184
aylanadi. Agar vtulka val bilan bir tomonga aylanib, tezligi undan ortib
ketsa, roliklar vtulka bilan birga korpus 1 orasiga qisilib qoladi.
SHundan keyin korpus vtulka ham val bilan birgalikda aylanadi. CHunki
vtulkaning aylanish tezligi ortib ketishiga roliklar yo’l qo’ymaydi.
Roliklar qattiqligi HRC 59...63 bo’lgan SHX15 markali po’latdan
tayyorlanadi. Ulanish soni kichik bo’lgan ayrim mexanizmlarda
qattiqligi HRC 60...62 bo’lgan U8A markali po’lat ishlatiladi.
13.17-rasm. Xrapovikli to’xtatgich.
a) to’xtatgich sxemasi; b) sobachka hisobi.
Korpus va vtulka SHX15 (HRC 59...63), 40X (HRC 45...56), U10
(HRC 60...64) markali po’latdan tayyorlanadi.
Yuk
ko’taruvchi
mashinalarda
ishlatiladigan
rolikli
to’xtatgichlarda
rolikning uzunligi, odatda,
l
p
=
(1…4)
d
deb olinadi,
bunda
d –
rolik diametri.
13.18-rasm. Rolikli to’xtatgichlar.
13.9. Tormozlar
Tormozlarning to’xtatgichlardan farqi shundaki, ular valni ikki
yo’nalishda aylanishga yo’l qo’yadi va yukni ushlab turishdan tashqari,
tezligini o’zgartiradi yoki yurish mexanizmlarining tezligini rostlaydi.
185
Yukni to’xtatish
yoki harakatni kamaytirish, shuningdek, burish
yoki yurish mexanizmlarida tormozlash, qo’zg’aluvchi detallar (disklar,
shkivlar) bilan ularga qisiluvchi qo’zg’almas detallar (kolodkalar,
lentalar, disklar) orasidagi ishqalanish hisobiga bajariladi.
Ishlash usuliga ko’ra normal ochiq (uzilgan)
va normal yopiq
(tutashgan) tormozlar bo’ladi. Kranning normal ochiq tormozi prujina
kuchi ta’sirida har doim ulangan holatda bo’ladi. Tormoz uzilganda
(ajratilganda) mexanizm ishlay boshlaydi.
Normal yopiq tormoz ham
doim uzilgan (ajratilgan) holatda bo’ladi. U ulanganda mexanizm
to’xtaydi. Normal ochiq tormozni boshqarish oson va u tezliklarni ravon
rostlashga imkon beradi.
Boshqarish uslubiga ko’ra boshqariladigan va avtomatik
ishlaydigan xillarga ajratiladi. Avtomatik
tormozlarga elektromagnitli,
elektr-gidravlik yoki elektr-mexanik yuritmali, tashuvchi yuk orqali
tutashtiruvchi tormozlar va h.k. kiradi.
Tormozlar, tormozlanuvchi detallar konstruktsiyasi bo’yicha
kolodkali, lentali, diskli va hokazo turlarga bo’linadi.
Vazifasi bo’yicha stoporlovchi (to’xtatuvchi)
va tushiruvchi
turlarga bo’linadi. Yuk tezligini rostlash uchun ishlatiladigan
tormozlarni tushiruvchi tormozlar deyiladi;
yuk yoki mexanizmni
qo’zg’almas holatda ushlab turuvchi tormozlar stoporlovchi
(to’xtatuvchi) tormozlar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: