Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


II. Navro’z marosimidagi vaqtinchalik shoh saylash va qurbonlik



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431
Anjuman Boku (6)

II. Navro’z marosimidagi vaqtinchalik shoh saylash va qurbonlik 
keltirish. 
Ayni Navro’z arafasida tabiat va jamiyat tartibida ma’lum muddat 
betartiblik yuzaga kelib, qutblarning almashinib qayta o’z o’rniga kelishi haqidagi 
tasavvurlar ushbu uzvlar asosini tashkil etadi. Bu holat tabiatda Ayyom Aziz kirib, 
to Navro’zgacha o’tuvchi ob-havo o’zgarishi va turlanishlarida namoyon bo’lsa, 
jamiyatdagi evrilishlar marosim chog’ida kattaning kichik, kichikning katta, 
podshohning qul – qulning podsho, bekning xizmatkor – xizmatkorning bek 
o’rnida ko’rilishi va h.z. Vaqtinchalik tartibsizlikdan so’ng yana barcha 
holatlarning o’z o’rniga qaytishi barobarida ifodalanadi. 
Ushbu o’rinda S.P.Tolstov Siyovush obraziga topinish tarixi va genezisi 
bilan bog’lab talqin etgan, xitoylik Vey-sze tomonidan yozib qoldirilgan 
Samarqandda o’tuvchi yangi yil haqidagi ma’lumot o’ta muhim: “Oltinchi oyning 
birinchi kuni ularda yangi yil hisoblanadi. Ushbu kun kelganda podshodan tortib 
barcha fuqarolar soch-soqollarini kuzab, yangi kiyim-bosh kiyadi. Suvoriylar 
shaharning sharqiy tomonida joylashgan o’rmon chekkasiga borib etti kun 
davomida yoydan o’q uzishadi. Ettinchi kun esa nishon uchun oltin qoboqni 
osadilar va kimki unga o’qini dastlab tegizsa, shu yoyandoz bir kunlik shoh bo’lish 
huquqini qo’lga kiritadi. Ular Ko’k tangriga butun borliqlari bilan sig’inadilar. 
Yana aytadilarki, Ko’k tangrining zurriyodi ettinchi oyda halok bo’lib, suyaklari 
dalaga sochilib ketadi, ularni terib, hurmat ko’rsatish shart. Shu sabab etti kun 


31 
davomida 300 dan 500 gacha erkagu ayol qora kiyib, sochlarini yoyib, yig’lab, 
yoqavayron ko’kraklariga musht urib, yuzlarini timdalab, daladan yo’qolgan 
suyaklarni izlashadi. Ettinchi kun marosim tugaydi” 

3, 204

. Keltirilgan 
ko’chirmada uchta muhim fakt diqqatga sazovor: 
1. Marosimda vaqtinchalik shoh saylanishi. Bu esa o’z navbatida, shohning 
bir kunga oddiy fuqaroga aylanishini bildiradi. 
2. Samarqand ahlining ko’k tangriga topinishi. 
3. Ko’k tangri o’g’lining olti oyni to’ldirib, ettinchi oyga o’tganda halok 
bo’lib, suyaklarining yo’qolib qolishi va uni odamlarning etti kun daladan 
izlashlari. 
S.P.Tolstov bevosita Siyovush obrazining tub ildizlari haqida: “Biz qadimiy 
Qangyu podsholigidagi reigid va boshqa marosimlarda o’lib tiriluvchi nabotot 
tangrisi sifatida ilohiy sulola bobokaloni Siyovush topinchining o’ta muhim o’rin 
egalashini kuzatamiz” 

3, 205

. Bizningcha, o’lib tiriluvchi nabotot (tabiat) 
haqdagi tasavvurlar tizimida Siyovush topinchi navbatdagi bir halqa xolos, aslida 
ushbu tizim Siyovush topinchiga ham asos bo’lgan qadimiy ildizlari va taraqqiyot 
qatlamlarga ega. 
Xususan, “Go’ro’g’li” dostonlari genezisi va tadrijiy bosqichlarini tadqiq 
etgan Sh.Turdimov dostondagi bir qancha motiv va obrazlar talqinining asoslari va 
o’zbek xalqining mavsumiy marosimlari uzvlari va undagi tasavvurlar uyg’unligini 
kuzatib quyidagi muhim xulosalarni bayon etgan. Avvalo Go’ro’g’lining real otasi 
bo’lmish Nurtoy (Tosh shoir versiyasi) va Ravshan (Qo’rg’on versiyasida) 
vaqtinchalik “qul” bo’lishi motivi Navro’z marosimlaridagi bir kunlik shoh 
tasavvuriga bog’liq shakllangan, deb qarash o’rinli ekanligini ta’kidlaydi. 
Go’ro’g’lining nafas otasi, homiy eranlar darg’asining Ko’k tangri tasavvurlari, 
yanada aniqroq aytilsa, quyosh ma’budi bilan aloqadorligini isbotlaydi. Dostonda 
Go’ro’g’li onasining olti oylik gumonasi bilan halok bo’lib erga – qabrga 
qo’yilishi motivining ko’hna Navro’z marosimidagi Ko’k tangrisi zurriyodining 
olti oy o’tib halok bo’lishi va uning dalaga sochilgan suyaklarini xalqning ettinchi 
oy motam tutib izlashiga uyg’unligi ko’rsatadi. Ayni uyg’un jihatlarni shunchaki 
tasodif deb qarash o’ta ishonchli faktlarni nazarga olmaslik ekanligini aytadi. 
Aslida esa “Go’ro’g’li” dostonining tub asoslari har jihatdan xalqimizning qadimiy 
o’lib tiriluvchi borliq (tabiat) bilan bog’liq e’tiqodiy qarashlari, tushunchalari 
zamirida shakllanganligini va o’xshashlikligini tadqiqotchi isbotlab beradi 

11

.
Yuqorida keltirilgan qiyoslar va xulosalar Navro’z bayramining yoshini 
belgilashda ham muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki bugungi kunda 
olimlarimiz tomonidan uch ming-besh ming yillik tarixga ega, degan sanani ancha 
uzoqqa cho’zish imkonini beradi. Shu o’rinda folьklorshunos F.Jabborovning 
“Yangi quyosh bayrami” 

12

nomli maqolasida Amerika tub aholisi hisoblanmish 


32 
Mayya va boshqa qabilalardagi xalqlar mavsumiy marosimlari, xususan yangi yil 
atamalari, o’tish muddatining turkiy xalqlar bilan uyg’un kelishi va Amerika tub 
aholisining Bereng bo’g’ozi orqali Sibir tarafdan o’tganligi va bu ko’chish davri 
kamida o’ttiz – ellik ming yillik davr, deb belgilanayotgani ba’zida ayni sanani yuz 
ming yil, deb ko’rsatayotganini yodga olsak, Navro’z bayrami yoshini yanada 
uzoqdan kelayotganiga ishonch hosil qilamiz.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin