197
U shunday bir shohdirki, quyosh eshigida yuzini yerlarga surmish, oy esa
uning go‘zal yuzi ishqi aks etadigan maqomda zavq bilan o‘zining ko‘ksini
yoradi[1,90].
Fuzuliy debochadagi Ollohga hamdu sanoni mana shunday yakunlaydi. Bu
hamdning
boshqa har qanday shoirning, hatto, Navoiyning debochalaridagidan
ham farq qiladigan o‘ziga xos ko‘rinishidir. Uning Navoiy hamdi uslubidan asosiy
farqi shundaki, Navoiyda olimona mutafakkirlik uslubi ustuvor bo‘lsa,
Fuzuliy
hamdi uslubida shoirlik ustuvor. Shundan so‘ng Fuzuliy Payg‘ambar madhiga
o‘tadi.
Shoir nazdida,
“Ollohga hamdu sano manzumasining davomi sifatida
shunday bir podshoh uchun aytiladigan salovot va salomlar munosibdirki, u
podshohning rasul (payg‘ambar)ligiga tasdiq imonning aslidandir. Va xuddi
she’rning ikkinchi misrasini birinchi misrasisiz tasavvur qilib bo‘lmagani
(tugallovchi misra sifatida o‘zaro bog‘liq bo‘lgani) kabi, Rasululloh (s.a.v.)
tavhidni tasdiqlovchi bo‘lib kelgandir. She’r:
Oxirigacha mavjudsan, tavhid (birlik) yolg‘iz sening boshingga
(gardaningga) tushmishdir, chunki imon fazilatining barqaror bo‘lishi
payg‘ambarligingning tasdiqlanishi bilan bog‘liqdir” [1,91] .
Ollohning hamdi va Payg‘ambarning na’tidan keyin Fuzuliy bevosita o‘z
hasbi holi tasviriga o‘tadi. O‘zining o‘sib-ulg‘ayishi, ilmu hunar o‘rganishi,
she’riyatning sehrli dunyosiga kirib kelishi sabablarini bayon etadi.
“Ishlari
nihoyasiga yetmay qolgan faqirul haqir banda, - deya xokisorlik bilan davom etadi
u, - o‘z hasbi holini bayon etmakni istab arz etadiki, u bolalik paytlaridan dunyoda
bo‘layotgan hodisalarga ibrat ko‘zi bilan qaragan. Unda hunar o‘rganishga
ishtiyoq uyg‘onib, ko‘p hunarlarni o‘ziga asir etgan. Ilmu hunarga ishqu ishtiyoq
asosida goh-gohida uning yaratilishida, ya’ni fitratida yashirin bo‘lgan dilni
o‘rtovchi ehtiros va shiddatli orzu uning iste’dodi ro‘parasida she’r sevgisi, ya’ni
nazmga bo‘lgan muhabbat eshiklarini ochgan. Ammo ilmu urfon qozonmoq
orzusida g‘ayrat va himmat ko‘rsatish – ulug‘ bir dovonni bosib o‘tish bilan
barobar edi.” [1,91] .
“Bu go‘zal ish, ya’ni she’r yozish garchi jozib (o‘ziga tortuvchi) bo‘lsa ham,
- deya davom etadi shoir, - ammo yuksak ilmlar qo‘lda osonlikcha bajarilsa, uning
haqiqiy ish – amalligi yo‘qoladi. So‘zdan uzoq bo‘lish muddati oxiriga yetganida,
bir kuni she’r ruhan shoir bir nasihati kabi, yolg‘izlik saroyimdagi odam (ya’ni
shoirning ichki “men”i) huzurimga keldi va dedi. She’r: O‘zingning vujuding bilan
maqtanma, zero yuksaklik xususidagi talab seni pastlatar, kamolot darajasini
istash yo‘lida g‘ayratingni o‘ksuk tutma, bo‘lmasa aldanib qolasan. Bilgilki, she’r
ayta olmoq (shoirlik) – avvalo, boshdan-oyoq bir ilmdirki, u kamolot
bosqichlaridagi bir bo‘limdir. Buni inkor etganlar uning (she’rning) zavqiga