194
14.3 – rasm. Plastinkali zanjirlar
Yuk uchun mo’ljallangan plastinkali sharnirli zanjirlar (14.3-rasm,
g) po’lat plastinka 2 va sharnir orqali o’zaro biriktirilgan valiklar 3 dan
tashkil topib, valikning uchi parchinlanadi (zanjirga 10
t gacha yuk
tushsa) yoki valik teshigiga shplint o’rnatiladi (zanjirga 10 t dan ortik
yuk tushsa), zanjirning hamma zvenolarining shakli, diametrlari va valik
uzunliklari bir xil bo’ladi, faqat bitta zvenoda qo’yilgan plastinkalarning
uzunligi va valikning diametri katta bo’lib,
u yordamida zanjir yuk
ko’tarish mexanizmi detaliga osiladi.
Yuritmada ishlatiladigan plastinkali zanjirlarda (14.3-rasm, d)
ichki plastinkalar 4 vtulka 5 ga presslangan bo’lib, tashqi plastinkalar
valik 6 ga qo’zg’almas holda mahkamlanganligi bilan yuk zanjirlaridan
farq qiladi.
Yuk ko’taruvchi mashinalarda vtulkali zanjirlardan tashqari vtulka-
rolikli zanjir ham ishlatiladi. Vtulka-rolikli zanjir (14.3-rasm, ye)
valiklar 9 bilan biriktirilgan tashqi plastinkalar 8, vtulkalar 9 ga
mahkamlangan ichki plastinkalar 7 va roliklar 10 dan iborat. Vtulkalar
roliklarda, roliklar esa vtulkalarda erkin aylanishi mumkin.
Tortuvchi zanjirlar (14.3-rasm, ye) xuddi vtulkaga o’xshash bo’lib,
yuritma zanjirlaridan qadamining kattaligi va yurituvchi roliklari borligi
bilan farq qiladi.
Zanjir elementlari-plastinkalar va vtulkalar GOST 1050-60
195
bo’yicha 40, 45, 50 markali po’latlardan
termik ishlov berib
tayyorlanadi. Hamma zanjir zavodlarda uzuvchi kuchning 50% iga teng
berib sinaladi.
Kamchiligi: ular payvand zanjirlarga qaraganda og’ir va qimmat
turadi, turli yo’nalishda egilmaydi, materiallarning
tez yeyilishi sababli
zanjir uzilib ketmasligi uchun tez-tez ko’zdan kechirib turish kerak.
Plastinkali zanjirlar hisobi xuddi payvandli zanjirlar hisobiga
o’xshash bo’lib, mustahkamlik ehtiyot koeffisienti Gosgortexnadzor
normasi bo’yicha mashina yuritmada 5 dan kam bo’lmasligi,
dastaki
yuritma 3 dan kam bo’lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: