Noto‘liq oilalar masalasi quyidagilar bilan belgilanadi: Birinchidan , jamiyatda noto‘liq oilalar sonining ortib borishi oila institutiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning mustahkamligini zaiflashtirib boradi. Ikkinchidan , noto‘liq oilalar sonining ortishi yoshlarda oila xaqidagi tasavvurlarining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Qizlarning ma’lum qismi noto‘liq oilani o‘zlari uchun andoza sifatida oladilar. Bu esa notulik oilalar sonining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Uchinchidan , yoshlardan komil shaxs shakllantirishda qator muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. To‘rtinchidan , yosh oilalar, aksariyat xolda ayollar va bolalarni iqtisodiy jixatdan murakkab vaziyatga tushiradi. Beshinchidan , voyaga yetmagan yoshlarda jinoyatchilik, shu jumladan, ularning turlarining o‘sishiga shart-sharoit yaratadi.
87
Oltinchidan , ota-onalarga eng muhim vazifalari - tarbiya funksiyalarini tulaqonli ado etishlariga yetarli imkon bermaydi. Yettinchidan , ayollarning ma’lum qismida jinsiy-tanosil kasalliklarining ko‘payishi, reproduktiv organlarida onkologik xastaliklar sonining oshishiga olib kelishi mumkin. Sakkizinchidan , jamiyatda poliandriya va poligeniya, ya’ni ko‘p erlik hamda ko‘p xotinlik xolatlarining o‘sishiga olib keladi.