189
14-BOB. PO’LAT SIMLI ARQONLAR VA ZANJIRLAR
14.1. Po’lat simli arqonlar
Yuk ko’taruvchi mashinalarda tortuvchi organ sifatida po’lat
arqonlar,
payvandlangan
va
plastinkali
zanjirlar
ishlatiladi.
Mustahkamligi pastligi tufayli ip gazlamali va kanop arqonlar (GOST
483–55 va 1088–71) yuk ko’tarish mashinalarida ishlatilmaydi. Ular
asosan yengil yuklarni qo’lda ko’tarishda stroplar va tortqilar sifatida
ishlatiladi. Ushbu arqonlar moy singdirib va moy singdirmasdan
tayyorlanadi. Moy singdiril-magan arqonlar
egiluvchan va ishda
foydalanishda kulay bo’ladi, lekin ular tez chiriydi, nam tortganda
ularning mustahkamligi keskin pasayadi. Turli
montaj ishlarida asosan
moy singdirilgan arqonlar ishlatiladi.
Kanop va ip gazlamadan to’qilgan arqonlarning hisobi quyidagi
formula bo’yicha bajariladi:
S
uz
>S
P, N,
(14.1)
bunda P – mustahkamlik ehtiyot koeffisienti. Arqonning taranglik
kuchini bu koeffisientga bo’lib, yo’l qo’yiladigan kuch qiymati topiladi;
ip gazlamali va kanop arqonlar P=8; S – arqonga tushadigan kuch;
(
) ( )
(14.2)
bunda a –
arqonlar soni,
– vertikal bilan strop arqoni yo’nalishi
orasidagi burchak, grad.
Hozirgi vaktda kapron, perlon va boshqa polimer materiallardan
tayyorlangan arqonlar borgan sari ko’p ishlatilmokda.
Bunday arqonlar uzilishga mustahkamligining yuqoriligi bilan farq
qiladi. Ular namlikka chidamli bo’ladi, chirimaydi va po’lat
simli
arqonlardan ancha yengildir.
Ko’p marta cho’zilib, so’ngra termik va kimyoviy ishlov berilgan
yaltiroq yoki ruxlangan po’lat simlardan (diametri 0,2 dan 3 mm)
eshilgan arqon po’lat simli arqon deyiladi. Bu arqonlarning
mustahkamlik chegarasi 1600...2600 MPa bo’ladi. Po’lat simli arqonlar
(14.1-rasm,
a )
har biri po’lat simlar
2
dan tarkib topgan o’rimlar
1
dan
to’qilgan. O’rimlar kanop o’zak
3
atrofiga yoki o’rimlarning o’zidan
yumshoqroq
po’lat simdan qilingan o’zak atrofiga o’raladi.