydi. O‘zaro muhabbat va e’tiborning yo‘qligi kabi
omillar ham ishga aralashadi. Eriga xiyonat qilgan ko‘plab ayollarning
dardiga, iztirobiga guvoh bo‘ldim. Ko‘p hollarda ruhiy, hissiy ehtiyojlari
qondirilmagan ayollar shunday yo‘l tutadilar. Jisman, ruhan, hissan qoniqqan
ayol eriga xiyonat qilmaydi. Bunday niyat ko‘nglidan ham o‘tmaydi. Erini baxtli
qiladi.
Nima qilish kerak? • Oila ikki inson - ayol va erkakning birligidan tashkil topadi. Bu birlik, butunlik hamma jihatga tegishlidir. Shuning uchun mehrga asoslangan muloqot bo‘lishi zarur. Bir-biriga e’tiborli bo‘lish, muammolar yechimini birgalikda qidirish, baxtga munosib bo‘lish lozim.
79
• Ishxonada, ko‘cha-ko‘yda o‘ziga oro bergan, chiroyli kiyingan ayollarni ko‘radigan erkakning turmush o‘rtogi ham o‘ziga e’tibor beradigan, ochiq chehrali bo‘lishi, erining boshqa ayollarga mahliyo bo‘lmasligi harakatini qilishi lozim. Kechqurun ishdan qaytganida