188
obro‘sizlantiradi. Sir oshkor bo‘ldi-mi, u endi o‘z sirlik xususiyatini yo‘qotadi,
barchaga ayon bo‘ladi, olamga oshkor bo‘ladi.Buni g‘unchani gulga aylanib xazon
bo‘lishi tasviri bilan muqoyasa qilgan shoir baytda tashbeh hamda husni ta’lil
san’atini mahorat bilan qo‘llaydi.
Galdagi baytda odamiylik borasida so‘z yuritiladi.Bu borada Yusuf Xos
Hojibning qarashlari haqida adabiyotshunosligimizda shunday fikrlar mavjud:
”Shoit didaktikasida chuur gumanizm hamma vaqt ko‘zga tashlanib turadi.Uning
to‘rtliklarida bashariyatning butun tarixi davomida intilgan ijobiy xususiyatlarni
ko‘klarga ko‘tarish,insoniylikni,insoniy fazilatlarni targ‘ib qilishni ko‘rish
mumkin:
Kishilar ara ko‘r kishi ul bo‘lur,
Aningtek kishilar asig‘lar bo‘lur.
Asig‘siz kishilar kishida qo‘rq,
Asig‘lig‘kishiasru elka to‘lur.
To‘rtlikda kishilarni yaxshilikka, boshqalar uchun jon kuydirishga da’vat
etish kuchli. Hech kimga nafi tegmaydigan odam bo‘lib yashashdan qo‘rqishga
chaqiriq bor” [3.2010,36-bet]. Ma’lumki, kishining fe’l-atvori, xulqi uning
kimligini namoyon etuvchi ko‘zgudir. Qo‘qon adabiy muhitining ma’rifatparvar
shoiri ijododa bu didaktizm qanday namoyon bo‘lgan. E’tibor qarataylik, Zavqiy
ham Yusuf Xos Hojib singari
kishilarni yomonlikdan tiyilib, ezgu fazilatli bo‘lib
yashashga intilishlarini istaydi va ularni bunga da’vat qiladi:
Chamanda arg‘uvondek surat oro bo‘lmag‘ing xub yo‘q,
Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi.
Shoir fikricha, arguvondek (qizil gullaydigan mevasiz daraxt) insonlarga nafi
tegmay yashash odamiylikka ziddir. Arg‘uvon chamanga ko‘rk berib turgani bilan
meva berish paytiga kelganda hosili yo‘qligidan, hech kimga nafi tegmasligidan
sharmanda bo‘ladi.Shoir unga o‘xshab yashash ma’qullamaydi, kishilarni tashqi
go‘zallikka emas, ichki botiniy go‘zallikka intilib yashashga chorlaydi. Bunda
tashbehdan foydalanadi. Bunda tashbehdan foydalanadi. Tashbeh - adabiyotda
keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri.
Tashbehda narsa, belgi va harakat
kabilar boshqasiga o‘xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani
anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga
o‘xshatishdir. Keltirilgan baytda “arg‘uvondek” deyilganda kishining hech kimga
nafi tegmasligini arg‘uvon daraxtning meva bermasligiga o‘xshatilgan.
Tashbehning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishadi : a) o‘xshamish -
tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (inson);b) o‘xshatilmish tasvirda
qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (arguvon daraxti); v) asos- nimaga ko‘ra
o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi (nafi taegmaslik); g) vosita - o‘xshatilish
189
belgisi (day). Bu mumtoz she’rshunoslikda mushabbah, mushabbahi bihi, vajhi
shaboh, odoti tashbeh istilohlari bilan yuritilgan.
Zavqiy kihilarga
qadr-qimmatini bilishi, har bir narsaning me’yori borligini
yodidan chiqarmasligini, agar me’yor buzilsa va muvozanat buzilsa, natijasi
halokatli bo‘lishini aytib, pand-u nasihat qilishni davom ettiradi. Agar izzat
tilamoqch bo‘lsang, kamnamolikni odat qil. Bozorda qaysi narsa ko‘payib ketsa,
uning qadri tushadi, undan keladigan foyda o‘rniga ziyon yetadi.Shoir bu
haqida
shunday deydi:
Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z qadringni sindirma,
Kishi uz izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi.
Agar izzat talabsan kamnamolig‘orzusin qil,
Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi.
Keyingi misrada ayrim sadaflarning og‘zini ochgani uchun uning ko‘ksi
bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgani, ba’zilarini esa labini yopib olgani uchun qimmatbaho
durga aylangani tasviri orqali kishilarni kamgaplikka, so‘zning qadrini baland
tutishga odatlanishlarini uqtiradi. Foyda va ziyon, ko‘p va oz so‘zlaridan tazodni
yaratadi.
G‘azal maqtasida shoir o‘z xulosasini beradi. “O‘ziga murojaat qilib: og‘zingi
kamroq och, ko‘zingni kattaroq ochib hayotga ibrat ko‘zi bilan qaragin. Axir,
qo‘llaring bilan yoqangni ushlab yuradigan zamonlar bo‘ldi”, deb ta’kidlar ekan
xalqona iboralardan mohirona foydalanadi.Og‘zini ochmoq, qo‘li
bilan yoqasini
ushlab yurmoq iboralari shoir fikrni yorqin ifodalanishiga xizmat qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yosh avlodni ma’naviy yetuk, estetik
jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda Zavqiy ijodidan foydalanish eng maqbul
vosita bo‘la oladi. Shu bilan birga aytish mumkinki, Zavqiy she’rlaridagi didaktika
o‘z mazmun mohiyati bilan qadimgi turkiy adabiyotga bog‘lanadi, desak o‘rinli
bo‘ladi. Bu mavzu ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshishi uchun yangi bir mavzu
bo‘lishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: