16
O’tga chidamliligi
deb materialga yuqori
temperatura uzoq vaqt
ta’sir qilganda erimasdan va shakli o’zgarmasdan chidash xossasiga
aytiladi. O’tga chidamlilik darajasiga ko’ra materiallar olovga chidamli,
qiyin eriydigan va oson eriydigan materiallarga bo’linadi.
O’tga chidamli materiallar 1580ºС dan yuqori temperaturalarning
uzoq muddatli ta’siriga chidamlidir. Ular sanoat pechlarining ichki
yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi. Qiyin eriydigan materiallar 1350 va
1580ºС gacha temperaturaga bardosh bera oladi. Oson eriydigan
materiallar 1350ºС dan past temperaturada yumshaydi.
1.3. Materiallarning mexanik xossalari
Materiallarning mexanik xossalari tashqi
kuchlarning yemiruvchi
va shaklini buzuvchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatlaridir.
Mexanik xossalar mustahkamlik, egiluvchanlik, plastiklik, mo’rtlik,
zarbga qarshiligi,
qattiqligi, ishqalanib yedirilishi, yeyilishi va
hokazolardan iborat.
Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan vujudga keladigan
ichki kuchlanishlar ta’siri ostida yemirilishga qarshilik ko’rsatish
xossasidir. Bino va inshootlarda materiallar turli kuchlar ta’sirida har xil
ichki kuchlanishlar (siqilish, cho’zilish, egilish, kesilish va boshqalar) ga
duch keladi. Mustahkamlik ko’pchilik qurilish materiallarining asosiy
xossasi
hisoblanadi, muayyan kesimda ayni material o’ziga olishi
mumkin bo’lgan yuklamalar kattaligi uning qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Qurilish materiallari kelib chiqishi va tuzilishiga qarab turli
kuchlanishlarga turlicha qarshilik ko’rsatadi. Masalan, mineral
materiallar (tabiiy tosh, g’isht, beton va boshqalar) siqilishga yaxshi,
kesilishga deyarli yomon va cho’zilishga
bundan ham yomon qarshilik
ko’rsatadi, shu sababli ulardan, asosan, siquvchi kuch ta’siriga
uchraydigan
konstruktsiyalarda
foydalaniladi.
Boshqa
qurilish
materiallari (metall, yog’och) ning siqilish, egilish va cho’zilish
xususiyati yaxshi, shu sababli ular eguvchi kuch ta’siriga uchraydigan
turli konstruktsiyalarda (balkalar, fermalar va shunga o’xshashlar)
muvaffaqiyatli ishlatiladi.
Materialning mustahkamligi mustahkamlik chegarasi bilan
tavsiflanadi. Mustahkamlik chegarasi deb
material namunasini yemira
oladigan kuchga teng bo’lgan kuchlanishga aytiladi. Siqilishda R
siq
yoki
cho’zilishda R
cho’z
mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula
bilan hisoblab topiladi:
R
siq
(R
cho’z
) = R / F,
(1.7)
17
bu yerda:
R
– yemiruvchi kuch, N;
F
– namuna ko’ndalang kesimining
yuzasi, mm
2
.
Ba’zi
materiallarning
siqilish,
egilish
va
cho’zilishga
mustahkamlik chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan.
Qurilish materiallarining mustahkamligi odatda markasi bilan
belgilanadi. Marka qiymati bo’yicha standart shakl va o’lchamli
namunalarni sinashda olingan siqilishga
mustahkamlik chegarasiga
muvofiq bo’ladi. Tosh materiallar uchun quyidagi markalar belgilangan:
4, 7, 10, 15, 25, 35, 50, 75, 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800,
1000. Masalan, siqilishga mustahkamlik chegarasi 20 - 29,9 MPa
bo’lgan materiallar 200 markaga taalluqli bo’ladi. Ko’tarib turadigan
konstruktsiyalar tayyorlanadigan materiallar, buyumlar va detallar uchun
mustahkamlik markasi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Ba’zi materiallarning mustahkamligi
1.3-jadval
Materiallar
Mustahkamlik chegarasi, MPa
siqilishga
egilishga
cho’zilishga
Granit
150 – 250
–
3 – 5
Og’ir beton
10 – 50
2 – 8
1 – 4
Keramik g’isht
7,5 – 30
1,8 – 4,4
–
Po’lat
210 – 600
–
380 – 900
Yog’och-taxta
30 – 65
70 – 120
55 – 150
SHisha plastika
90 – 150
130 – 250
60 – 120
Dostları ilə paylaş: