Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Tahrir hay’ati: 
Bahrom Abduhalimov, İsa Həbibbəyli, Nizomiddin Mahmudov, Dilnoza 
Xodjayeva, Shuhrat Sirojiddinov, Bahrom Abdullayev, Ramiz Əskər, Nurboy 
Jabborov, Jabbor Eshonqul, 
İsmayıl Məmmədli, 
Mahirə Quliyeva, Isajon Sulton
Aygün Bağırlı, Maqsud Asadov, Əlizadə Ələsgərli, Olimjon Davlatov, Gulnoz 
Sattorova, Dilshod G‘oyipov.
 
Mas’ul muharrirlar: 
Almaz Ulvi, Zebo Qobilova 
 
 
Taqrizchilar: 
Dilmurod Quronov - Filologiya fanlari doktori, professor 
Yashar Qosim - Filologiya fanlari doktori 
 
 
 
Nashrga tayyorlovchilar: 
D.Asqarov, M.Imomaliyeva, N.Tursunova, H.Raimova, D.Abdullayeva 
 



O‘ZBEKISTON VA OZARBAYJON
MUNOSABATLARIDA YANGI TARIXIY BOSQICH 
 
Bahrom ASHRAFXONOV, 
O‘zbekiston Respublikasining
Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi 
(O‘zbekiston) 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Ozarbayjonning siyosiy, 
iqtisodiy va ma’naviy munosabatlari, ikkala davlatlarning olimlari tomonidan olib 
borilayotgan ilmiy ishlar, Navoiy va Fuzuliy asarlarining o‘rganilishi masalalari 
haqida fikr boradi. 
Kalit so‘zlar:
munosabatlar, ilmiy izlanishlar, Navoiy va Fuzuliy, yangi 
tarixiy bosqich 
 
Abstract:
This article discusses the political, economic and spiritual relations 
of Uzbekistan and Azerbaijan, the scientific work carried out by the scientists of 
both countries, the study of the works of Navoi and Fuzuli. 
Key words: 
relations, scientific research, Navoi and Fuzuli, new historical 
stage. 
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarida tarixiy voqea yuz berdi. Ya'ni 
21-22 iyunda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifini 
amalga oshirdi. 
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarnining turli sohalarini ilgari 
surishga qaratilgan qator bitim va boshqa turdagi hujjatlar imzolandi. Ularning 
ichida strategik sherikchilikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama 
hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya, savdo-sanoat kooperatsiyasi, 
energetika va transport sohalaridagi bitimlar va boshqa hujjatlarni alohida ko‘rsatib 
o‘tish mumkin. 
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida hamkorlikni har 
tomonlama yanada mustahkamlashga tayyor ekanimizni yana bir bor yorqin 
namoyon etdi. 
Madaniy-gumanitar sohaga kelsak, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz 
qadimdan ko‘p mushtaraklikka ega bo‘lgan. Muzokaralar natijasida o‘zaro 
madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, gumanitar va sayyohlik almashinuv 
dasturlarini faol rivojlantirishga kelishib olindi. 
Bugungi konferensiyani ikki davlat rahbarlarining kelishuvlarini amaliy 
ijrosi sifatida ko‘rsak ham bo‘ladi.
Tariximiz zarvaraqlari o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining tili, an'ana va urf-
odatlari bir-biriga nechog‘li yaqin ekanligidan guvohlik beradi. Bugun esa ikki 
mamlakat jamiyati bu madaniy rishtalarni umumiy qadriyatlar sifatida qadrlab, 
ularni mustahkamlab kelmoqda. Buni ko‘plab siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
jabhalarda ko‘rish mumkin. 



Alisher Navoiy “Xamsa” dostonini yaratar ekan Nizomiy Ganjaviy dahosi 
oldida o‘zini ulkan bir sinov turganini his etdi. Dostonlarning har bir 
muqaddimasida Nizomiyni faxr bilan tilga oldi, unga bo‘lgan cheksiz hurmatini
ixlosini bayon etdi. U Nizomiyni o‘ziga ustoz deb bildi. 
Ozarbayjon adabiyotining etuk vakillaridan biri Muhamad Fuzuliy Navoiyni 
o‘ziga ustoz bilib, unga ergashib g‘azallariga naziralar bitdi. Shu bilan barobarida 
o‘zbek adabiyoti namoyandalari ham Fuzuliyni o‘ziga ustoz sifatida bildi.
Asrlar mobaynida davom etib kelgan urf-odat va an'analari, adabiyoti, 
falsafasi, me'morchiligi, musiqasi, san'ati, madaniyati, tarixi, tili jihatidan 
ozarbayjonliklar o‘zbek xalqiga juda yaqindir. Ushbu xalqlarning bir-biriga
yaqinlashtirgan umumiy va o‘xshash jihatlar ularning tili va adabiyoti hamda 
madaniyatida keng namoyon bo‘ladi.
Yaqinda men Ozarbayjon Qo‘lyozmalar institutiga (Teymur Kerimli) tashrif 
buyurib, Jannat Nagiyevaning Alisher Navoiyning Ozarbayjon Qo‘lyozmalar 
fondida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalari asosida yozgan mukammal mo-
nografiyalari ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalari tarixida muhim o‘rin tutishiga 
ishondim. Alisher Navoiy ijodi dunyoning ko‘plab tadqiqotchilarining diqqat 
markazida bo‘lib kelgan. G‘arb va Sharqning atoqli olimlari Navoiy ijodiy me-
rosini o‘rganib, ko‘plab kitoblar, maqolalar chop ettirgan. Ayniqsa, Ozarbayjon 
adabiyotshunosligida navoiyshunoslik sohasi alohida o‘rin tutadi. Jumladan, 
Faridunbey Ko‘charli, Hamid Arasli, Panoh Xalilov, Jannat Nagiyeva, Xalil Rza 
Uluturk, Komil Vali Narimon o‘g‘li, Ramiz Asker, Tarlan Guliyev, Almaz Ulvi 
(Binnatova) singari taniqli olimlarning Navoiy ijodi bilan bog‘liq tadqiqotlari 
nafaqat ozarbayjon adabiyotshunosligi, balki o‘zbek adabiyotshunosligi uchun ham 
juda muhimdir. 
Ikki xalq ijodkorlari badiiy tarjima vositasida bir-birlarining ijodlaridan 
foydalangan holda hayot uchun nihoyatda xarakterli bo‘lgan mavzularni turli-
tuman adabiy shakllarda aks ettirmoqdalar. Bu manzara bag‘ishlov va naziralarda, 
uslubda va badiiy unsurlarning o‘xshashligida, bir-biridan foydalanib, bir-birini 
rivojlantira borishda o‘z aksini topayotir. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar nafa-
qat milliy, balki xalqaro aloqalar uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. 
Ozarbayjon va O‘zbekiston bugungi kun xalqaro aloqalar tarixida muhim rol 
o‘ynamoqda. Bugungi kunda Ozarbayjonda adabiyotshunos, navoiyshunos Almaz 
Ulvi, Akif Bagirov, Yashar Gasimov, yozuvchi Yunus O‘g‘iz, O‘zbekistonda 
akademik Naim Karimov, professor Boqijon To‘xliyev, adabiyotshunoslar Zebo 
Qobilova, Gulbahor Ashurova, Gulnoz Sattorova kabilarning faoliyati bevosita 
ilmiy, adabiy - badiiy aloqalarni mustahkamlash uchun xizmat qilmoqda. Bu 
adabiy va madaniy aloqalar bugun yanada rivojlanib bormoqda. 
Bu faktlarning hammasi o‘zbek va ozarbayjon adabiyotining qadimiy va 
amaliy aloqalari yana ham davom etayotgan bugungi mustaqillik davrida uning 
avlodlar tomonidan tobora rivojlantirib borilayotganligi ham tabiiy va qonuniy 
ekanligini ko‘rsatadi. 




Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin