187
kolodkalari 7 shkivga prujina 6 bilan siqiladi. Prujina kolodkalarga
richaglar 2 va 5 dagi tortqi 10 ga shtok 8 lar orqali ta’sir qiladi.
Mexanizm elektr dvigateli tok tarmog’iga ulanganda tok elektr magnit
g’altagidan o’tib, g’altak va yakor 4 ni yaqinlashtiradi. Yakor 4 o’z
navbatida prujina 6 ni qisadigan va asosiga sharnirli mahkamlangan
richaglar 2 va 5 ning uchlarini ajratadigan shtok 8 ni siljitadi. Richaglar
siljiganda tormoz kolodkalari bilan shkivlar orasida zazor hosil bo’ladi.
Bu zazor kerakli mexanizm aylanuvchi qismining erkin erkin aylanishini
ta’minlaydi. Kolodkalarning qochishini cheklash uchun rostlash vinti 9
bor. Prujina kuchi gayka 5 bilan rostlanadi. Richag 2 ning o’z joyiga
qaytishi uchun yordamchi prujina 11 o’rnatilgan. Elektromagnit g’altagi
elektr tarmog’idan uzilganda prujina 6 kerilib, tortqi 10 va shtok 8 ni
qarama-qarshi tomonga siljitadi, richaglar 2 va 5 ning uchini, shu bilan
birga, kolodkalarni dastlabki vaziyatga qaytaradi.
Dostları ilə paylaş: