191
karab:
chiziqli-urinmali
– LK(CHU) (14.1-rasm,
v
),
nuqtali-urinmali
–
TK(NU),
nuqtali va chiziqli urinmali
– TLK(NCHU) arqonlarga
bo’linadi.
Arqon tayyorlashda o’rimning alohida katlamlari uchun bir xil
diametrli simlar (B harfi bilan belgilanadi, chunonchi, CHU-B; LK-0)
(14.1-rasm,
v
) qatlamlarning ustki qatlami uchun ikki xil diametrli
simlar (X harfi bilan belgilanadi, jumladan CHU-X, LK-R) o’rimning
alohida katlamlari uchun har xil va bir xil diametrli simlar (XB harflari
bilan belgilanadi, masalan, CHU-XB, LK-RO) tanlanadi.
Po’lat arqonlar bo’shaladigan va bo’shalmaydigan xillarga
ajratiladi. Bo’shalmaydigan arqonlar ilgagining balandligi katta bo’lgan
yuk polispastalari uchun juda qulaydir.
Po’lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori
markali-10, birinchi markali-1, ikkinchi markali-2 bo’ladi.
Po’lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli
diametrdagi simlardan eshiladi. Kabel krani va boshqa kranlarning yuk
aravachalari siljiydigan po’lat arqonlar silliq sirtli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: