yetolmaganlardir yoki she’r aytish qudratiga sohib bo‘lolmaganlardir. Agar bu
hunar sohibi san’at yo‘li bilan tuproqdan (mohirona) surma surtsa, u hunar
muxoliflarining ko‘ziga qusurli bo‘lib ko‘rinadi” [1,91].
“Agar shakar to‘la (semiz) mijozlilarga nordon tuyulsa, bu qusur (ayb)
shakarning tabiatidan emas, balki to‘la (semiz) mijozlilarning tabiatidandir. Bu
tashviq etuvchi (shavqqa to‘ldiruvchi) va jasorat bag‘ishlovchi so‘zlarni
eshitgandan so‘ng o‘z uzrimni quyidagicha bayon qildim: Ey yorug‘ ko‘ngilli
mushfiq (shafqatli) do‘st ! Avvalo fikr, so‘ngra amal yuzaga chiqar, ya’ni har ishni
boshlashdan oldin uning natijasi va g‘oyasini tushunish lozim. Agar shunday
bo‘lmasa, bu ish bajaruvchisi uchun yomon natijaga olib keladi va bu so‘zlarni
ishlatish bilan xatoga yo‘l qo‘ygan insonning taqdiri el orasida tilga olinmas.
She’r:
She’r agar yomon bir ish bo‘lsa, bunday holda yomon ish bilan
o‘ralashmoq, ishni yaxshi bilmaslik, aql sohiblari nazdida yaxshi qabul qilinmas”
[1,92]
Debochadan Fuzuliyning adabiy-estetik qarashlari keng o‘rin egallagan.
Shoirning she’rga va she’r yaratuvchiga nisbatan talabi juda yuqori. Buni shoirning
quyidagi fikrlarida ko‘rishimiz mumkin: “Men bilamanki, sen dard bilan
yaratilgansan, dard esa shoirning sarmoyasidir. She’r aytmoq uchun zavq va safo
lozim dema, darddan so‘z ayt, chunki so‘z o‘yinida yutuqni qozonuvchi darddir.
She’r:
Ko‘nglida bir dardi bo‘lmagan yoki jigari yaralanmagan insonning so‘zida
maza – ta’m bor deb o‘ylama. Zavqu safo va rohat-farog‘at she’rga zavq bermas.
She’r, agar g‘am, kadar (kulfat) va mashaqqatdan tug‘ilsa, ta’sirli bo‘ladi”
[1,94].
Ma’lumki, Fuzuliy zullisonayn, zullisonayn ham emas, balki ko‘p tilli shoir
bo‘lgan. U arabcha, forscha va turkcha she’rlar yozgan. U debochada o‘zining
ushbu fazilati haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “Ba’zan arabcha she’rlar
yozdim va arab fasihlarini arabchaning san’at go‘zalliklari bilan mamnun etdim.
Bu mening uchun qulay edi. Chunki mening ilmiy ta’limim, tilim arabcha edi.
Ba’zan tabiatimning otini turk she’ri maydonida javlon urdirdim va she’rni anglay
olgan turklarga turkcha she’rning go‘zalliklari bilan zavq berdim. Bu ham meni
unchalik qiynamasdi. Chunki turkcha mening she’r aytish qobiliyatimga uyg‘un
edi. Ba’zan esa forscha jumlalar ipiga inju durlar tuzdim va u bog‘chadan arzon
mevalar terdim” [1,94].
Shoirning lirik janrlar, ayniqsa, g‘azal haqidagi estetik qarashlari juda
diqqatga sazovordir.Fuzuliy turkiy devoni debochasida ham g‘azalga shoirning
iste’dodi qudrati va mahoratini belgilovchi mezonlardan biri sifatida yuksak baho
bergan edi:
199
Gʻazal bildirur shoiring qudratin,
Gʻazal ortirur noziming shuhratin.
Ko‘ngil garchi ash’ora cho‘q rasm vor,
Gʻazal rasmin et jumladin ixtiyor-
Ki, har mahfiling ziynatidur g‘azal,
Xiradmandlar san’atidur g‘azal.
Gʻazal deki,mashhuri davron o‘la,
O‘qumoq-da,yozmoq-da oson o‘la [2,21].
Gʻazalday lirik she’riyat namunasining nozik badiiy qirralarini kamdan-kam
shoirlar Fuzuliychalik aniq va yorqin bayon etib berganlar. U g‘azal haqida
quyidagicha nodir nazariy fikrlar bayon etgan: “...Faqat qulay anglashiladigan
uslubga bo‘lgan rag‘batim va yaratilishidan nozik mazmunlarga nisbatan ko‘ngilda
tuygan ishtiyoq va sevgim, tabiatim doimo muammo va qasidaga mayl qilar edi.
Gʻazal yozmoq orzusi bir on xotiramga kelmas edi. Unga sohib bo‘lish ishtiyoqida
fikrim g‘avvosining hech ko‘ngli to‘lmasdi. Chunki g‘azal oshiqning ko‘ngil
dardini shafqatli sevgilisiga bayon qilishi va yo ma’shuqning sodiq oshiqiga
bildirishi uchun yoziladigan holatdir. Chunki g‘azal – oshiqning ko‘ngil dardini
shafqatli sevgilisiga ochishi va yoki ma’shuqning sodiq oshiqiga holini bildirishi
uchun qalamga olinadi. Bu she’r tarzi yangi yetarli xazinalar orasida ko‘rilajak va
yoki toza yurakli xazinalar qarindoshlik qilish hayajoni bilan maydonga kelar.
Gʻazal uslubida mubham mazmunlar yoki mug‘laq lafzlar biror kishiga hayajon
baxsh etadi. Gʻazalning xususiy bir tili va ma’lum bir so‘z aytuvchi qahramoni
bo‘ladi. Zamon rivojining yordami sababi bilan rivojlanishdan dam urgan va
tasodifan mendan ilgari kelgan shoirlar har yuksak ong egasi va keng tushunchali
bir tabiatga sohib emishlar. Bular g‘azalda qo‘llaniladigan latif iboralar va nozik
tushunchalar shunday mahsullarini topganlarki, aslini olganda, boshqalariga hech
bir narsa yaqinlashtirmaslar. Bir kimsa ularning butun so‘zlaridan va she’rlaridan
xabardor bo‘lishi lozimki, asarlari ularda o‘zidan oldin so‘zlangan so‘zlar va
ma’nolar tarkibi befoyda holga kelmasin”[1,95]. Fuzuliyning bunday qarashlari
g‘azalshunoslik nazariyasi uchun ham juda muhimdir.
Ulug‘ shoirning taxallus tanlashi sababi va uning jarayonlari, taxallusining
ma’nolari haqidagi fikrlari ham juda qimmatlidir. Biz maqola hajmi talabi
taqozosiga ko‘ra uning birgina qirrasi haqidagi fikrlarini keltirish bilan
kifoyalanamiz: “Ollohning madadi bilan zamonamning butun ilm va fanlarining
barchasini o‘zimda to‘plash orzusida edim. Inshoolloh, bu orzuimga erishdim va
buni ifoda etuvchi Fuzuliy taxallusiga ega bo‘ldim. Chunki “ulum” va “funun”
so‘zlarining “ilm” va “fan” kalimalari ko‘pligi bo‘lgani kabi, “Fuzuliy” ham
lug‘atda “fazl”ning ko‘pligidir. “Fuzuliy”ning xalq orasida qo‘llanilgan boshqa
ma’nosi esa odobga uyg‘unsizlik deganidir” [1,95] . Bu fikrlardan anglashiladiki,
200
shoir “Fuzuliy” taxallusini tanlaganda har ikki ma’noni ham nazarda tutgan.
Taxallusning birinchi ma’nosi shoirning fozil, fazilatlarga boy inson ekanligini
anglatadi. Ya’ni shoir, o‘zi e’tirof etganidek, zamonasining ilm-u fan yutuqlarini
o‘z tafakkurida mujassamlashtirgan. “Fuzuliy” so‘zining ma’nosi shuni aks
ettirishiga ishongan. So‘zning xalq tilidagi ikkinchi ma’nosidan esa shoir kamtarlik
ma’nosida foydalanmoqchi bo‘lgan. Goho xalq orasida bilimdon odamlarga
nisbatan mahmadono deb qarash holatlari ham bo‘ladi. “Fuzuliy” so‘zining shu
ikkinchi ma’nosi orqali esa shoir go‘yo mahmadonaligini tan olib, o‘ziga- o‘zi
malomat qilishni ko‘zlagan.
Xulosa qilib aytganda, Fuzuliyning forsiy devoniga yozgan debochasi
shoirni anglash sohasida ham, adabiyotshunoslikning nozik qirralarini ochishda
ham qimmatli ma’lumotlarga ega noyob adabiy manbadir
Dostları ilə paylaş: |